O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
26
To‘ldirilgan voqelik (ing. Augmented Reality) – qabul qilinishi
zarur bo‘lgan axborot maydoniga kiritiluvchi qo‘shimcha obyekt
yoki sensorik ma’lumot.
To‘ldirilgan voqelik bu – idrok qilish maydonida real obyektlar
o‘rnatilayotganda, idrok etiladigan voqelikning “to‘ldirilgan”
elementlaridan foydalangan holda kompyuter yoki smart
qurilma yordamida yaratiladigan aralash voqelikdir.
Idrok etiladigan voqelikni to‘ldirish borasida eng keng tarqalgan
misollar sifatida televizor orqali futbol o‘yinlarini tomosha
qilishda darvozaga eng yaqin bo‘lgan futbolchining turgan
joyini ko‘rsatadigan oldingi rangli parallel chiziqni, jarima
zarbasi beriladigan joydan darvozagacha bo‘lgan masofani
ko‘rsatadigan strelkalarni, xokkey o‘yini vaqtida shayba
uchishining “chizilgan” trayektoriyasini, filmlarda hamda
kompyuter yoki gadjet o‘yinlarida real va o‘ylab topilgan
obyektlarning aralashtirilishi kabilarni keltirish mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, “to‘ldirilgan voqelik” atamasi Boeing korporatsiyasi tadqiqotchisi Tom
Kodel (ing. Tom Caudell) tomonidan 1990-yilda taklif qilingan. Tom Kodel bu atamani
samolyot qurilishida foydalanilgan raqamli displeylarni tavsiflash uchun ishlatgan.
To‘ldirilgan voqelik idrok etilayotgan voqelikka xayoliy obyektlarni real dunyo elementlari
sifatida, odatda, yordamchi ma’lumot sifatida qo‘shish natijasidir.
TO‘LDIRILGAN VOQELIK NIMA?