II BOB Asosiy qism. Ta’lim tizimida telekommunikatsion texnollogiiyalarning didaktik xususiyatlari




Download 0.84 Mb.
bet8/14
Sana22.03.2021
Hajmi0.84 Mb.
#13355
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14

II BOB Asosiy qism. Ta’lim tizimida telekommunikatsion texnollogiiyalarning didaktik xususiyatlari.

2.1.Ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnollogiiyaning roli.


Zamonaviy informatsiya texnologyalri–shaxsiy kompьyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o`rnatuvchi informatsiya texnollogiiyasi hisoblanadi.

Respublikamiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach barcha sohada bo`lgani singari fan va maorif sohasi bo`yicha ham qator qonun va qarorlar qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo qilish deb ko`rsatilgan.

Mustaqil davlat poydevorini yaratuvchilar huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali, ongli bo`lishlari kerak. Qonun-qoidalarni biladigan, ularga rioya qiladigan, jamiyat ishlarini bajarishda madaniy saviyasi yuqori bo`lgan shaxslarni shakllantirish, ya’ni ularni huquqiy tarbiyalash jamiyatimizning asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sistemaini isloh qilish xodimlarning yangi avlodini yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustail moslashish ko`nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo`naltirilgan.

Mazkur vazifalarni bajarishda “zamonaviy pedagogik texnollogiiyalar”ga alohida ahamiyat beriladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali ro`yobga chiarish ko`p jihatdan maktabning har bir o`ituvchisi, akademik litsey va kasb-unar o`rta maxsus ta’lim muassasasii, oliy maktab muallimining yangi pedagogik texnollogiiyalardan foydalanishning umumiy nazariy va amaliy asoslarini qay darajada egallaganligi bilan belgilanadi..

Ta’lim va tarbiya samaradorligida zamonaviy pedagogik texnollogiiyaning o`rni shundan iboratki, unda turli o`qituvchilar deyarli bir xil yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bu esa bharcha o`quv yurtlariga yagona ta’lim standharti talabiga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan xozirgi davrda biz, O`zbekistonlik pedagoglar uchun nixoyatda muhimdir.

Hozirgi paytda ta’lim sistemasida qo`llanilayotgan elektron darslik va ensiklopediyalar xavaskorlik va kasbiy ynalish xarakterida bo`lib, kompakt-disklarda ishlab chiqilgan. Bunday nashrlar Internet tarmolarida ham paydo bo`lmoqda.

Bunday nashrlarni yaratishda kitob nashriyotlari, dasturchilar, davriy nashr jurnalistlari va ilg`or o`qituvchilar faol ishtirok etishmoda. Elektron darslik va ensiklopediyalar qo`llanma sifatida turli fan o`qituvchilari tomonidan o`quv jarayonida foydalanishlari mumkin. Elektron darslik o`qituvchi yordamida yoki mustail ravishda o`quv kursi va uning katta bo`limini o`zlashtirish imkoniyatini beradi. Darslik quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:

• kursning asosiy ismini bayon etuvchi taqdimotli tashkil yetuvchi;

• olingan bilimlarni mustakhamlashga mo`ljallangan mashqlar;

• tinglovchilar bilimini obektiv baholash imkoniyatini beruvchi testlar.

Elektron darslik yordamida yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi talablar o`yiladi:

• qisa vaqt oralig`ida amaliy teskari aloqani ta’minlay olish va zarur informatsiyani tez topishga yordam berish;

• gipermatnli tushuntirishda ko`p marotabali murojaat etish orqali vaqtni tejash;

• matnni tasvirlashda multimediali texnollogiiyaning ko`rgazmalilik va yetarlilik prinsipini namoyon bo`lishi;

• konkret foydalanuvchiga mos keluvchi tezlikda aniq biror bo`lim bo`yicha bilimni tekshirish va bajarish imkoniyati;

• zarur o`quv informatsiyaini muntazam ravishda yangilab turish.

Elektron darslik - kompyuterli o`quv uslubini qo`llash va fanga oid o`quv materiallarini har tomonlama samarali o`zlashtirishiga asoslangan o`quv adabiyoti bo`lib, tinglovchilarning mustail bilim olishlari, hamda masofali o`qitishni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. hozirgi kunda elektron darsliklarning 4 ta toifasi mavjud bo`lib, ulardan foydalanishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

• yangi informatsiya - ta’lim uslubini shakllantirish, zamonaviy informatsiya- pedagogik, informatsiya va kompyuter texnologyalrini qo`llash orqali ta’lim jarayonining samaradorligini, sifati va unumdorligini oshirish;

• uzluksiz ta’lim sistemasida zamonaviy o`quv manbalari - elektron o`quv darsliklarini keng qo`llash, ularning ma’lum ma’noda kutubxonalarni tashkil etish, ta’limning masofadan o`qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon yelektron o`quv sistemaiga kirish.

Taraqiyot juda tez rivojlanmoqda va o`zgarmoqda. Informatsion texnollogiiyalar jamiyat informatsiya resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi kunda u bir nechta bosichlarni bosib o`tdi. Bu bosichlarning almashinuvi ilmiy texnikaviy taraqiyotning o`sishi, ma’lumotlarni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo`lishi bilan belgilanadi. Insonning bilim darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham yangi informatsiya texnollogiiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylanmoda. Jumladan, ta’lim sistemasida sezilarli o`zgarishlar ro`y bermoda ya’ni, ta’lim sistemasida bugungi kunda Masofadan o`qitish uslubi qo`llanilmoda.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" to`liq amalga oshishidan ko`zlangan masadlarning naqadar ezgu ekanini inobatga olsak, bugungi kunga kelib o`qitish sistemalarining har biri jabhasida ilg`or texnollogiiyalardan foydalanish zarurati alohida dolzarblik kasb etayotganini sezish qiyin emas. Hammamiz guvohimizki, kundalik hayotimiz va istibolimiz ravnaqi uchun muhim ehtiyoj sanalmish tom ma’nodagi ta’lim sistemaiga zamonaviy informatsiya texnologyalrining jalb etilishi tobora oldingi o`ringa chiqib borayapti. Buni ko`plab maxsus ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar o`rta maxsus ta’lim muassasasilari va yetakchi oliy o`quv yurtlari hamda akademiyalar misolida ko`rish mumkinki, ayni kunlarda ulardagi o`quv jarayonini, masalan, bilim olish samarasini o`zgartirishga sarflanadigan vaqtning keskin qisqarishida va bilimlarni xotirada olib qolishning keskin ortishida namoyon etuvchi multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Davlatimizning ijtimoi siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.

So`ngi 5 yil ichida ta’lim muassalari faoliyatini texnollogiiyalashtirishning nazariy asoslarini yaratish MMsohasida O`zbekiston Respublikasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. chunonchi bir qator olimlar tomonidan yangi pedagogik tehnologiyalar uchun ta’lim jarayoniga tadbiq etish avzalliklarini o`rganish, shuningdek muayyan o`huv yoki mutahasislik fanlarini o`qitishni yo`lga qo`yishida yangi pedagogik tehnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qharatilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.

Tadqiqot maqsadi: ta’lim jharoyoniga yangi pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etishning nazariy-amaliy asoslarini yaratish hamda kasb– hunar o`rta maxsus ta’lim muassasasilari o`quv faoliyatini texnalogiyalashtirishga yo`naltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot obekti: kasb–hunar kolejlari o`quv faoliyatiga yangi pedagogik texnalogiyalashtirishni tadbiq etish jarayonining mazmuni ,shakli, metodlari .

Tadqiqot vazifalari:

1. Mavzuga oid ilmiy pedagogik, metodik manbalarini o`rganish asosida kasb–hunar kolejlari o`quv faoliyatini texnalogiyalashtirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.

2. Kasb–hunar kolejlari o`quv faoliyatini texnalogiyalashtirishni mavjud axvoli va pedagogik shart sharoitlarni o`rganish.

3. Kasb–hunar kolejlari o`quv xamda tarbiya faoliyatini texnalogiyalashtirishning mazmuni va yo`nalishi ilmiy jihatdan asoslanish.

Kasb–hunar kolejlari o`quv faoliyatini texnalogiyalashtirish metodlari andozasi xamda ularning samaradorlik darajasini aniqlash.

Pedagogik tehnologiya AQSh va Yevropa mamlakatlarida " ta’lim tehnologiyasi " sifatida e’tirof etilgan nazariya bo`lib, uning yaratilishi to`g`risida malumot beruvchi manbalarni o`rganish natijalari shuni ko`rsatadiki, t’alim sistemaini texnollogiiyalashtirish g`oyasi o`rta asirning boshlarida G`arbiy Yevropa hamda AQShda ta’lim sistemaini islox qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shahs ijtimoilashuvini ta’minlash va bu borada muayyan muvofaqiyatga erishish borasidagi ijtimoiy ehtiyojni qondirishga urinish natijasida vujudga kelgan.

Ushbu g`oya XX-asrning 30-yillarida ta’lim jarayoniga "pedagogik tehnika" (ta’lim tehnikasi) tushunchasini olib kirish bilan asoslanadi. Bu soxadagi mavjud adabiyotlarda "ta’lim tehnikasi" tushunchasi o`quv mashgulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko`maklashuvchi usul, vositalar yig`indisi deya tashkil etiladi.

Pedagogik texnollogiiyaning tub mohiyati o`qitishning an’anaviy og`zaki bayon qilish usulidan voz kechib, o`quvchilarni ko`prok mustaqil ta’lim olishga undashdan iborat, unda o`qituvchi o`quvchilarning bilish faoliyatining "boshqaruvchisi, maslahatchisi, yakuniy natijaga yo`llovchi» vazifasini bajaradi.

Pedagogik texnollogiiyaning tub mohiyati o`qitishning an’anaviy og`zaki bayon qilish usulidan voz kechib, o`quvchilarni ko`prok mustaqil ta’lim olishga undashdan iborat, unda o`qituvchi o`quvchilarning bilish faoliyatining "boshqaruvchisi, maslahatchisi, yakuniy natijaga yo`llovchi» vazifasini bajaradi.

Zamonaviy pedagogik texnollogiiyalarning ta’lim tarbiya ishida 3 ta unsurni alohida ko`rsatib o`tish mumkin.

Bular: Ta’lim oluvchi(o`quvchi);

Ta’lim beruvchi(o`qituvchi);

Ta’lim muhiti ( jihozlar, asbobo uskunalar, elektron darsliklar, elektron qo`llanmalar, elektron plakatlar, elektron laboratoriya va informatsiya manbalari, vositalari) bo`lib ulardan har birining ahamiyati boshqasidan qolishmaydi.

Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi bu avvalo inson, u o`z ongi xarakteri, ko`nikmalari aqliy va jismoniy imkoniyatlari , ma’lumotlarni qabul qila olish va uzata olish qobiliyalari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Ta’lim samaradorligiga erishishda ta’lim beruvchilarning xususiyatlari alohida o`rin tutadi. Bunda quyidagi omillarni alohida ko`rsatish mumkin.

O`qituchining amaldagi bilim darajasi;

O`qituvchining o`quvchilarga o`z bilimini bera olish qobiliyati.

Hozirda barcha ta’lim muassasalari zamonaviy kompьyuter va telekommunikatsion texnologyalri bilan jihozlanmoqda. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo`nalish sifatida ko`rilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo`llari izlanmoqda, ta’limda yangi informatsiya texnollogiiyalarning joriy etish masalasi ommalashmoqda. Bu esa, pedagoglarning o`z mehnati faoliyatiga yangicha yondashuvini talab etadi. O`quv jarayonida yangi texnollogiiyalarning joriy etilishi, o`qituvchini texnikaviy vositalar tomonidan siqib chiqarishga emas, balki o`qituvchining vazifalari va rolini o`zgartiradi.

Zamonaviy o`qituvchi–kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologyalri, nazariyalar, kontseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ`ibotchisidir. Zamonaviy o`qituvchi tomonidan o`quv jarayonining tashkil etilishi jarayonida dars mazmunidagi asosiy ma’lumotlar va o`quv materiali shunday taqdim etilishi kerakki, u talabaning vizual idrok qilish qobiliyatini osonlashtirsin.

Zero, o`qituvchi-ta’lim islohatining bosh ijrochisidir. Bunda har bir o`qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi informatsiya to`plamini o`zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo`llay olishga o`rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o`qituvchiga o`qitishning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy informatsiya texnologyalri, jumladan kompьyuterlardan foydalanish yordam beradi. Darsda kompьyuterdan foydalanish o`qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir o`quvchiga individual yondashish imkonini beradi. Informatsion kommunikatsion texnollogiiya (AKT) lari imkoniyatlari orqali talabalarga juda ko`p ma’lumotlarni olish imkoniyatlariga ega bo`ladi. Ma’ruza, amaliy, seminar mashg`ulotlarini AKT lar yordamida tashkil etishda fanga tegishli har bir mavzu bo`yicha fan o`qituvchisi tomonidan alohida dars ishlanmasi (stsenariyasi) ishlab chiqilishi lozim. Ishlanma asosida o`qituvchi tomonidan rejadagi bharcha mavzularga oid bayon etilishi lozim bo`lgan nazariy, amaliy-seminar mashg`ulotlariga tegishli topshiriqlar to`plamini elektron taqdimot shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib, videoproyektorlar orqali o`quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Taqdimotda qo`shimcha adabiyotlardagi rasmlarni, aniq jarayonlarni aks ettiruvchi tasvirlar, tarmoqdagi ma’lumotlardan katta elektron ekranda ko`rsatib tushunchalar berilsa, informatsiya ta’lim resurs portallaridan foydalanilsa, o`quvchilarning bilim va malakalari yanada boyitiladi, shuningdek darsga bo`lgan qiziqishlari yanada ortadi. Shundan so`ng fan o`qituvchisi darsga tayyorgarlik ko`rishi jarayonida mavzuni talabalarga AKT vositalaridan qanday va qaysi vaqtda foydalana olishligini texnologik xarita (o`qituvchi faoliyatining algoritmi) ni dars ishlanmasida rejalashtirilishi kerak bo`ladi.

Texnologik xaritani tuzish uchun o`qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va informatsiya texnollogiiyalardan xabardor bo`lishi, shuningdek, juda ko`p uslub va usullarni bilishi kerak. Har bir darsning rang-barang qiziqarli bo`lishi avvaldan puxta o`ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog`liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko`rinish (yoki shakl)da tuzish, bu o`qituvchining sinovsi, qo`ygan maqsadi va ixtiyoriga bog`liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo`lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo`lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnollogiiyasi to`liq o`z ifodasini topgan bo`lishi kerak.

Fan o`qituvchisi fanga oid mukammal mustaqil ta’lim olishga mo`ljallangan elektron o`quv adabiyoti, elektron mulьtimediali darslik, nafaqat matnli va ko`rgazmali, balki, ovozli, animatsiyali bo`lishi fanni o`zlashtirishda katta ahamiyatga egadir. Ma’ruzada ta’lim mazmunining samaradorligini oshirish maqsadida respublika ta’lim muassasalarida yangi pedagogik va informatsiya texnologyalrini joriy qilish, o`quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalaridan foydalangan holda o`tkazishga, jumladan, masofadan turib o`qitish, kompьyuterlashtirilgan anjumanlar o`tkazish, elektron darsliklarni yaratish va ularni o`quv-tarbiya jarayonida qo`llashga qaratilgan tadbirlar haqida fikr yuritiladi.

Avvalambor , o`quv jarayonida zamonaviy informatsion va kompьyuter texnologyalridan tahsinga sazovordir. Hozirgi kunda gurkirab rivojlanayotgan informatsion va zamonaviy texnologyalridan biri bu – mulьtimediadir. Mulьtimedia vositalari asosida informatika va axboort texnologyalri va informatsiya texnologyalri fanidan o`quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo`lga qo`yish hozirgi kunning dolzharb masalalaridandir. Mulьtimedia –bu informatika va axboort texnologyalrining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, grafika, matn va animatsiya effektlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga yetkazib berishning usuli, hozirgi kunda ta’lim sohasi yo`nalishlari bo`yicha tadbiq qilinmoda. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki , mulьtimedia vositalari asosida o`quvchilarni o`qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Mulьtimedia vositalari asosida bilim olish 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo`lib , olingan bilimlar esa xotirada esa uzoq muddat saqlanib qoladi. Aghar o`quvchilar berilayotgan materiallarini ko`rish (video) asosida qabul qilsa , informatsiyani xotirada saqlab qolishi 20-30% oshadi. Bunga qo`shimcha sifatida o`quv materiallari audio, video, grafika, matn va animatsiya ko`rinishida mujassamlashgan holda berilsa , materiallarni xotirida saqlab qolish 75% ortadi. Mulьtimedia vositalari va innovatsion texnollogiiyalar asosida o`quvchilarni o`qitish quyidagi afzalliklarga ega.

Berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor.

Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi.

Ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida , vaqtning tejash imkoniyatiga erishish.

Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib , kerak bo`lganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.

Mulьtimedia vositalari va zamonaviy innovatsion texnollogiiyalar asosida o`qitish quyidagi texnollogiiyalarni o`z ichiga oladi.



Interaktiv texnollogiiyalar



Nointeraktiv texnollogiiyalar



Audiokonferentsiyalar

Bosib chiqarilgan materiallar

Videokonferentsiyalar

Audiokassetalar

Ish stolidagi videokonferen - tsiyalar

Videokassetalar

Elektron konferentsiyalar

Bir tomonlama sputnik aloqa

Ovoz kommunikatsionlar

Televizion va radio ko`rsatuvlari

Ikki tomonlama sputnik aloqa

USB ,DVD-ROM,CD-ROM

Virtual borliq

Bunday yondoshuvda o`qituvchining shaxsiy mahorati asosiy rol o`ynamaydi va har xil o`qituvchilar tomonidan tashkillangan ta’lim jarayonlarida bir-biriga yaqin natijalarga erishish kafolatlanadi.

Albatta, har xil bajaruvchilar qo`lida turli texnollogiiyalar turlicha ko`rinishga ega bo`ladi: bu yerda pedagog shaxsi sifatlari, o`quvchilarning o`ziga xosliklari, sinfdagi psixologik muxit va kayfiyat rol o`ynaydi. Bunda pedagogik jarayon aynan bir xil kechmasligi mumkin, lekin ular bir­biriga yaqin bo`ladi. Demak, texnollogiiya shaxs tomonidan o`zlashtiriladi, lekin shaxs unda asosiy aniqlovchi rolni o`ynamaydi.

Zamonaviy texnollogiiyalar quyidagi maqsadlarni o`z oldiga qo`yadi:

O`rganiladigan fan bo`yicha maqsad qo`yish, uni amalga oshirish uchun vazifalarni belgilash, ularning ro`yxatini ishlab chiqish;

Ta’lim berish shakllarini tanlash qo`yilgan o`quv maqsadiga erishish uchun dars o`tish metodlarini tanlash;

O`quv maqsadlarini nazorat topshiriqlari orqali ifodalash . O`quv maqsadiga erishish vositalarini tanlash ;

Erishilgan natijani, ya’ni qo`yilgan o`quv maqsadiga qay dharajada erishilganini baholash.

Yuqorida keltirilgan fikirlardan anglashiniladiki, “zamonaviy pedagogik texnollogiiya” tushunchasi o`zida ta’lim jarayonini tashkiliy– metodik majmualar yordamida tashkil etish mumkinligini ifodalaydi. Pedagogik texnollogiiyalar ananaviy ta’lim shakl va metodlaridan farqli ravishda pedagogik faoliyatni oldindan loyihalash, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, o`quvchi, talabalar tomonidan o`zlashtirilishi nazarda tutilayotgan bilim, ko`nikma va malakalar darajasini tashhislash, ta’lim samaradorligini aniqlash va baholash kabi harakatlarninig amalga oshirilishini taqozo etadi.



Download 0.84 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB Asosiy qism. Ta’lim tizimida telekommunikatsion texnollogiiyalarning didaktik xususiyatlari

Download 0.84 Mb.