Fakulteti




Download 0.84 Mb.
bet10/14
Sana22.03.2021
Hajmi0.84 Mb.
#13355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Masalan: reyting sistemaiga o`tish, test texnologyalriga o`tish shular jumlasiga kiradi.

Xususiy pedagogik texnollogiiyalar esa ma’lum fan doirasida qo`llanilishi mumkin va qulay bo`lgan texnollogiiyalarni o`z ichiga oladi.

Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo`lgan texnollogiiyalarni ishlab chiqish.

Modulli kichik universal texnollogiiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, turli fanlarni o`rganishda ishlatilishi mumkin bo`lgan texnollogiiyalardir.

Masalan: didaktik o`yinlar, fikrlashga o`rgatuvchi texnollogiiyalar. Ular universal xarakterda bo`lib, ko`p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o`yinli texnollogiiyalar.

Falsafiy dunyoqarash o`z navbatida ta’lim–tarbiya sistemaiga yondashuvda ham o`z aksini topadi. Diniy dunyoqarash o`ziga xos ravishda ta’lim-tarbiya jarayonini talqin etadi, idealistik dunyoqarash o`ziga xos ravishda ta’lim-tarbiyaning mazmun mohiyatini ochib beradi. Materialistik dunyoqarash ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishda materialistik nuqtai nazardan yondashadi (U inson shaxsini moddiylik sifatida qabul qilsa, idealistik dunyoqarash insonni jon, tan, ruh kabi qismlarini tan olgan holda yondashadi). Ilmiy dunyoqarash esa ilmiy kashfiyotlarga asoslangan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishga qaratiladi. Demak, har bir jamiyatning qabul qilgan dunyoqarashi ana shu jamiyatda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga bevosita ta’sir o`tkazar ekan.

Falsafiy jihatdan texnollogiiyalar qo`yidagi sinflarga ajratiladi:

A. Materialistik

B. Idealistik

V. Ilmiy

G. Diniy

D. Gumanistik

Ye. Erkin

J. Majburiy

Tashkil etish va boshqarish jihatidan pedagogik texnollogiiyalarni quyidagi turlarini ajratish mumkin:

1. Sust boshqariluvchi (talabalar faoliyati boshqarilmaydi, stixiyalilik ustun turadi).

2. TSiklli tekshirish – o`z-o`zini va o`zaro tekshirish ustun turadi.

3. Frontal (yalpi),

4. Yo`naltirilgan (individual),

5. Verbal –o`qituvchi ishtirokida,

6. Avtomatlashgan – texnik vositalardan foydalangan holda.

Ushbu boshqarish turlarining kombinatsiyalashuvi natijasida qo`yidagi “didaktik sistema” texnologyalri vujudga keladi:

- an’anaviy lektsion ta’lim sistemai (boshqarish sust, frontal, verbal)

- audivizual texnik vositalar yordamida ta’limni tashkil etish (boshqarish sust, frontal, avtomatlashtirilgan).

- konsulьtatsiya texnollogiiyasi (sust, yo`naltirilgan, verbal)

- kichik sinflar texnollogiiyasi (tsiklli, frontal, verbal, differentsial)

- kompьyuter ta’limi (tsiklli, yo`naltirilgan, verbal) – individual ta’lim.

- repetitor sistemai (tsiklli, yo`naltirilgan, verbal) – individual ta’lim.

- dasturlashtirilgan ta’lim (tsiklli, yo`naltirilgan, avtomatlashtirilgan-programmalar asosida).

- differentsial ta’lim (tsiklli aktiv boshqariluvchi, yo`naltirilgan, vebral).

- muammoli ta’lim (tsiklli, yo`naltirilgan, o`quvchi shaxsi aktiv).

Amaliyotda bu ta’lim texnologyalri kombinatsiyalashgan holda qo`llaniladi. Ta’lim texnologyalri darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.

Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab qo`yidagi texnollogiiyalar ajratiladi:

1. Operatsion texnollogiiyalar – fikrlash malakasini fikrlash refleksini rivojlantiruvchi texnollogiiyalar hisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo`ladi.

Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnollogiiyalar

Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnollogiiyalar.

Evristik – ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi texnollogiiyalar, talabalardan ijodiy yondashib masalaning yechimini topishni talab etadi.

Amaliy texnollogiiyalar – amaliy xatti- harakatlarni shakllantiruvchi texnollogiiyalar.

Demak, pedagogik texnollogiiyalarni ishlab chiqishda ma’lum bir falsafiy dunyoqarash hukmronlik qiladi va ana shu qarash o`z aksini pedagogik texnollogiiyalarda topadi

Ma’lumki, jamiyatimiz taraqqiyotida shaxs, uning dunyoqarashi asosiy rolь o`ynaydi. Taniqli fizik olim T.Edison tsivilizatsiyaning muhim vazifasi insonlarni fikrlashga o`rgatishdan iborat deb baholaydi. Binobarin, o`zbek modeli, uning asosiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy yo`nalishlari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishga qaratilgan ekan, mustaqil fikrlovchi erkin shaxs kontseptsiyasini amalga oshirish uzluksiz ta’lim sistemaining bosh vazifasidir. Aynan mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab ana shu maqsadga erishish yo`lida uzluksiz ta’lim sistemaini tubdan isloh qilish boshlandi. Prezidentimiz I.A.Karimov «Ta’lim sistemaini isloh qilmay turib ongni, tafakkurni o`zgartirib bo`lmaydi, ongni, tafakkurni o`zgartirmay esa biz ko`zlagan ozod va obod Vatanni barpo etib bo`lmaydi», deb bildirgan fikrlarida demokratik jamiyatimizni barpo etishning asosiy omillarini yoritib berdi.

Ushbu yo`nalishda ta’lim sistemai zamonaviy talablar asosida bunyod etildi, uzluksiz ta’lim sistemaining Davlat ta’lim standarti, uning zaminida yangi avlod adabiyotlari yaratildi, ta’lim jarayonini demokratlashtirish, insonparvarlashtirish bosh masala bo`lib qoldi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin, demokratik jamiyat barpo etar ekanmiz, uning a’zosi mustaqil fikrlovchi erkin shaxs bo`lishi davr taqozosiga aylandi. Aynan ta’lim jarayonida o`quvchilarning mustaqil tafakkurini shakllantirish umumjamiyat global muammosiga aylanganligi hammaga ma’lum. Shu bois, yangi pedagogik texnollogiiyalarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo`llash, eski totalitar davrdagi o`qitishning samarasiz usullaridan, o`quvchi shaxsiga nisbatan salbiy munosabatdan voz kechish, o`quv mashg`ulotlarining natijalari asosida ta’lim jarayoniga baho berish, davlat ta’lim standarti mezonlarini o`zlashtirishga erishish didaktik jarayonda yangicha burilishni ko`rsatmoqda.

Yangi pedagogik texnollogiiyalarning eng muhim belgisi bu didaktik jarayonning maqsad ko`zlovchanligidir. Agar an’anaviy pedagogik texnollogiiyalarda maqsad muammosi nazariyotchi va amaliyotchilarni unchalik tashvishga solmagan bo`lsa, yangi pedagogik texnollogiiyalarda maqsad va natija muammosi alohida ahamiyat kasb etadi va u ikki aspektda namoyon bo`ladi.

1-aspekt diagnostik harakterda bo`lib, o`quv materiallarini ob’yektiv tarzda o`zlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutadi.

2-aspektda ta’lim orqali o`quvchi shaxsini yaxlit bir butunlikda shakllantirishga ko`zda tutiladi. Xrestomatik pedagogik adabiyotlarda ham umumiy ta’limning aniq maqsadlari yetarli yoritilmagan. O`qituvchi va amaliyotchilar ta’lim maqsadlariga ko`pincha yuzaki qarab, darxol o`quv-tarbiya jarayonining qurilishiga kirishib ketadilar, natijada o`z faoliyatlari maqsadi qanday natijaga olib kelishini unutib qo`yadilar. Maqsad pedagogik faoliyatning eng zaruriy elementidir. A.S.Makarenko o`z vaqtida “pedagogika, ayniqsa tarbiya nazariyasi maqsad ko`zlovchi fandir”, deb uqtirgan edi.

O`qituvchi mahoratini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri - darslarni qanchalik darajada samarali tashkil etishi bilan bog`liq. Bu esa mutaxassislar tomonidan darslar talil ilinganda anilanadi. Metodist va dars o`qtuvchi o`rtasida ijodiy amkorlikka asoslangan ushbu jarayonda mavjud kamchiliklar o`zaro, ochi-oshkoralik ruhida to`ldiriladi. Bir so`z bilan aytganda, dars tahlili pedagogning dars o`tish samaradorligini oshirishga xizmat iladi. Buning uchun esa kuzatuvchi dars tahlilining asosiy tarkibiy ismlari nimalardan iborat ekanligini yaxshi bilishi lozim. Xo`sh, ular nimalardan iborat? O`qituvchining darsga anday tayyorgarlik ko`rganini aniqlash: o`qituvchida o`quv reja, dars konspekti va mavzu bo`yicha ishlanmalarning borligi, didaktik tarqatma material va ko`rgazmali qurollarning tayyorligi mashg`ulotga hozirlikning asosi isoblanadi. Lekin, ta’kidlash joizki, o`qituvchining mashg`ulotga tayyorgarligini faqat shu bilangina (darsning kirish qismida) yemas, balki butun mashg`ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim. Bu borada o`qituvchining ijodiy ko`rgazmalardan o`z o`rnida va samarali foydalanish mahorati ham isobga olinishi kerak.

Darsning taxminiy rejalashtirilgan loyiasini ishlab chiqish, nazariy ma’lumot qismining amaliy mashg`ulot jarayonidan farqli jiatlarini ko`rsatish yoki texnologik xaritasini tayyorlash kabilar ham muhim ahamiyatga ega. Maqsad va vazifaning qo`yilishi. O`qituvchi har bir darsga aniq masad qo`yadimi? Maqsad qanchalik to`g`ri belgilangan? Vazifalar aniqmi? Dars bosichlari uchun vaqtning to`g`ri taqsimlanishi, masad va vazifaning o`quvchi yoshi, imkoniyatiga mos kelishi mavzuning to`liq o`zlashtirilishida e’tibortalab jihat hisoblanadi.

Didaktik (yoki ta’limiy) taxlil. Taxlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yo`nalishi, ko`rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi informatsiyalarning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi, ta’lim mazmunining uzviyligi nazarda tutiladi. Bunda foydalanilishi lozim bo`lgan adabiyotlar va manbalar, didaktik materiallar, resurs va vositalar ham tavsiya etiladi. Darsda faqat o`qituvchi tomonidan tayyorlangan ko`rgazma materiallari emas, balki o`quvchilarning ijodiy ishlaridan ham foydalanish masadga muvofi.

Uslubiy taxlil. Bunda o`qituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, o`rganilayotgan mavzuning dasturda mo`ljallangan soat davomida, qanday usullar yordamida, o`quvchilarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini xisobga olgan holda yetkazib bera olishi, ularni o`ylashga, izlanishga yo`naltirishi va bunga sharoit yaratishi; ikkinchidan, o`qituvchi sifatidagi sinovlari qay darajada ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O`qituvchining faoliyati taxlil ilinayotganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati, fanni nechog`li bilishi va didaktikasi ko`zga tashlanishi lozim. O`qituvchining ilg`or pedagogik va novatorlik sinovlari hamda innovasion faoliyatda mashg`ulot olib borishiga ham e’tibor aratish masadga muvofiq. Shu o`rinda dars mazmunini yoki dasturini annotasiya shaklida tavsiya qilish mumkin.

Dastur mazmunidan kelib chiqqan holda o`quv jarayonini tashkil etish texnollogiiyasini taxminan mana shu ko`qrinishda berish mumkin:



  • dars shakli: suhbat, munozara, amaliy mashg`ulot;

  • dars metodi: juftlikda va kichik sinfda ishlash;

  • dars vositalari: tarqatma materiallar, gerbariylar, videolavhalar;

  • dars usuli: yozma, og`zaki, ko`rgazmali;

  • darsni nazorat qilish turi: testlar, savollar orqali;

  • darsni baholash: o`z-o`zini baholash, yakka tartibda baholash, rag`bat

  • asosida baholash.





Pedagogik sistemada maqsad diagnostik xususiyatga ega bo`lib, u belgilangan vaqt birligi ichida tegishli didaktik vazifani aniq amalga oshirish va kutilgan natijaga tezda erishish yo`lini belgilab beradi. Lekin hozirgi kun pedagogik amaliyotida pedagogik diagnostika maqsadlari yetarli o`rganilmagan, shu sababli ta’lim-tarbiya sohasida yechilmagan muammolarni paydo bo`lishiga imkon tug`diradi.

Yuqorida ta’qidlanganidek, o`qitish maqsadlarining uch sinfi mavjud. Lekin uning boshqa qirralari uzoq, yaqin, oraliq, asosiy va to`ldiruvchi, dasturli dispozitiv (to`g`rilovchi) maqsadlari ham mavjuddir. Ta’lim jarayonida bu maqsadlardan foydalaniladi. Biroq o`qitish maqsadi deyilganda o`qituvchi o`zi o`tishi zarur bo`lgan dars mavzusi va maqsadini xisobga oladi, xolos. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari o`qitish jarayoni oldiga yangi murakkab maqsadlarni keltirib chiqaradi. Maktab o`quvchisini faqat fan asoslari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantiribgina qolmay, ular oldiga erkin kasb asoslarini egallash orqali o`z shaxsini kamol toptirish istiqbollarini ochib berishi kerak.

Ma’lumki, ta’lim ko`p maqsadli jarayon. Bu maqsadlarni o`quv materiali mazmuni, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim jarayoni tahlili va pirovard natijaga qarab belgilash mumkin.

Pedagogik sistema ilmiy nazariyaga asoslangan holda ikki tushunchani, ya’ni didaktika va uni hal etish texnollogiiyasini qamrab oladi.

Didaktik masalalar pedagogik sistema doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoit va faoliyat mazmunini talab etadi. Didaktik masalalarni hal etish maqsadi shaxsning ma’lum sifatlarini shakllantirish bo`lsa, shart-sharoit ta’lim oldidagi talablarni yuzaga chiqarishning boshlang`ich sharti, informatsiya esa o`quv predmeti mazmuni yoki tarbiyaviy ta’sirdir. Har bir didaktik masala maqsadi o`ziga mos keladigan o`qitish shakli va texnollogiiyasini taqozo etadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, an’anaviy o`qitish amaliyotida pedagog va metodistlar didaktik masalalarni aniq ifodalash, unga mos keladigan maqsad va texnollogiiyalarga yetarli ahamiyat bermaydilar. Shu nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limda yangi pedagogik texnollogiiyalar yaratishni ijtimoiy buyurtma sifatida belgilab berdi. Bunga ko`ra ta’lim-tarbiya jarayonining yangi loyihasini topish kerak. Pedagogik sistemaga uzluksiz ravishda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi o`z ta’sirini ko`rsatib turadi va ta’lim-tarbiyaning maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad pedagogik texnollogiiyaning bosh bo`g`ini sanaladi. U pedagogik texnollogiiyalarning barcha bo`g`inlarini tartibga soladi, boshqaradi va ta’lim-tarbiya elementlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Joriy etilayotgan Milliy dastur ta’lim-tarbiya maqsadini yangi yo`nalishga burdi, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan xoli qildi, yuksak axloqiy-ma’naviy talablarga mos keladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifalariga yo`naltirdi.

Ta’lim sohasida faoliyat ko`rsatayotgan har bir xodim, jumladan, o`qituvchi o`z ish faoliyati mazmunida ijtimoiy buyurtmaga mos keladigan maqsadlarni aniq va ravshan belgilashi kerak, ma’lum vaqt ichida belgilangan maqsadni amalga oshirish va kutilgan natijaga kelish imkoniyati bo`lsin. Buning uchun o`qituvchi didaktik jarayonda amal qiladigan maqsadlar ketma-ketligini bilishi kerak.

Hozirgi zamon o`qitish texnalogiyasi an’anaviy pedagogik texnollogiiyadan faoliyatning aniq maqsadini belgilash bilan farq qiladi.



Ta’lim texnollogiiyasida o`quv-tarbiya jarayoni maksadini belgilash murakkab metodologik muammodir. Chunki ta’lim-tarbiya maqsadini to`g`ri belgilash o`quv-tarbiya jarayoni samaradorligini belgilovchi kuchdir.


Ta’lim texnalogiyasida ta’lim maqsadi ikki xil aspektda belgilanadi.

1.Umumiydan konkretga, ya’ni bosh maqsaddan faoliyatning pirovard natijasiga qarab belgilash. Bunda ta’lim jarayoni rivojlantiriladi, loyihalashtiriladi, tashxislanadi.

2.Aniq maqsaddan umumiy maqsadga borish. Bu orqali ta’lim jarayoni bevosita amalga oshiriladi, quriladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.

Ta’lim maqsadi taksonomiyasiga ko`ra, u quyidagi tuzilishga ega:

1) ta’limning umumijtimoiy maqsadlari;

2) ta’limning umumpedagogik maqsadlari;

3) ta’limning yaqin didaktik maqsadlari;

4) oraliq maqsadlar;

5) harakatga teng maqsadlar.

Ta’limning umumpedagogik maqsadi, o`quvchi shaxsini kamol toptirish vazifalaridan kelib chiqib u ikki yo`l bilan, ya’ni o`rganiladigan o`quv predmetlari ro`yxati, o`rganiladigan bilimlar, ko`nikma va malakalar chegarasi, hajmi va ularni o`quv rejalariga kiritish bilan harakterlanadi.

Ta’limning didaktik maqsadi-bu ta’lim sub’yekti bilan ob’yekti o`rtasidagi munosabatni belgilaydi. Ta’limning yaqin didaktik maqsadi, bu o`qituvchi va o`quvchi faoliyati maqsadi bilan belgilanib o`qitish va o`qish maqsadlaridan tashkil topadi.

O`qitish maqsadi-bu o`qituvchi zimmasiga yuklangan ijtimoiy vazifa bo`lib, u ikki sinfga: ijtimoiy boshqaruv va ta’limni bevosita amalga oshirishga bo`linadi.

Ta’limning tashkiliy boshqaruv maqsadi:

1) ta’limni tashkil etish maqsadi;

2) ta’limni boshqarish maqsadi;

3) ta’limni nazorat qilish maqsadlariga ajraladi.

Ta’limni amalga oshirish maqsadlariga:


  • bolalarni yangi o`quv materiallarini o`rganishga tayyorlash;

  • bilimlarning idrok etilishini ta’minlash;

  • bilim, malakalarni hosil qilish;

  • bilim va malakalarni mustahkamlash;

  • takrorlash, umumlashtirish, to`g`rilash va to`ldirish kiradi.

O`qish maqsadlari o`quvchi zimmasiga yuklangan ijtimoiy vazifadir. O`qish maqsadlari o`qitish maqsadlariga qaraganda birmuncha murakkabdir, chunki ta’limda o`qituvchi amalga oshiradigan bir maqsadga o`quvchi bir necha maqsadlarni amalga oshirish orqali erishadi.

Yangi insonni shakllantirish masalasining ko`p qirrali va murakkabligi pedagogik mahorat muammosining hozirgi zamon tarbiya nazariyasi va praktikasi uchun muhimligini ko`rsatib beradi. Chunki hamma vaqt insonni har tomonlama mukammal tarbiyalash, uning kelajagini belgilash borasida tarbiyachi pedagog mahorati, uning yetukligi, chuqur kasbiy bilimi, ko`nikma va malakasi, maxsus bilim va sinovsiz erishib bo`lmaydi. Zero, pedagogik mahorat barcha o`quv-tarbiyaviy faoliyatning eng qulay yo`llarini belgilaydi, hamda ahr bir pedagogdan o`quvchi shaxsning barcha tomonlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir kasbiy bilim, sinovga ega bo`lishni talab etadi.





Download 0.84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0.84 Mb.