O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
75
Ikkinchi guruh mashqlarida chiziqlarning qiya shaklda yozilishi ko‘rsatilib, chiziqlar
orasidagi masofani to‘g‘ri topish o‘rgatiladi. O‘quvchilar kichik harflar yoziladigan chiziqlar
orasiga qiya tayoqchalarni yozdirib mashq qildiriladi. O‘qituvchi avval mashqni doskada
namuna qilib ko‘rsatib beradi. O‘quvchilar esa qizil qalamda qiya tayoqchalar chizadilar.
O‘quvchilar birinchi qatorni yozib bo‘lganlaridan so‘ng tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi.
Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini tekshirish uchun ularning o‘rtasiga boshqa rangdagi
qalam bilan nuqtalar qo‘ydiriladi:
Agar nuqtalar baravar masofada bo‘lsa, o‘quvchi vazifani to‘g‘ri bajargan, baravar
masofada bo‘lmasa, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchilarga shu
mashqni qayta bajartirish lozim.
Uchinchi guruh mashqlarida o‘quvchilarga “baland”, “yuqori” va “past” tushunchalari
anglatilib, chiziqlar orasini to‘g‘ri topish o‘rgatiladi. Bunda o‘qituvchi doska yordamida
daftarning yuqori chizig‘idan pastki chizig‘igacha uzun tayoqchalar tushirishni,
tayoqchalarning teng o‘rtasini topib nuqta qo‘yishni, uzun tayoqchalarning o‘rtasiga
qo‘yilgan kichik tayoqcha yotiq chiziq bilan bog‘lanishini o‘rgatadi; so‘ng uzun
tayoqchaning yarmidan, ya’ni nuqta qo‘yilgan yeridan uning yoniga qiya tayoqcha
chizishni topshiradi.
Birinchi guruh mashqlarida o‘quvchilar daftar chiziqlari bilan tanishtiriladi va nuqtalarni
ko‘z bilan chamalashga o‘rgatiladi. Bunda avvalo o‘quvchilarga bir xil masofada nuqtalar
qo‘yish o‘rgatiladi. Ularga “baravar masofa”, “yaqin”, “uzoq” kabi tushunchalarni beriladi.
So‘ng o‘quvchilar daftarning qiya holati bilan tanishtiriladi. Bolalarga oldin daftarni tik,
keyin esa qiya qilib qo‘yish topshiriladi (daftarning pastki chap burchagi ko‘krak o‘rtasiga
to‘g‘ri bo‘lishi lozim). So‘ngra daftarning qiya va tik holatlari solishtirib ko‘rsatiladi hamda
yozuvning qiyaligi daftarning holatiga taalluqli ekanligi tushuntiriladi. O‘quvchilarning
qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi va qizil qalam bilan bir qator nuqta qo‘yib chiqish
topshiriladi.
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
76
Agar o‘quvchi vazifani to‘g‘ri bajargan bo‘lsa, nuqta harf unsurlari orasiga to‘g‘ri joylashadi,
aksincha, noto‘g‘ri bajargan bo‘lsa, nuqta uchun joy topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani
tekshirish o‘quvchilarda uchraydigan xatoning oldini olishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘lidir.