O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
63
Savollar:
N tovushi qanday tovushlar sirasiga kiradi?
Nima uchun N tovushini undosh tovush deb ataymiz?
2. Yangi mavzu bayoni noan’anaviy dars turlari unsurlari
aralashtirilgan holda
tashkillashtiriladi. Sinf eshigi taqillab, Malika obrazidagi qiz “Sehrli qop” olib kiradi, bu
“Sehrli qop”ni sehrgar Ibn
Xattob berib yuborganligini, qopda bugungi darsning mavzusi
yashiringanligini, uni ochish va bilib olish kerakligini tayinlaganligini aytadi. Qopni olib
kelgan o‘qituvchi chiqib ketadi. Shundan keyin sinf o‘qituvchisi “Sehrli qop”ni
birin-sirin
bir necha o‘quvchining oldiga olib boradi. O‘quvchilar qopdagi narsalardan bittadan
oladilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga topshiriq beradi: Aziz bolajonlar, siz hozir qo‘lingizdagi
narsalarning nomi, qanday
tovush bilan boshlanishi, shu narsaning xususiyatlari
to‘g‘risida gapirib berishingiz kerak. Sizlarning aytgan gaplaringizdan sehrgar Ibn Xattob
bizga qanday mavzuni o‘rganish uchun jo‘natganini bilib olamiz.
O‘quvchilar birma-bir olgan narsalariga ta’rif beradilar.
1-o‘quvchi: (uning qo‘lida anor) Bu anor. Anor so‘zi A tovushidan boshlanadi.
Anor so‘zi 4 ta harf-tovushdan iborat. Bo‘g‘inga bo‘linganda 2 qismli bo‘ladi: Anor.
Birinchi
bo‘g‘inida 1 ta harf-tovush. Ikkinchi bo‘g‘inida 3 ta harf-tovush. Anor daraxti bog‘larda,
hovlilarda o‘sadi. Po‘sti taxir. Donasi shirin yoki nordon, qip-qizil rangli bo‘ladi.
2-o‘quvchi (qo‘lida bankachadagi asal) Bu - asal. Asal so‘zi A harf- tovushidan boshlanadi.
Bu so‘z 4 harf-tovushdan iborat. Bo‘g‘inga ajratilganda a-sal bo‘ladi. Birinchi bo‘g‘inda 1 ta
harf-tovush, 2-bo‘g‘inda 3 ta harf-tovush. Asalning ta’mi shirin. Shakli suyuq yoki quyuq
bo‘ladi. Rangi sariq. Do‘kon va bozorlarda sotiladi. Asalari gul shirasini to‘plab
bizga mana
shu shirin asalni sovg‘a qilgan.
Shu tariqa o‘quvchilar tomonidan anjir, qotirilgan ari kabilarga har tomonlama ta’rif
beriladi.
3. Yangi mavzuni e’lon qilish. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan ta'riflangan narsalarning
barchasi A tovushidan boshlanganligiga e'tiborni qaratadi.
Xulosa qilib, “Sehrli qopcha”da
keltirilgan yangi mavzu Aa harf-tovushi ekanligi aytiladi.
4. “A” tovushining unli tovushlar sirasiga kirishini tushuntirish. O‘quvchilar o‘qituvchining
quyidagi izohiga ko‘ra,
Aa harf-tovushi bilan tanishadilar: Bolalar, sizlarga shunday savol.
Bilib-bilmay bexosdan sovuq suv ichib qo‘ydingiz, tomog‘ingiz og‘rib qoldi. Shifokor
huzuriga borasiz. Shifokor sizning tomog‘ingizni tekshirmoqchi bo‘ladi. Shifokor qo‘liga
kichkina qoshiqchani oladi-da, sizga nima deydi? O‘quvchilar “A-a-a-a” deb og‘zingni och,
- deydi. Ha, bolalar, to‘g‘ri!
“A-a-a-a” deb og‘iz ochilganda
Aa harf-tovushi talaffuz qilinadi.
@edurtm_uz