|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
36
– o‘rganiladigan fan bo‘yicha tayyorlanadigan materiallarni istalgan tashuvchiga o‘tkazish
va disk yordamida taqdim etish imkoniyatini yaratishi;
– fanni o‘rganishda imkoniyat doirasida kalit so‘zlar, qo‘shimcha adabiyotlar,
giperko‘rsatmalar va yordamchi funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lishi;
– tavsiya etiladigan sinfdagi o‘quvchilarning barcha psixofiziologik va etnogenetik
xususiyatlari hisobga olinib ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
Uslubiy talablar:
– katta hajmdagi o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta ishlash
imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik
interpretatsiyalardan foydalanish;
– ta’lim beruvchiga darsni mustaqil ko‘rinishda o‘tkazishga sharoit
yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok
etishini ta’minlash;
– ta’lim oluvchiga mustaqil o‘rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari
va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish;
– darslarga tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat
yaratishi (slayd, matn, videomaterial va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish);
– o‘rganiladigan o‘quv materialining tizimli, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular
orasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlashi;
– o‘qituvchiga ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi
(murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat tashkil
qilish imkoniyatini berishi zarur.
Funksional talablar:
– mazmun qog‘oz variantidagi kitobga o‘xshash tarzda,
kalit so‘zlarni qidirish imkoniyati mavjud, fanni to‘ldiradigan
qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitilgan;
– moslashuvchanlik – ta’lim oluvchining o‘zlashtirish
darajasiga bog‘liq ravishda, o‘tilgan mavzuni qaytarish,
ustida ishlashni individual tempda amalga oshirish;
– ko‘pterminallilik – statik ma’lumotlarni tahlil qilish
imkoniyati mavjud, sinfdagi o‘quvchilarning darslikdan
foydalanish chastotasi, test natijalari, to‘g‘ri-noto‘g‘ri javoblar, o‘quvchilarning qaysi
mavzuni yomon o‘zlashtirayotganligini tahlil qilish imkoniyatlari;
@edurtm_uz
|
| |