K O M S
L U N
T I
Sinf doskasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harflar
o‘quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi:
Demak, birinchi qatorda to‘rtta, keyingisi uchta, undan keyingisida ikkita harf mavjud.
Katakdagi harflar ishtirokida “Kim ko‘proq so‘z topish” o‘yini o‘ynaladi. O‘quvchilar
daftarlariga topgan so‘zlarini yozadilar: mol, tol, mis, kino, zirak va h.k. Agar mazkur
o‘yin alifbegacha bo‘lgan davrda o‘tkazilsa, unda o‘yin shartlari o‘quvchilarga og‘zaki
tushuntiriladi va boshqa ishlar ham og‘zaki bajariladi. Bunda qatorlardan birortasida harf
o‘rnida bitta bo‘sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o‘quvchilarga bo‘sh katakchaga
o‘zi ma’qul ko‘rgan harfni qo‘yish imkoniyatini berish mumkin. Albatta, bu holda
o‘quvchida mustaqil fikrlash uchun ko‘proq imkoniyat yuzaga keladi.
Bo‘g‘in ustida ishlashga oid didaktik o‘yinlardan savodga o‘rgatish davrida, imkoniyatga
qarab og‘zaki yoki yozma tarzda quyidagi topshiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘qituvchi sinf doskasiga birgina so‘zni yozadi. Masalan: kaptar so‘zi. Uni bo‘g‘inlarga
ajratiladi: kap-tar. Endi har ikki bo‘g‘indan yana yangi so‘zlar tuziladi. kap-gir, tar-vuz.
O‘yinni o‘quvchilar jamoasining qiziqishini, tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda
davom ettirish, yozma ishlar o‘tkazish mumkin. “Kataklarni to‘ldiring” topshirig‘iga
asosan tayyorlangan quyidagi rebus-o‘yin ham o‘quvchilarning bo‘g‘inga oid bilimini
mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
18
O‘qituvchi tomonidan katakchalarning biriga yoki ikkitasiga istalgan bo‘g‘in yoziladi.
Qolgan kataklarni o‘quvchilar o‘zlari mustaqil to‘ldirishlari lozim. Albatta, bunda
havola etilayotgan harflar soni ikkita bo‘lsa, u so‘zning birinchi bo‘g‘inini tashkil etishi
tushuntiriladi.
Yuqoridagi o‘yinlarni o‘tkazish uchun o‘qituvchi qirqma bo‘sh kataklarni kerakli miqdorda
oldindan tayyorlab qo‘yishi alohida ahamiyatga ega. Bu qirqma bo‘sh kataklardan
savodga o‘rgatish davri, keyinroq ona tili darslarida ham foydalanish mumkin.
Buning uchun sinf doskasiga quyidagicha katakchalar chiziladi:
SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA TA’LIM-TARBIYANING BIRLIGI
TAMOYILINI AMALGA OSHIRISH
Alifbe darsligi ta’lim-tarbiya jarayonining birligini ta'minlashi kerak. Savodga o‘rgatish
davrida alifbe darsligidagi mavjud o‘quv materiallari, qo‘shimcha manbalar asosida
o‘quvchilarda milliy g‘oya, milliy ruh tarkib toptiriladi, ularga jamiyatimiz a’zolariga xos
vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalari singdiriladi. O‘quvchilar o‘rtasida
hamjihatlik, o‘rtoqlik, ota-onaga, oilaga mehr-muhabbat tarkib toptiriladi.
Ta’limdan maqsad o‘quvchilarni ilmiy bilim va tushunchalar bilan qurollantirishdangina
iborat bo‘lmay, balki axloqqa oid bilim va tushunchalar asosida ular ongiga, turmush
tarziga insoniy axloq me’yorlarini singdirishni, e’tiqodi va ma'naviyatini tarkib toptirishni
ham nazarda tutadi. Shunga ko‘ra, alifbe darsligiga o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashga
qaratilgan ertak, hikoya, rivoyat, masal, maqol kabilar kiritilgan. O‘quvchilarda axloq
va ma’naviyatni tarbiyalashga oid matnlarning mavzu doirasini quyidagicha belgilash
mumkin.
1. Ona Vatanimiz, buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini singdiruvchi matnlar:
“Ona yurt”, “Vatanim”, “Bayrog‘imiz”, “Yurt posbonlari”, “O‘z tilim” kabilar.
2. Kasb-hunarni ulug‘lovchi, kasb-hunarga yo‘naItiruvchi matnlar: “Hunarlar”, “Kasb-
hunar nomlarini ayting”, “Do‘stlik” she’ri, “Do‘stlar” matni kabilar.
3. Insoniy axloq g‘oyalarini tarbiyalashga qaratilgan matnlar: “Odobli bo‘l”, “Eee dema”,
“So‘z sehri”, “Kemiroy”, “Bekatda”, “Charos-chaqqon”, “Ruchkangni berib tur”, “Dangasa
bilan g‘ayratli”, “Zumrad bilan Qimmat” kabilar.
@edurtm_uz
|