• O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA 45 Ehtiyotlab tutmasang, Cho‘pday ozib tuzir u (O‘chirg‘ich). (Dilshod Rajab)
  • (M.Egamberdi qizi)
  • F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/64
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #144557
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
    Bog'liq
    Alifbe o\'zbek metodika

    (Kavsar Turdiyeva)
    O‘quvchilar to‘g‘ri o‘tirish qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtiriladi (slayddan mos 
    rasmlarni namoyish qilish orqali).
    To‘g‘ri o‘tirish qoidalari va o‘quv qurollaridan foydalanishga oid gigiyenik, estetik, ta’limiy 
    talablar uqtiriladi. Bu o‘quv jihozlari Prezidentimizning sovg‘asi ekanligi, binobarin, uni 
    asrab-avaylab tutish lozimligi, o‘quv jihozlarining o‘quvchi uchun foydali tomonlari she’r- 
    topishmoqlar yordamida tushuntiriladi:
    Ulg‘ayib elga xizmat
    qilaman degan odam,
    Qadrlamog‘i kerak 
    o‘zgalar mehnatin ham.
    Gap nima haqdaligin
    tushungandirsan, Аsom,
    Partaga chizganlardan
    hech vaqt chiqmagan rassom.
    (А.Аkbarov)
    Nazoratchi nozir u,
    Xato qilsang,
    Hozir u.
    @edurtm_uz


    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    45
    Ehtiyotlab tutmasang,
    Cho‘pday ozib tuzir u (O‘chirg‘ich).
     
    (Dilshod 
    Rajab)
    Prezidentimdan sovg‘a
    Kelgandir bizlarga mos.
    Qalam, ruchka, kitoblar
    Аsrab etaylik e‘zoz.
    (M.Egamberdi qizi)
    Albatta, she'r-topishmoqlarning javoblarini o‘quvchilar topadilar. Xulosa-she'rlarni 
    o‘qituvchi aytib beradi, o‘quvchilardan ham mavzuga mos fikrlari, yodlagan she’rlarini 
    so‘rash mumkin.
    2. “Maktab – bilim maskani” ekanligini tushuntirish. O‘quvchilar diqqati darslikdagi 
    rasmga qaratiladi. Darslikda birinchi qo‘ng‘iroq manzarasi aks etgan, o‘quvchilar va 
    o‘qituvchining shodiyona qiyofasi tasvirlangan bo‘lib, rasmdagi o‘quvchilarning yuz-
    ko‘zidan baxt va shodlik tantanasi barq urib turibdi. O‘qituvchi rasm asosidagi suhbatni 
    quyidagi savollar yordamida tashkil qiladi:
    Rasmda kimlar tasvirlangan?
    O‘quvchilar qiyofasida qanday holat ifodalangan?
    Bilimlar kunidan olgan taassurotlaringizni so‘zlab bering.
    Suhbat o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirish asosida nihoyalanadi: kuni kecha 
    Bilimlar kunini nishonladik. Hammamiz bu kunni shodiyona kayfiyatda kutib oldik. 
    Maktab – bilim maskani, bu yеrda siz qunt bilan o‘qib, juda ko‘p bilimlarni egallaysiz 
    (bilimning foydasi haqida she’r, hikoya, ertak, rivoyat aytib beriladi, o‘quvchilar bilan 
    suhbat o‘tkaziladi).
    3. “O‘quv qurollari magazini” rolli o‘yini. Keling, endi birgalashib “O‘quv qurollari magazini” 
    rolli o‘yinini o‘ynaymiz. Rolli o‘yinimizda sotuvchilar ... (har bir qatordan 2 tadan 6 ta 
    o‘quvchi tanlanadi), oluvchilar ... (shu qatordagi boshqa barcha o‘quvchilar ishtirok 
    etishadi). Har bir qatordan tanlangan sotuvchilar o‘z xaridorlariga xizmat qiladilar. Har 
    bir qator navbati bilan galma-galdan oldi-sotdi ishlarini amalga oshiradi. Sotiladigan 
    o‘quv qurollarini bolalar xuddi “mehmon-mehmon” o‘yinidagi kabi xayolan ushlab 
    uzatadilar va oladilar. Bolalar o‘z fantaziyalari va xohishlariga ko‘ra, o‘quv jihozlari nomini 
    aytadilar, sotuv narxini o‘zlari belgilaydilar. Ya‘ni erkin o‘ynaydilar. Sotuvchilar albatta o‘z 
    mahsulotlarini ta’riflashlari lozim: “Mana qarang qanday sifatli qalam. Qalam sizga uy 
    ishlarini bajarishingizda yaxshi ko‘makdosh bo‘ladi” kabi.
    @edurtm_uz



    Download 2,05 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish