Ta’lim-tarbiya berish maqsadini didaktik xususiyatlari




Download 0.84 Mb.
bet9/14
Sana22.03.2021
Hajmi0.84 Mb.
#13355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

2.2. Ta’lim-tarbiya berish maqsadini didaktik xususiyatlari.

Bugungi kunda yangi pedagogik texnollogiiya va pedagogik mahorat bo`yicha mashg`ulotlarni amalga oshirish — bu jaxon ta’lim standartlari talablariga mos ravishda dars o`tish demakdir. Shuning uchun ham keyingi yillarda ta’lim sistemasida yangi pedagogik mahorat bo`yicha mashg`ulotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o`qitish va tarbiyalashga asosiy ehtiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o`rgatuvchi», didasko «o`rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.

Bu so`z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volьfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.

Bu tushunchani shunga o`xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko`rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars sistemai borasida so`z yuritadi.

Yangi pedagogik texnollogiiya fan sifatida oliy ta’lim sistemasidan chuqur o`rin olmoqda, chunki ta’limga texnologik yondoshuv o`z samarasini ko`rsatmoqda. Yurtimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va "Ta’lim to`g`risida" gi Qonunda belgilangan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda eng ilg`or ta’lim texnologyalrini joriy etish dolzarb vazifadir. Shu nuqtai nazardan talabalarga yangi pedagogik texnollogiiya va pedagogik mahorat fani haqida ma’lumot berish, ularni shu asosida o`z mutaxassisliklariga yondoshishga o`rgatish bugungi kunning talabidir.



Ma’ruza matnida belgilangan didaktik vazifalar:

• pedagogik texnollogiiya bo`yicha bilimlarni egallash va ilmiy ko`nikmalarni shakllantirish;

• yangi pedagogik va informatsiya texnologyalrini o`rganish va qo`llash;

• yangi pedagogik va informatsiya texnologyalri, o`quv —tarbiyaviy jarayonni faollashtirish uslublari, talabalar bilimlarini reyting — nazorat sistemasida baholash;

• talabalarga pedagogik texnollogiiya haqida, ta’lim mazmuni, shakl va metodlari haqida to`liq ma’lumot berish;

• ta’lim texnologyalri o`sishining turlari haqida bilimga ega qilish;

• o`quv mashg`ulotlarini loyihalashtirish;

• ta’lim maqsadiga erishganlikni baxolash kabilar haqida chuqur bilim olishlarini belgilash;

• mutaxassis shaxsini shakllantirishda pedagogik mahoratning o`rni va ahamiyati haqida nazariy va amaliy bilimlarni talabalar ongiga yetkazish;

• bo`lajak mutaxassislarda pedagogik mahoratni shakllantirish;

• mutaxassis kadrlar tayyorlashda pedagogik faoliyat, mahorat, muomala madaniyati ta’lim — tarbiya haqida tushunchalar berish.

Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonida ko`plab yondashuvlar mavjud. Pedagogik texnollogiiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. Shunga qaramasdan ko`pgina pedagogik texnollogiiyalar o`z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko`ra bir-biriga o`xshash. Pedagogik texnollogiiyalarni ana shu o`xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin.

Qo`llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko`ra ularni uch sinfga ajratiladi:

1.Umumiy pedagogik texnollogiiyalar.

2. Xususiy pedagogik texnollogiiyalar.

3. Modulli kichik universal texnollogiiyalar



Umumiy pedagogik texnollogiiyalar o`z ichiga yirik texnollogiiyalarni, ya’ni butun ta’lim sistemaiga tegishli bo`lgan masalalarni qamrab oladi.



Download 0.84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim-tarbiya berish maqsadini didaktik xususiyatlari

Download 0.84 Mb.