|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
77
To‘qqizinchi guruh mashqlarida o‘quvchilarga bir qator ovalsimon shaklni chizdirib
mashq qildirish, zangori qalam bilan oval shakli ichiga har xil masofada tayoqchalar
chizib chiqish topshiriladi. Har bir tayoqcha olma shaklining o‘rta qismi, ya’ni uning o‘ng
va chap tomonlari vazifasini bajaradi. Olma shaklining tashqarisiga ham kichik tayoqcha
chiziladi, bu esa uning bandi hisoblanadi.
Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o‘quvchilarni ruchka bilan yozishga
tayyorlashda katta rol o‘ynaydi.
Husnixat mashqlari o‘qituvchi tomonidan doskada yozib ko‘rsatilgan namunalar asosida
olib boriladi. Bunda yozuv daftaridagi va o‘qituvchining yozib ko‘rsatgan namunasi
o‘rtasida farq bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi yangi materialni to‘liq tushuntirib bergach, shu
materialni yozuv daftaridan qarab yozishga ruxsat etadi. O‘quvchilar alifbega tayyorgarlik
davrida ayrim mashqlarni bajargan bo‘lishlariga qaramay, o‘qituvchi navbatdagi darsni
e’lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi hamda quyidagi
vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‘yishi lozim: 1) barmoq va qo‘l mushaklarining
harakatini o‘stiruvchi gimnastika mashqlarini o‘tkazish; 2) doskaga mashqni yozib
ko‘rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni tushuntirish (ayrim o‘quvchilar harfni
qanday yozishni aytib berishlari mumkin); 3) yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni
qayerdan boshlashni tushuntirish; 4) partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash,
daftarni to‘g‘ri turish qoidalarini eslatib o‘tish; 5) har bir qatorga nechta harf yozishni
tushuntirish, o‘quvchilarning yozuvini muntazam kuzatib borish; 6) ishning birinchi qismi
tugagandan so‘ng (o‘qituvchining savoliga qarab) o‘quvchilarning yozuvlarini doskadagi
namuna bilan solishtirib, yo‘l qo‘yilgan xatolarini topishga o‘rgatish; 7) topshiriqni qayta
tushuntirish orqali o‘quvchilardagi kamchiliklarni bartaraf etish; 8) jismoniy mashq
daqiqalarini o‘tkazish; 9) ko‘z bilan daftar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish.
Bunda mashqlarni bajarishda uni tahlil qilish, qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish kabilar
zarur bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, bu davrda o‘quvchilarni asta-sekin yozuv daftaridan
to‘g‘ri foydalanishga ham o‘rgatib boriladi. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan, o‘quvchi
daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha bo‘lgan davrdan boshlab
e'tibor harf va uning unsurlarini bir xil balandlikda, qiyalikda va qalinlikda yozishga
qaratiladi.
Alifbe davrida bolalarni yozishga o‘rgatishda o‘quvchilarga harf va uning unsurlari
alifbe kitobida ko‘rsatilgan tartibda o‘rgatiladi. Bunda bajariladigan asosiy grafik ishlar
quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:1) kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish; 2)
bo‘g‘in va so‘zlarda harflarni qo‘shib yozish; 3) qo’l harakatini uzmay yozishga o‘rgatish; 4)
harflarning qiyaligini va enini to‘g‘ri saqlashga o‘rgatish.
@edurtm_uz
|
| |