O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
59
Katakchalardagi Nn harf-tovushi o‘rni havorangda ekanligi, unli va undosh tovushlarning
farqli jihatlariga o‘quvchilarning e'tibori qaratiladi. Nn harfi
ishtirok etgan va darslikda
berilmagan jonivorlar (masalan: maymun, arslon rasmlari) yuzasidan o‘quvchilarga
undosh N tovushining katakchadagi o‘rnini aniqlash, mazkur hayvonlarning nomini
ifodalovchi so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratishga oid mustaqil ish turi topshiriladi.
4. Darslikda “So‘z andazasi bilan ishlang” shartli belgisi bilan berilgan nog‘ora va narvon
so‘zlarini bo‘g‘inga ajratilishi bo‘yicha ma'lumot beriladi. O‘quvchilar ushbu so‘zlarning
andazasini maxsus (Gap va so‘z andazasi uchun tutgan) daftarlariga chizadilar
5. Quvnoq daqiqa: “O‘ylab top” o‘yini
Bilarvoyning
boshida bir nima bor,
Toping-chi,
Buning uchun boshni ushlab,
Tebratingiz u yon-bu yon.
“To‘rt yonida to‘rtta oy,
Boshga berar u chiroy,
Nima u? ”
O‘quvchilar: Do‘ppi, do‘ppi!
O‘qituvchi: Juda to‘g‘ri!
Bu jumboq-o‘yin paytida o‘quvchilar boshlarini ushlab sarak-sarak qiladilar. Miyadagi
qon harakati
faoliyatini yaxshilashga, dam olishga qaratilgan mazkur o‘yindagi harakat
holatlarini o‘qituvchi ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa unga taqlid qiladilar.
narvon, ayvon, O‘zbekiston kabi so‘zlarda esa
n tovushi so‘z oxirida kelayotganligiga
o‘quvchilar diqqati qaratiladi.
2.
Nn harflarini tanitish. O‘quvchilar darslikning har ikkala tomonidagi Nn
harflarining
bosma va yozma shaklini kuzatadilar. O‘qituvchi n tovushi Nn harfi bilan yozilishini aytadi.
O‘qituvchi non so‘zini doskada yozib ko‘rsatadi. Mazkur so‘zning tovush tahlilini izohlaydi.
O‘quvchilar bilimini aniqlash maqsadida non so‘zining tovush tahlili o‘quvchilardan
so‘raladi.O‘qituvchi non so‘zini sidirg‘a o‘qiydi. So‘ngra non so‘zi
tarkibidagi O tovushini
cho‘zish orqali (No-o-o-n) unli va undosh tovushlarning so‘z tarkibida uyg‘unlashuvini
izohlaydi. O‘quvchilarga o‘qittiradi.
3. N tovushidan boshlanadigan nay va nog‘ora so‘zlarining andazasi chiziladi.
@edurtm_uz