O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
53
mevalarning turlarini aytishi lozim. Shuningdek, o‘quvchilar
unga meva nomlarining
necha bo‘g‘indan tashkil topgani haqida savollar berishadi. Doskadagi o‘quvchi
savolga tez javob berishi lozim. Javob bera olmasa, yеlpig‘ich bilan o‘zini yеlpiydi.
Agar yеlpig‘ichda o‘zini
yеlpish esidan chiqsa, mag‘lub bo‘lib, o‘yindan chiqadi. Javob
berolmasa ham o‘zini yеlpisa, keyingi savolni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. O‘yin
oxirida
uning nechta savoldan qanchasiga javob bergani aniqlanadi. Shu tariqa o‘quvchida
ziyraklik, topqirlik, o‘zini tuta bilish layoqatlari
rivojlantiriladi
7. Alifbe darsligida yozuv unsurlari ustida ishlash. O‘qituvchi yozuv unsurlari ustida
ishlashda
havoga yozish, harakat yo‘nalishlarini doska va ko‘rgazmaga yozish asosida
ko‘rsatadi hamda batafsil izohlaydi.
Mustahkamlash va baholash:
Mavzu quyidagi savol va topshiriqlar asosida mustahkamlanadi:
1. Matn deb nimaga aytiladi?
2. Matn nimalardan tashkil topadi?
3. Gap deb nimaga aytiladi?
4. Gap qanday tuziladi?
5. Gap tuzish andazasini ko‘rsating.
6. Mevalarga misollar keltiring.
7. Mevalar nimasi bilan foydali?
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. O‘tilgan mavzu o‘qituvchi
tomonidan qisqacha xulosalanadi.
ALIFBE DAVRI
11-dars
O
tovushi va Oo harflari
Mavzuning qisqacha ta’rifi:
Oo harf-tovushi talaffuzining o‘ziga xos jihatlari (uning unli tovush ekanligi
haqida amaliy
tushuncha), bo‘g‘in va tovush munosabatlari (ochiq va yopiq bo‘g‘in haqida amaliy
tushunchalar), darslikdagi Oo harf-tovushlari ishtirok etgan rasmlarga oid tushunchalar
berish.
@edurtm_uz