• 5. Harflarning shaklini tahlil qilish.
  • 6. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish.
  • O‘QUV-METODIK
  • F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/64
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #144557
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
    Bog'liq
    Alifbe o\'zbek metodika

    4. Tasavvur orqali yozish.
    Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga qanday qilib yozishni havoda ruchkaning harakati orqali 
    ko‘rsatib, o‘quvchilar tasavvur hosil qilganidan so‘ng daftarga yozishga ruxsat etadi. 
    Bunday mashqlar o‘quvchilarning qiziqishlarini o‘stiradi hamda jismoniy mashqlarni ham 
    bajarish imkonini beradi. 
    5. Harflarning shaklini tahlil qilish.
    Harf va uning unsurlarini tahlil qilishni turlicha amalga oshirish mumkin. Harflarni 
    unsurlariga ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha unsurdan tuzilganligini, har bir 
    unsur qanday shaklga ega ekanligini, bu unsurlar boshqa harflar bilan bog‘lanishda 
    qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar. Ammo soddalashtirilgan 
    harflar alfaviti ko‘p harflarni unsurlarga ajratmay, bir butun shaklda yozishni tavsiya etadi. 
    Masalan, kichik b va l harflari unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi.
    6. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish.
    Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan 
    yordam beradi. Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim, 
    shundagina o'quvchilar uni to‘liq o‘zlashtirishlari va amalda qo‘llashlari mumkin. Masalan, 
    so‘zlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, so‘zlarda harf unsurlari va 
    harflar oralig‘ini bir xil uzoqlikda chamalab yozish kabi qoidalarni asta-sekin o‘z o‘rnida 
    o‘rgatib borish lozim. Yozuvning qiyaligi haqidagi tushunchalar chuqur singdirilgandan 
    so‘ng, harflarni bir xil masofada tekis yozish qoidalari o‘rgatiladi. Harflarni qo‘l harakatini 
    uzmasdan yozish qoidalari o‘rganilgandan so‘ng, so‘zlarni qo‘l harakatini uzmasdan 
    yozish qoidalari o‘rgatiladi. Ammo har bir qoidani har darsda o‘quvchini bezdiradigan 
    @edurtm_uz


    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    74
    darajada takrorlash yaramaydi, bunda ongli ravishda o‘zlashtirish uchun mo'ljallangan 
    qoidalar asqatishi mumkin.
    7. Sanoq-ohang usuli.
    Bunda o‘qituvchi harf va uning unsurlarini sanash orqali yozdirib tushuntiradi. Bu usulni 
    ayniqsa savod o‘rgatish davrida keng qo‘llash mumkin. Sanoq-ohang usuli harflarning 
    tekis yozilishini ta’minlaydi va harf unsurlarining tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi; sekin 
    yozadigan o‘quvchilarni tez yozishga undaydi; o‘quvchilarga harakatlarni aniq va dadil 
    bajarishni o‘rgatadi. Ammo bu usuldan butun dars davomida foydalanish tavsiya 
    qilinmaydi, chunki o‘quvchilar charchab, yozuv sifatini pasaytirib yuborishlari mumkin. 
    Sanoq-ohang usulini qo‘llashda, asosan, harflarning asosiy unsuri “bir”, “ikki”, “uch” deb 
    sanab boriladi, yordamchi ulash unsuri esa “va” deb bog‘lanadi. Sanoq-ohang usulidan 
    bo‘g‘in, so‘z va gaplarni yozdirishda ham foydalanish mumkin.
    8. Xatolar ustida ishlash. 
    Bu usulni qo‘llashdan maqsad har bir o‘quvchini o‘z xatosini mustaqil topa olishga va uni 
    tuzatishga o‘rgatishdir. O‘quvchilarga o‘z yozuvlaridagi harflarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, 
    qiyaligini, baland yoki past yozilganligini tekshirib chiqish topshiriladi. O‘quvchilar navbati 
    bilan o‘zlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni aytib beradilar, ayrim o‘quvchilarga o‘qituvchi 
    yordam beradi. Undan tashqari, o‘quvchilar o‘z kamchiliklarini yozuv daftarida berilgan 
    namunaga qarab taqqoslash orqali ham tuzatishlari mumkin. Ko‘pchilik o‘quvchilarning 
    takrorlangan bir xildagi xatolarini o‘qituvchi sinf doskasida tahlil qilib, uni qanday tuzatish 
    yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
    Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo‘lib, u bir necha 
    davrlarga bo‘linadi va bir necha xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bolalar o‘qituvchining 
    ko‘rsatmasiga asosan, doskaga yozgan harf va so‘zlarni ko‘rib boradilar, so‘z va 
    bo‘g‘inlarni tahlil qiladilar, nuqtachalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo‘yaydilar. 
    O‘qituvchi yozishga o‘rgatishdan avval to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini tushuntirib berishi, 
    butun dars davomida qoidalarni eslatib turishi lozim. Yozuvga o‘rgatish quyidagi qator 
    tushunchalarni bilishni talab etadi: “baland-past”, “bir xil”, “keng-tor”, “yaqin-uzoq”, 
    “yuqoriga”, “teng”, “teng bo‘lmagan masofa”, “to‘g‘ri-qiya”, “chapga-o‘ngga” va hokazo.
    Tayyorgarlik davrida o‘tkaziladigan mashqlarni ma’lum guruhlarga bo‘lib, mashqlarni 
    soddadan murakkabga o‘tib bajarish lozim: 
    @edurtm_uz



    Download 2,05 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish