|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaSakkizinchi guruh mashqlarida ikki xil uzunlikdagi tayoqcha unsurlarini yozish
o‘rgatiladi:
Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. O‘quvchilar bu tayoqchalarning qaysi biri
uzun, qaysi biri kalta ekanini solishtirib ko‘radilar.
Doskada tayoqchalarning baland va pastligi taqqoslab ko‘rsatib beriladi. Shundan so‘ng
o‘quvchilar vazifani bajarishga kirishadilar.
To‘rtinchi guruh mashqlarida qiyaliklarga ega bo‘lgan chiziq unsurlarini yozish o‘rgatiladi.
Bunda avvalo uzun tayoqcha unsurini bir necha bo‘laklarga bo‘lib, ularning orasidagi
masofani bir xil saqlashga o‘rgatiladi (bu chiziqlar jigarrang qalam bilan chizdiriladi).
So‘ng tayoqchalarning baland-pastligi, oralaridagi masofaning tengligi tekshirib
chiqilgach, zangori rang qalam bilan har xil qiyalikka ega botgan kichik baliq shaklini
ifodalovchi chiziqlar chiziladi. O‘quvchilar bu mashqni bajarish orqali oraliq masofani
chamalashga va qiyaliklarni to‘g‘ri saqlashga o‘rganadilar.
Beshinchi guruh mashqlarida o‘quvchilarga “keng” va “tor” tushunchasi anglatilib; tagi
ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi unsurni yozish o‘rgatiladi. Avval tagi ilmoqli kichik
tayoqcha unsuri har xil rangli qalamda bajariladi. So‘ng o‘tkir burchak hosil qilib yozilgan
unsur bilan tagi ilmoqli kichik tayoqcha unsurlari qiyos qilib ko‘rsatiladi (tagi ilmoqli
tayoqcha unsurlarining to‘g‘ri yozilishi ko‘rsatib o‘tiladi, chunki bu unsur kichik harflarning
yozilishida ko‘p uchraydi). O‘quvchilarga bu qoidalar tushuntirilgandan so‘ng bir qatorga
oralatib bitta kichik to‘g‘ri tayoqcha va bitta tagi ilmoqli kichik tayoqcha unsuri yozdiriladi.
Oltinchi guruh mashqlarida ovalsimon shakl, yettinchi guruh mashqlarida kichik harf
unsurlarini qo‘shib yozish hamda ularning orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash o‘rgatiladi.
Bu vazifani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarilganligini ikkita unsur o‘rtasidagi bo‘shliqqa boshqa
rangli qalam bilan nuqta qo‘ydirish orqali ham bilish mumkin:
@edurtm_uz
|
| |