O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
49
ekinlari pishib yеtiladi. Ularni vaqtida terib olish zarur. Kuz – poliz ekinlari va mevalar
pishib yеtiladigan palla (poliz ekinlari haqida she’r, hikoya, ertak, rivoyat aytib beriladi,
o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi). Bu mavzuda o‘quvchilar bilan suhbatlashish uchun
quyidagi savol-topshiriqlardan foydalanish mumkin:
Poliz mahsulotlarini sanab bering.
Siz qaysi poliz mahsulotini sevib tanovul qilasiz?
4. “Poliz mahsulotlari do‘konida” o‘yini. Keling, endi birgalashib “Poliz mahsulotlari
do‘konida” rolli o‘yinini o‘ynaymiz. Bu rolli o‘yin uchun zarur jihozlar tayyorlanishi kerak.
Аvvalo sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linadi. Guruh tarkibidan bir o‘quvchi do‘kon
sotuvchisi, qolganlar oluvchi vazifasini bajaradilar. Bunda oluvchilar o‘zi oladigan
narsaning nomini aytmay, xususiyatini sanab berishi zarur. Masalan, “Menga rangi qizil,
o‘zi dumaloq, suvli yumshoq narsa kerak” (pomidor) yoki “Menga jigarrang, pishganda
yumshoq bo‘lib pishadigan narsa kerak” (kartoshka).
5. Ushbu mavzu bo‘yicha o‘rtada quyoshcha rasmi bilan berilgan (darslikning 6-betidagi)
karam, sabzi, bodring, qovoq so‘zlarining andazalari o‘quvchilarning so‘z andazalari
uchun tutilgan daftarlariga chiziladi. Аvval o‘qituvchining o‘zi izoh beradi: Mana karam
so‘zi. Ka-ram so‘zi 2 bo‘g‘indan iborat. Shu so‘z har bir bo‘g‘inida chapak bilan ajratilib,
o‘quvchilar bilan birgalikda aytiladi. Uning so‘z andazasi mana bunday bo‘ladi. O‘qituvchi
doskaga shu so‘zning andazasini chizib ko‘rsatadi. Boshqa so‘zlar ham shu tartibda
aytiladi. So‘ngra o‘quvchilarga ularning andazasini chizish topshiriladi.
Mustahkamlash va baholash: 6. O‘tilgan dars quyidagi savollar asosida mustahkamlanadi:
1. So‘zlar nechta bo‘g‘indan tashkil topadi?
2. Ikki bo‘g‘inli so‘zga misol keltiring.
3. Sabzavotlarga misollar keltiring.
4. Poliz ekinlariga nimalar kiradi?
5. O‘quvchilarning darsdagi ishtirokiga baho beriladi.
Darsga yakun yasaladi.
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
50
Ishning nomi
Bajariladigan ish mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich.
Tashkiliy qism
O‘quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi
tekshiriladi.
Nazorat
3 daqiqa
2-bosqich.
Ehtiyojlarni
aniqlash
Darsda rioya qilinadigan qoidalar
eslatiladi.
dars shiorini
birgalikda aytish
2 daqiqa
7-dars
GAP, SO‘Z, BO‘G‘IN VA TOVUSH UZVIYLIGI.
BOG‘DA (MUSTAHKAMLASH DARSI)