I BOB Analitik qism. Informatsion–kommunikatsion texnologyalridan ta’lim jarayonida qo`llash




Download 0.84 Mb.
bet6/14
Sana22.03.2021
Hajmi0.84 Mb.
#13355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

I BOB Analitik qism. Informatsion–kommunikatsion texnologyalridan ta’lim jarayonida qo`llash.

1.1.Ta’lim sistemasida informatsiya-kommunikatsion texnologyalrining o`rni va qo`llanilishi


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’lim tushunchasiga milliy demokratik nuqtai nazaridan yondashib, quyidagicha ta’rif bergan edi: “Ta’lim O`zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodlarning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning sinovsi anglab olinadi va yosh avlodga o`tadi”(1).

O`zbekiston Respublikasining “Informatsionlashtirish to`g`risida”gi Qonuni, Prezidentimizning 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy informatsiya-kommunikatsion texnologyalrini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi, 2013 yil 27 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Milliy informatsiya-kommunikatsion sistemaini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlari, Hukumatning tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlari ijrosini ta’minlash, xalq ta’limi sistemasida informatsiya-kommunikatsion texnologyalri, internet va mulьtimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Kompьyuter tarmoqlari hamda unga muqobil informatsiya-kommunikatsion texnologyalri (AKT) ta’lim sistemai uchun, eng avvalo, Yer sharining istalgan nuqtasidan turib, tezkor ravishda zarur ma’lumotni olish bilan bog`liq bo`lgan imkoniyatlar yaratdi. Xususan, Internet global kompьyuter tarmog`i orqali dunyo informatsiya resurslariga kirish lahzalarda amalga oshirilishi buning yaqqol dalilidir (2).

Taraqqiyot mevasi bo`lmish zamonaviy texnollogiiyalar insoniyatning uzog`ini yaqin, og`irini yengil qilish maqsadida yaratilgan. Ayniqsa, informatsiya-kommunikatsion texnologyalrining jadal o`sishi har soha taraqqiyotiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelmoqda. Inkor etib bo`lmas bir haqiqat bor, bugungi davr vakilining o`z zamonasi texnologyalridan foydalana olmasligi, ularni o`z hayoti, kasbi va hunariga tadbiq etmasligi nuqson sanaladi. Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan o`qituvchi-pedagoglarning zamonaviy informatsiya-kommunikatsion texnologyalri imkoniyatlaridan turli o`rinlarda unumli foydalanishlari ularning mahoratli mutaxassis ekanligidan dalolat beradi.

Davlat umummilliy dasturida asosiy yo`nalishlardan biri sifatida umumta’lim maktablarini informatsiyalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu dastur doirasida ta’lim muassasalari zamonaviy kompьyuter texnikalari bilan ta’minlandi. Umumta’lim maktablari va o`quv yurtlari to`liq Internet va ZiyoNET tarmog`iga ulandi.

Zamonaviy shaxs shu qadar ko`p informatsiyaga egaki, u informatsiyalarni yangi informatsiya-kommunikatsion texnologyalrisiz ishlov berishi va ishlatishi mumkin emas. Yildan-yilga bizning hayotimizga kompьyuter va u bilan birga informatsiya-kommunikatsion texnologyalri jadal kirib kelmoqda. Ta’lim siyosatining hozirgi asosiy maqsadi ta’lim oluvchi shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondiruvchi muhim va kelajakdagi rivoji uchun zarur yuqori samaradorlikka ega bo`lgan zamonaviy ta’lim berishga qaratilgan. Maktab ta’limi pedagoglari va rahbarlarining kasbiy omilkorligini rivojlantirish uchun ularni faoliyatining birinchi kunlaridanoq qo`shimcha pedagogik ta’limga jalb qilish lozim. Informatsion-kommunikatsion texnologyalri har bir turda o`qituvchining eng yaqin ko`makchisi, malakali pedagogning darsga tayyorgarlik ko`rishidan tortib, uni sifatli, qiziqarli va natijali o`tkazishgacha bo`lgan barcha jarayonlarda eng qulay vositadir. O`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rishda kompьyuter orqali didaktik, tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurollar, slayd va dars ishlanmalarini tayyorlashi, internet yordamida esa ularni turli qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli surat, audio, video lavhalar bilan boyitishi mumkin. Dars jarayonida informatsiya-kommunikatsion texnologyalri o`quvchilar dunyoqarashi, bilim va ko`nikmalarini ko`rish, eshitish va mustaqil bajarish orqali rivojlantirishga ko`maklashadi (3).

Darsning har bir turida o`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash, yangi bilimlar bayoni, amaliy mashg`ulotlar laboratoriya ishlarini bevosita informatsiya texnologyalri yordamida qisman yoki butunlay amalga oshirish imkoniyati mavjud (4). Buning uchun esa bir nechta kompьyuter dasturlaridan foydalanish ko`nikmasi, ozgina vaqt va qunt talab etiladi, xolos. Shu yo`l bilan o`qituvchi eng katta maqsadiga erishadi, o`quvchilarga sifatli ta’lim beradi, ularni katta hayotga tayyorlaydi.

So`nggi yillarda deyarli barcha umumta’lim maktablari o`quv-laboratoriya jihozlari va zamonaviy kompьyuter texnikasi bilan ta’minlandi. Shu bilan bir qatorda ulardan ma’lum jarayonda unumli foydalanish yuzasidan ham keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2013 yilda umumta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatilayotgan barcha fan o`qituvchilarining informatsiya-kommunikatsion texnologyalridan foydalanish bo`yicha malakasi oshirildi va oshirilmoqda. O`qituvchi pedagoglarning zamonaviy texnollogiiyalardan unumli foydalanishlarini ta’minlash, ular malakasini uzluksiz oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tarmoqning elektron pochta, yangiliklar sinflari, chat-muloqot tarmog`i kabi keng ommalashgan vositalaridan ta’lim sistemasida foydalanish mumkin. Real vaqtda muloqot imkonini tug`diruvchi hamda aloqa o`rnatilgach, klaviatura orqali kiritiluvchi matnni, tasvir, ovoz yoxud ixtiyoriy faylni uzatish imkonini beruvchi maxsus dasturlar mavjud bo`lib, bu dasturlar turli masofada joylashgan foydalanuvchilarga lokal kompьyuter tarmog`i orqali hamkorlikdagi faoliyatni ta’minlab beradi. Ma’lumotlarni uzatish sifati zamonaviy sistema asosida o`sishi natijasida ovozli muloqot texnologyalri yanada takomillashib bormoqda. Natijada onlayn muloqot sistemai jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Dasturiy ta’minot hamda maxsus uskunalar yordamida Internet orqali audio va video konferentsiyalar o`tkazilmoqda (5).

Bugungi kunda informatsiya-kommunikatsion tarmoqlarida avtomatlashtirilgan izlash vositalari keng yo`lga qo`yilgan bo`lib, shu tarmoqlar vositasida global kompьyuter tarmog`ining informatsion resurslari haqida ma’lumot yig`ish bilan birga, foydalanuvchilarga tezkor izlash xizmatini taqdim qilish mumkin.

AKTning tarmoq vositalari ko`magida o`quv-metodik va ilmiy informatsiyalarni olish, operativ maslahat-yordamini tashkillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini loyihalashtirish, virtual o`quv mashg`ulot (seminar, ma’ruza)larini real vaqt rejimida o`tkazishning imkoni tug`ildi.

Bu borada masofaviy ta’limning o`rni va ahamiyati o`sdi. Masofaviy ta’limning videokonferentsiya, onlayn malaka oshirish va maxsus ma’ruza sistemalari hozirgi vaqtda oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta’limida keng foydalanilmoqda. Videomateriallar va AKTning maxsus vositalari ko`p sonli talabalarga mahoratli professor-o`qituvchilarning ma’ruzalarini tinglash imkonini beradi, bunda ma’ruza yozilgan videotasvirdan maxsus auditoriyalarda bo`lgani kabi, uy sharoitida ham foydalanish imkoni mavjud.

AKTning eng ommalashgan vositalaridan biri bu – televideniye hisoblanadi. Bugungi kunda har bir oilada hech bo`lmaganda bitta televizor mavjud. Ta’limiy teledasturlardan butun dunyoda keng foydalaniladi, bu esa masofaviy ta’limning yorqin ko`rinishidir. Televideniye orqali tayyorlangan turli ta’limiy vositalar (ma’ruza, ma’lumot, televiktorinalar, test kabilar)ni keng foydalanuvchilar auditoriyasi uchun namoyish qilishning imkoni mavjud. Bunda o`quvchi va talabalar o`z bilimlarini maxsus imtihon va testlar yordamida tekshirishlari mumkin.

AKTning yana bir ta’limiy vositasi elektron nashrlardir. Ular asosida tashkil etiluvchi individual ta’lim materialini chuqur o`rganish va o`zlashtirishga omil bo`la oladi. An’anaviy – kitob shaklidagi o`quv materialidan farqli ravishda, ta’limiy-elektron nashrlar materialni dinamik-grafik shaklda uzatadi. Bu esa masofadan turib informatsiya almashuv, o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, kundalik yangiliklarni muntazam nashr etib borish imkonini beradi.

Biroq, zamonaviy AKT vositalarini ta’lim jarayonida qo`llash har doim ham ijobiy samara bermasdan, balki, psixologik-pedagogik xarakterli salbiy omillarni hamda AKT vositalari ta’lim oluvchining fiziologik holati va sog`ligiga nisbatan negativ oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, ta’lim olish maqsadida kompьyuter oldida uzoq vaqt qolib ketuvchi talabada muloqot layoqati susaya boradi, natijada, o`zgalar bilan muloqoti chegaralangan shaxsda dialogik nutq orqali qabul qilinishi kerak bo`lgan turli toifadagi informatsiyalarni qabul qilish imkoniyatiga putur yetadi. Zero, aynan dialogik nutq orqali kishida ijodkorlik qobiliyatiga moyillik tug`ilishi fanda isbot qilingan fakt.

Shuningdek, global kompьyuter tarmog`i orqali tayyor o`quv materiali va o`z-o`zini nazorat qilishda ko`mak beruvchi qo`llanma, referat, diplom ishlarini tayyorligicha o`zining faoliyatiga muvofiqlashtirib olayotgan talabada aqliy o`sish o`rniga tanballik, yalqovlik, informatsiyani tahlil qila olmaslik singari aks ta’sirlar kuzatila boshlaydi (6).

Demak, keltirilgan fikrlardan shunday xulosa yasash mumkin: mamlakatimizda bilim olishga, maktab, o`rta maxsus ta’lim muassasasidan keyin oliy o`quv yurtlariga kirib o`qishga intilayotgan yoshlar soni yildan-yilga ko`paymoqda. Bu esa, mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilish natijasida katta yutuqlar qo`lga kiritilayotgani, yoshlarning aql-zakovati, bilim olishga bo`lgan qiziqishi ortib borayotganining isbotidir. Bunda esa AKT o`zining cheksiz imkoniyatlarni taqdim eta olish qobiliyati bilan joziba kasb etadi. Ammo, undan oqilona foydalana olishgina jamiyat a’zolarini chinakam taraqqiyotga yetaklaydi.

 



Download 0.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB Analitik qism. Informatsion–kommunikatsion texnologyalridan ta’lim jarayonida qo`llash

Download 0.84 Mb.