O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
51
1. O‘qituvchi alifbedagi meva yig‘im-terimiga oid rasmlar hamda savollar (7-bet)
vositasida o‘quvchilarga hikoya tuzdiradi: “Mana katta bog‘. Mevalar g‘arq pishgan.
Bolalar meva termoqdalar. Mevalar – inson sog‘ligi uchun juda foydali hisoblanadi.
Mevalarni odamlar yaxshi ko‘rib yеyishadi”. Gapga xos asosiy xususiyatlar ochib beriladi:
yuqoridagi tuzgan hikoyamiz matn deyiladi. Siz buni o‘tgan darslarimizda bilib olgansiz.
Matn esa alohida gaplardan tashkil topadi. Har bir gap biror fikrni ifodalaydi. Bir gap
tugagach, ikkinchi gapni aytishdan oldin biroz to‘xtab olinadi.
2. Matndagi gaplar miqdorini belgilash. Gapning asosiy
belgilaridan yana biri gap
boshida tovushning ko‘tarilib, oxirida pasayishi, tugallanishida esa qisqagina pauza
qilinishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, har bir gapdan so‘ng nuqta (.) qo‘yiladi. “Mevalar
terildi” gapining andazasi quyidagicha bo’ladi:
3-bosqich.
Darsning
borishi
1.Yo‘llanma savollardan foydalanib,
alifbedagi meva yig‘im-terimiga oid
rasmlar asosida o‘quvchilar
bilan
birgalikda hikoya tuzish.
2. Matndagi gaplar miqdorini
belgilash.
3. O‘quvchilar bilan gapdagi so‘zlar
miqdorini
aniqlashga oid mashqlar
o‘tkazish.
4. Quvnoq daqiqa: “Par etdi” o‘yinini
o‘ynash.
5. Mevalardan tayyorlanadigan
mahsulotlarga oid ko‘rgazma
materiallarni, ba’zi mahsulotlarning
o’zini, ayrimlarining rasmlarini
ko‘rsatish va “Kuz” (K.Turdiyeva)
she’rini o‘qib berish.
suhbat
amaliy ish
andaza bilan
ishlash
o‘yin
namoyish
ifodali
o‘qish
3
daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
4 daqiqa
4- bosqich
Mustahkamlash
Savol
va topshiriqlar asosida
o‘tilgan mavzuni mustahkamlash
Savol-javob
9 daqiqa
5-bosqich
Baholash
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi.
5 daqiqa