Mavzuning qisqacha ta’rifi: O‘quvchilarga maktab qoidalari haqida tushunchalar
beriladi. Maktabda bilim olishlari haqidagi suhbat va ko‘rgazmali materiallar asosida
maktab bilim dargohi ekanligi hamda og‘zaki va yozma nutq, gap haqida amaliy
tushunchalar beriladi.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod:o‘yin-dars
Shakl: jamoa bilan ishlash.
Jihoz: To‘g‘ri o‘tirish qoidasini ko‘rsatuvchi rasm-plakat, darslik, yozuv daftari, maktab –
bilim maskani ekanligini aks ettirgan rasm, “O‘quv qurollari magazini” rolli o‘yini.
Nazorat: o‘quvchilarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
P. Mo‘min she’ri, D. Omonullayeva musiqasi bilan yaratilgan “Vatanjonim – Vatanim”
qo‘shig‘i haqida o‘quvchilarning fikri so‘raladi. .
5. “Mustaqillik – oliy ne’mat” mavzusidagi suhbatning og‘zaki nutq ekanligi haqidagi
tushuncha o‘qituvchining umumlashma xulosasi asosida quyidagicha tushuntiriladi:
“Mana, siz bilan Mustaqillik bayramidan olgan qaynoq taassurotlarimiz haqida gaplashib
oldik. Istiqlol haqida go‘zal qo‘shiqni tingladik.
O‘quvchilardan tinglangan hikoyalari maroqli bo‘ldi. Ularning, mening aytgan gaplarimiz
og‘zaki nutqdir. Og‘zaki nutqimiz ravon, ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun biz alifbe darslarida
og‘zaki suhbat qilamiz, sizlar esa rasm asosida gapirishni o‘rganib olasizlar, ya’ni og‘zaki
nutqingiz ravon va chiroyli bo‘lishiga erishasizlar”.
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
43
Baholash: o‘quvchilarning reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari: Ta’limiy:maktab - bilim maskani ekanligiga oid tushunchalarni tarkib toptirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni maktab va o‘quv qurollari tushunchalari bilan tanishtirish.
“Mustaqillik bayrami” va “Bilimlar kuni”ning barobar nishonlanayotgani bilan qutlash,
bolalarda o‘qishga havas uyg‘otish.