O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
48
Darsning borishi
1. Darsda tashkiliy qism alohida o‘rin tutadi. O‘quvchilarni bilim
egallashga intilishini
oshirish maqsadida dars shiori qilib “Saxiy kuz ne’matlari – salomatlik garovi!” shiori
belgilab olinadi va shiorga mos tarzda quyidagi she’rlarda tasvirlangan
poliz ekinlarini
tavsiflash so‘raladi:
Kuz
Shirin qovun, tarvuzlar
Tatib ko‘ring, azizlar!
Qarang nok,
shaftoliga,
Аnjirlarning boliga
Ishonmagan so‘zimga
Boqsin olma, uzumga
Sharbati
totli anor
Аyting, yana qayda bor?
(Kavsar Turdiyeva)
Bodringlar
Boqsang ko‘zing qamashar,
Bargda yonar shudringlar.
Dildirashib uxlashar,
To‘lpoq-to‘lpoq bodringlar.
Palaklarni titkilab,
Tongda bodring uzdik biz.
To‘lpoqlarni turtkilab
Eh, uyqusin buzdik biz.
(Аnvar Obidjon)
2. “Poliz ekinlari” haqida ma'lumot berish. O‘quvchilar
diqqati darslikdagi rasmga
qaratiladi. Darslikda kuzgi poliz ekinlari yig‘imi aks etgan. O‘qituvchi rasm asosidagi
suhbatni quyidagi savollar yordamida tashkil qiladi:
Rasmda kimlar tasvirlangan?
Haydovchining qiyofasida qanday holat ifodalangan?
Poliz ekinlari haqidagi taassurotlaringizni so‘zlab bering.
3. Suhbat o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirish asosida nihoyalanadi:
Kuzda poliz
@edurtm_uz