O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
71
O‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini
hosil qilishda diqqat, sezgi, idrok etish,
xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etadi. Yozish jarayoni ko‘rish va eshitish
sezgilari orqali idrok qilinadi. Demak, idrok etilishi lozim bo‘lgan
material tasvirini yaqqol
ko‘rsatish, bayonning ravshan va izchil bolishi, sinf doskasiga hamma o‘quvchi ko‘ra
oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydigan
omillardandir. O‘quvchilarda dastlabki yozuv malakalarini hosil qilishda ularning irodasini
mustahkamlashga e’tibor berish lozim. Bunda o'qituvchining
bolalar bemalol bajara
oladigan topshiriqlar tanlashi katta rol o‘ynaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni to‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatishi, ularning erkin ishlashi uchun zarur
shart-sharoit yaratib berishi kerak. Buning uchun o‘quv yili boshida o‘qituvchi maktab
hamshirasi bilan
hamkorlikda bolalarni yoshiga, bo‘yiga hamda ko‘rish va eshitish
qobiliyatlariga qarab partalarga o‘tqizishi lozim. O‘quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz
bo‘lib, u o‘quvchilarning yoshlari va bo‘ylariga mos, yozish
va rasm chizish uchun qulay
bo‘lishi va o‘quvchi o‘tirib-turganda xalaqit bermasligi lozim.
Avvalo o‘quvchilarni sifatli yozuv qurollari bilan ta’minlash lozim. Ularning yozuv
qurollarini muntazam nazorat qilib borish o‘qituvchining muhim vazifasidir. Dastur
talablari bo‘yicha 1-sinf o‘quvchilari “Alifbe” kitobiga ilova tariqasida chiqarilgan “Yozuv
daftari”dan foydalanadilar. “Yozuv daftari” sifatli qog‘ozdan
ishlangan, silliq va chiziqlari
aniq ko‘rinib turadigan bo‘lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig‘i 25 mm, qiyaligi 75°,
kichik harflar yoziladigan satr chizig‘i oralig‘i 5 mmga teng bo‘lishi lozim.
5
25-mm
75
o
III BO‘LIM
BIRINCHI SINFDA YOZUV
MALAKALARINI
SHAKLLANTIRISH
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
72
O‘quvchilar uchun tavsiya etiladigan sharikli yoki gelli avtoruchkalarning yo‘g‘onligi
ularning qo‘l barmoqlariga mos bo‘lib, uzunligi 130 mmdan oshmasligi lozim.
Yozuv sifati deganda, biz uning aniq va toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo‘lishini,
bir tekis silliq yozilishini tushunamiz. O‘quvchilarda yozuv
sifatlarini shakllantirish
uchun o‘qituvchi quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishi lozim:1) harf unsurlari va harflarni
to‘g‘ri bog‘lab yozish; 2) yozuvni 75° qiyalikda yozishga o‘rgatish; 3) har bir qatordagi
harflarning bir xil balandlikda bo‘lishiga
erishish; 4) harf unsurlari, harflar va so‘zlar
orasidagi masofalarni bir xilda saqlash; 5) sinfdagi barcha o‘quvchilarning
bir xil tezlikda
ravon qilib yozishlariga erishish.