O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
73
O‘quvchilarning daftarlarida o‘qituvchi tomonidan yozib ko‘rsatilgan har bir namuna
chiroyli va aniq yozilishi lozim. Yozuv daftarida berilgan namunaga qarab yozdirish
o‘qituvchining vaqtini tejaydi hamda unumli ishlash uchun imkoniyat yaratib beradi.
3. Nusxa ko‘chirish.
Bu usul harf shaklini to‘g‘ri
tasavvur eta olmaydigan, yozishda daftar chiziqlaridan pastga
tushib yoki chiqib ketadigan o‘quvchilar uchun qo‘llanadi. Masalan, o‘quvchi “B” harfini
yozishda xatoga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, o‘qituvchi
ularni nuqtalar bilan ifodalab, daftarga
qalamda yozib ko‘rsatadi, o‘quvchi esa uning ustidan siyoh yurgizib chiqadi. Bu usul
o‘quvchining shu harf haqidagi tasavvurini kengroq shakllantiradi.
Ayrim hollarda nuqtalar ifodalangan harflar
orasini kengroq tashlab, ular orasida
mustaqil mashqlarni ham tashkil etish mumkin. Shundagina o‘quvchi shu harfning
yozilishi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi.