• (Po‘lat Mo‘min) @edurtm_uz O‘QUV-METODIK
  • F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/64
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #144557
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
    Bog'liq
    Alifbe o\'zbek metodika

    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    41
    2. Mustaqillik - oliy ne’mat ekanligi tushuntiriladi. O‘quvchilar diqqati darslikdagi rasmga 
    qaratiladi. Darslikda Mustaqillik kuni tantanalari, bolalarning shodiyona qiyofasi 
    tasvirlangan bo‘lib, rasmdagi bolalarning yuz-ko‘zidan baxt va shodlik tantanasi barq urib 
    turibdi. O‘qituvchi rasm asosidagi suhbatni quyidagi savollar yordamida tashkil qiladi:
    Rasmda kimlar tasvirlangan?
    Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?
    Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?
    Bayramda nimalarni ko‘rdingiz?
    Suhbat o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirish asosida nihoyalanadi: “Kuni kecha 
    Mustaqillik bayramini nishonladik. Hammamiz bayramni shodiyona kayfiyatda kutib 
    oldik. Mustaqillik bizning ota-bobolarimiz uchun buyuk orzu edi. Biz esa mana shu 
    go‘zal orzuga erishdik. Mana, ozod Vatanimizda baxtiyor bolalik gashtini surmoqdamiz”. 
    O‘qituvchi o‘quvchilar fikrini xulosalaydi: “Har biringiz mustaqillikni qadrlang, yaxshi 
    o‘qing”. 
    3. Mustaqillik haqida she’r, hikoya, ertak, rivoyat aytib beriladi, o‘quvchilar bilan suhbat 
    o‘tkaziladi.
    4. “Vatanjonim – Vatanim” qo‘shig‘i videolavhasi namoyish qilinadi
    VATANJONIM - VATANIM
    Vatanjonim – Vatanim, 
    Ko‘zim quvnab ko‘rganim. 
    Istiqloldan kulganim, 
    O‘zbekiston – gulshanim!
    Bahra olib bag‘ringdan, 
    Ulg‘ayaman mehringdan, 
    Vatanjonim – Vatanim,
    O‘zbekiston – gulshanim!
    Sen o‘xshaysan onamga,
    Maqtay butun olamga
    Vatanjonim – Vatanim, 
    O‘zbekiston – gulshanim!
    (Po‘lat Mo‘min)
    @edurtm_uz


    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    42
    Mustahkamlash va baholash:
    O‘tilgan dars quyidagi savollar asosida mustahkamlanadi:
    - rasmlarga qarab tuzgan hikoyamiz, aytgan gaplarimiz nima deyiladi?
    - og‘zaki nutq deb nimaga aytiladi?
    O‘quvchilarning darsdagi ishtirokiga baho beriladi.
    Darsga yakun yasaladi.
    2-dars
    OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ. GAP HAQIDA AMALIY TUSHUNCHA. 
    MAKTAB BIZNI CHORLADI

    Download 2,05 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish