|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
56
ham singdiriladi. Masalan: “osh” va “oshpaz” rasmlari asosida bolalarga quyidagilar
uqtiriladi: “Oshpazlik – juda kerakli kasb. Dasturxonimizni turli taomlar bilan to‘ldirishda
oshpazning hissasi bor. Usta oshpazlar yoki pazanda onajonimiz pishirgan palov bizning
sevimli taomimizdir”.
4. Oy, osh, oshpaz, olov rasmlariga oid tarbiyaviy tushunchalar singdiriladi.
5. Bu so‘zlar tarkibidagi O tovushi talaffuziga alohida e’tibor qaratiladi. “O tovushi qaysi
rang bilan ifodalangan?” - “Qizil rang bilan”. O tovushi darslikdagi harf namunasida va
bo‘g‘inli katakchalarda qizil rang bilan ifodalangan. “Oy” so‘ziga diqqat qiling. O-oo-y, qaysi
tovush ajratib aytildi? – “O” tovushi. Darslikdagi rasm ostidagi katakcha nechta? Ikkita.
Demak, “oy” so‘zida nechta tovush ishtirok etgan ekan? Ikkita. O va y tovushi. Bu ikki
tovushning birikishidan “oy” so‘zi hosil boiadi.
6. Quvnoq daqiqa:
Oqib keladi jildirab,
Oyna kabi yaltirab,
Oqib kelgan oynani,
Olish mumkin hovuchlab,
Topinglar-chi nima bu?
Ariq to‘la oyna - suv.
She’r-topishmoq tik turgan holatda engashib turib, qo‘l harakatini suvning oqish
maromiga mos holda silkitib aytiladi. O‘qituvchi ko‘rsatgan harakatni o‘quvchilar
takrorlaydilar.
Mustahkamlash va baholash:
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
- So‘zlar qanday hosil bo‘ladi? Osh so‘zi misolida tushuntiring.
- Unli tovush deganda nimani tushunish lozim?
- Darslikda berilgan harf namunasi va narsa-buyum rasmi ostidagi kataklarda O unli
harfi qanday rangda ifodalangan?
O‘quvchilarning Oo harf-tovushiga oid bilimlari savollar yordamida tekshiriladi.
O‘qituvchi xulosasi asosida dars nihoyalanadi.
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
57
|
| |