Fakulteti




Download 0.84 Mb.
bet13/14
Sana22.03.2021
Hajmi0.84 Mb.
#13355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli turlarida qo`llaniladi: masalan, dastlabki tanishish turida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo`lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo`llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Intervьyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng ko`llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervьyu metodi ham so`roq-javob metodiga tegishlidir. Ko`pincha intervьyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o`xshatib, ya’ni ko`p masalalar yuzasidan ko`plab javoblar olishni ko`zlab tuziladi. Intervьyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi turiga, muammo bilan dastlabki tanishish turiga to`g`ri keladi. Biroq bilimlarni va o`rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o`rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.

Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo`llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar bog`chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko`proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo`lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o`tkazilsa ancha foydaliroq bo`ladi), balki o`rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o`tkazilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog`liq bo`lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.

O`z-o`zini kuzatish metodi. XUSh-X1X asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so`nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Chunonchi, suhbat va so`roq-javob metodlarini o`z-o`zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo`llab bo`lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o`tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o`z-o`zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo`lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. O`z-o`zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog`liq bo`lgan sermahsul ishlarni o`rganishda ayniqsa foydali bo`lishi mumkin.

Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko`pmi standartlashtirilgan (bir xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo`lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o`tkazilgan katta tajriba sinovlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va tajriba sinoval jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.




Download 0.84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0.84 Mb.