|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
11
o‘tilganidek, tahlilga qarama-qarshi oppozitsiyada bo‘lgan mantiqiy fikrlash jarayonidir.
Bu jarayon ham bola tafakkurining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Sintez
(umumlashtirish) amallarini bajarish jarayonida o‘quvchilar o‘z onglarida mavjud bo‘lgan
til vositalarining ma'nolari va funksional me’yorlarni umumlashtiradilar.
Savodga o‘rgatishning ilk bosqichida o‘qituvchi oldida so‘zlarning yozuvda ifodalanishi,
harf va tovush haqida tushuncha, so‘zni bo‘g‘in va tovushlarga ajratish, bog‘lanishli
nutqni o‘stirish, boshlang‘ich orfografiya qoidalari xususida tasavvurni rivojlantirish,
umuman, ona tilining go‘zalligi va rang-barangligini anglatishdek muhim vazifa turadi.
Bu bosqichda muayyan turlarni tashkil etuvchi predmetlar nomi – alifbe darsligining
alifbegacha bo‘lgan davrida: mevalar, sabzavot, poliz ekinlarining turlariga oid
rasmlarning berilishi, keyingi bosqichlarda joy nomlari, o‘rmon hayvonlari, parrandalarni
turkumlab o‘rgatishga oid matnlar va rasmlarning tavsiya etilishi, tugallanmagan jumla,
matn, so‘zlarning berilishi, ularning o‘quvchi tomonidan davom ettirilishi, o‘zbek xalq
maqollari, topishmoq, tez aytish va hikmatli so‘zlarning berilishi – bularning barchasi
o‘quvchining nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratiladi.
Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning o‘ziga xos
xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi:
a) darslikda harflar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra o‘quvchining
oson o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartiblanadi. Masalan, o, n, a kabi harflar ham
talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson harflar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga ota-
onalar e’tibori nihoyatda kuchaygan hozirgi davrda o‘quvchilarning aksariyati bunday
harf-tovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar.
Albatta, sinfda o‘quvchilaning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi. Binobarin, f, z, sh, ch
kabi tovushlarning yozilishi va talaffuzining bolalar uchun birmuncha murakkabligini
hisobga olgan holda keyingi bosqichlarda o‘rganiladi;
b) tovush-harflarni o‘rganish jarayonida unga ilova tarzida berilgan so‘zlar o‘quvchilar
uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki hodisani ifodalashiga e’tibor
qaratiladi;
d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq fikr yuritishini hisobga olgan holda,
aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat bo‘ladi;
c) so‘zlarning to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid bilimlar izchil
rivojlantirib boriladi.
@edurtm_uz
|
| |