O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
44
1. Darsda tashkiliy qism alohida o‘rin tutadi. O‘quvchilarni bilim
egallashga intilishini
oshirish maqsadida dars shiori qilib “Ista ilm izlashga, intil maqsad ko‘zlashga!” shiori
belgilab olinadi va shiorga mos tarzda (slayd orqali) quyidagi topishmoq-she'rlarga mos
rasmlar ko‘rsatilib, ularning javoblarini topish so‘raladi:
Yechar masala, misol
Bersangiz
biror savol,
Javob topar shu zamon
Uni deymiz ___________
(bilimdon)
Kundalikka peshma-pesh
Olsa faqat a’lo, “besh”
Topinglar,
bu bola-chi
Kim bo‘ladi? ___________
(a'lochi)