• O‘QUV-METODIK
  • To‘ldirilgan voqelik mexanikalaridan ta’lim jarayonida foydalanish




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/64
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #144557
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
    Bog'liq
    Alifbe o\'zbek metodika

    To‘ldirilgan voqelik mexanikalaridan ta’lim jarayonida foydalanish
    2. Tekislikka bog‘lash – skanerlash natijasida tanlangan qurilma 
    yordamida ma’lum bir nuqtaga bog‘langan maydonda to‘ldirilgan 
    voqelik obyektini paydo qiluvchi mexanik jarayon. Bu mexanikadan 
    gorizontal tekisliklarda ham, vertikal tekisliklarda ham foydalanish 
    mumkin. Bunday mexanika markerni ko‘rish maydonida ushlab 
    turishga zarurat bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
    1. Markerga bog‘lash – kamera obyektivini haqiqiy obyektga olib 
    borishda to‘ldirilgan voqelik obyektini paydo qiladigan mexanik jarayon. 
    To‘ldirilgan voqelik tarkibi kameraning ko‘rish maydonida muayyan 
    trigger paydo bo‘lganida ishga tushadi. Marker rasmlar, logotiplar, 
    fotosuratlar, tovushlar bo‘lishi mumkin.
    @edurtm_uz


    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    27
    4. Portallar mexanik jarayon bo‘lib, unda to‘ldirilgan voqelikda 
    360° rejimidagi maydon paydo bo‘ladi. Maydon vazifasini foto 
    va videomateriallar, shuningdek, grafikada chizilgan materiallar 
    bajarishi mumkin. “Alifbe” misolida to‘ldirilgan voqelik obyektlari 
    smart qurilmani darslikka qaratish orqali shu sahifadagi grafik 
    ko‘rinishga bog‘langan obyektlarni chaqiradi.
    SMART DARSLIK
    Bugungi kunda ta’lim sifatini yaxshilash uchun nimalar zarur? 
    Yaxshi darslik, internet tarmog‘i, mahoratli o‘qituvchi hamda 
    izlanuvchan va keng fikrlovchi o‘quvchi. 
    Ilmiy adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, zamonaviy o‘quvchiga 
    axborotning asl manbasini topishda yordam beruvchi, tez 
    o‘zgaruvchan raqobatli muhitga moslashish uchun zarur ko‘nikmalarni hosil qiluvchi 
    va rivojlantiruvchi ta’lim strategiyasini qo‘llashimiz zarur. Bular nimalar? Hech kimga sir 
    emas, hozirgi o‘quvchi bundan 10–15 yil oldingi o‘quvchi emas. Ma’lumot topish uchun 
    kutubxonaga bormaydi, ijtimoiy tarmoqdan eshitgan axborotlarni tez qabul qiladi va 
    shular asosida fikr yuritadi. Ma’lumot topish uchun Google yoki shunga o‘xshash raqamli 
    servislardan foydalanadi. Bu klassik pedagogika uchun muammo, lekin qiziqishlar 
    spektri bilan to‘g‘ri ishlaydigan bo‘lsak, bular pedagogik maqsadga erishish uchun ayni 
    muddao.
    Xo‘sh, bunday holatda pedagogik maqsadga erishish uchun nima qilish kerak? 
    Eng avvalo, zamonaviy o‘quvchi 
    qiziqishlari spektriga yoki to‘lqiniga 
    moslashish kerak. Pedagogik vazifani 
    shu qiziqishlar orqali hal etishga harakat 
    qilamiz. Ya’ni darslik va smart qurilmani 
    birgalikda ishlatish strategiyasini 
    qo‘llaymiz.
    3. Geolokatsiyaga bog‘lash mexanik jarayon bo‘lib, unda to‘ldirilgan 
    voqelik obyekti shaharning ma’lum bir nuqtasida paydo bo‘ladi. Bu 
    holatda marker vazifasini geolokatsiya – koordinatalar bajaradi.
    @edurtm_uz


    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    28
    “Smart dastur”ni o‘rnatish tartibi:.
    1. Smart qurilmangiz kamerasini darslikdagi QR-kod ga qarating. 
    2. QR-code yordamida aks ettirilgan web sahifaga o‘ting. 
    5. Dasturni qurilmaga o‘rnating. 
    6. Dasturni yorliq orqali ishga tushiring.

    Download 2,05 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘ldirilgan voqelik mexanikalaridan ta’lim jarayonida foydalanish

    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish