Kasb-xunar kollejlarida axborot–kommunikatsion ta’lim mazmuni va maqsadlari




Download 0,84 Mb.
bet7/14
Sana22.03.2021
Hajmi0,84 Mb.
#13355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14

1.2. Kasb-xunar kollejlarida axborot–kommunikatsion ta’lim mazmuni va maqsadlari

Prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganidek “O`quv jarayoniga yangi informatsiya va pedagogik texnalogiyalarni joriy etish..., ta’lim-tarbiya sistemaini sifat jihatdan butunlay yangi turga ko`tarish” hozirgi kunning dolzarb vazifasidir1.

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoyat kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo`lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi». Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnollogiiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash sistemai ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Ma’lumki, O`zbekiston Respublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yaratilgan va hayotga tatbiq etilgan kundan boshlaboq uzluksiz ta’lim sistemasida, tub islohotlar olib borildi va o`zining samarasini bermoqda.

Bu tarixiy hujjat O`zbekiston Respublikasida ilk bor oliy ta’limni jahon standartlari namunasida tashkil etishga imkoniyat yaratdi, ya’ni «Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari (asosiy qoidalar)»ni tasdiqlagan edi. Bu muhim hujjat katta mehnat, izlanish va turli toifa mutaxassislarining keskin munozaralari mahsuli bo`lsa-da, uni oliy ta’limni me’yorlashtirishning dastlabki sinovsi sifatida qabul qilish kerak. Mazkur ishda ishtirok etgan mutaxassislar o`z bilimi, iqtidori va sinovsini namoyish qila olgan. Shu o`rinda isbot talab qilmaydigan bir haqiqatni eslatib o`tish joiz bo`ladi. Har bir ishni, yangilikni yaratish oson emas, lekin unga nisbatan hamma vaqt tanqidiy munosabat bildirish mumkin bo`ladi. Oliy ta’limning hozirgi joriy me’yoriy hujjatlariga ham shunday qarash mavjud. Bu bejiz emas. Buning asosiy sababi oliy ta’lim davlat standartlarini yaratish chog`ida O`zbekiston Respublikasida oliy ta’lim sistemaini standartlash bo`yicha tafakkurga ega bo`lgan mutaxassislarni topish mushkul bo`lgan chunki bu g`oya jamiyatimizga endigina kirib kelgan edi. Ayrim tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan O`zbekiston Respublikasidagi barcha universitetlar, institutlar rektorlariga xat yo`llandi va unda oliy ta’limda standartlashtirish ishi boshlanayotganligi, shu munosabat bilan uning ijodiy sinfiga chet el oliy ta’lim sistemasidan xabardor bo`lgan, standartlash yoki me’yoriy hujjatlar bilan ishlay oladigan, hech bo`lmasa, o`quv rejalarini tuzish ishida mustaqil fikr yurita oladigan mutaxassislarni tavsiya etishlari so`raldi, ro`yxatlar keldi, afsuski, suhbatlarda hatto o`quv rejasini tuzish mexanizmini biladigan kimsani topish amri mahol bo`ldi. Albatta, bu tabiiy hol edi, chunki biz sobiq Ittifoq davrida tayyor me’yoriy hujjatlar asosida ishlashga va undan chiqib keta olmaslikka ko`nikib qolgan edik, shuningdek, oliy ta’lim me’yoriy hujjatlari ishlana boshlagan davrda jahon global sistemalaridan standartlashtirish bo`yicha o`ta kam ma’lumotlar olinar edi. Shu tufayli ham bu sohada dastlabki «yo`l solish» ishining og`ir kechganligini har qanday shaxs tushunishi qiyin emas.

"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da: kadrlar tayyorlash sistemai va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va itisodiy taraiyoti istibollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnollogiiyalarning zamonaviy yutularidan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi, deb ta’kidlangan. Ma’lumki, informatika va axboort texnologyalri va informatsiya texnologyalri jahonda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohalardan biridir.

O`rta maxsus, kasb-unar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o`rta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar o`rta maxsus ta’lim muassasasiida o`qishning yo`nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga yega.

Akademik litseylar va kasb-hunar o`rta maxsus ta’lim muassasasilari egallangan kasb-hunar bo`yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi turda davom yettirish uchun asos bo`ladigan o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.

Akademik litsey o`quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o`rta maxsus o`quv yurtidir.

Akademik litseylar va kasb-hunar o`rta maxsus ta’lim muassasasilari "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fanining maqsadi - o`quvchilarga informatsiyalarni qayta ishlash texnologyalri va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta va ongli ravishda o`zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o`quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanishga oid ko`nikma va malakalarni berishdan, shular asosida yangi informatsiya texnologyalrining mamlakatimiz taraqiyotiga qo`shadigan hissasi haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.

"Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fanini Akademik litseylar va kasb-hunar o`rta maxsus ta’lim muassasasilarida o`qitilishini tashkil etishda qo`yilgan maqsadlar:



  • o`quvchilarda informatsiyalarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

  • o`quvchilarni zamonaviy kompьyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlari bilan tanishtirish;

  • o`quvchilarda kompьyuterlar bilan amaliy ishlash ko`nikma va malakalarini shakllantirish;

  • o`quvchilarga informatsiya texnologyalri haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko`nikma va malakalarini shakllantirish;

  • o`quvchilarga kompьyuterda masalalalar yechish texnologyalri va uning asosiy turlari haqida bilim berish;

  • o`quvchilarda asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish;

  • o`quvchilarga kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularni vazifalari haqida bilim berish, hamda qo`llash ko`nikmasini shakllantirish;

  • o`quvchilarda kurs davomida ega bo`lingan bilim va ko`nikmalardan tipik o`quv masalalarini yechishda foydalanish malakasini hosil qilish;

Ta’lim mazmunini isloh qilib, uni jaxon ta’lim standartlariga muvofiklashtirishda ilg`or pedagogik texnollogiiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «o`quv-tarbiyaviy jarayonini ilg`or pedagogik texnollogiiyalar bilan ta’minlash» zaruriyati xam ko`rsatib o`tilgan.

Pedagogik amaliyotda mustahkam o`rin olgan o`quv maqsadlarini aniqlashning usullari yordamida informatika va axboort texnologyalri fanini qanday olib borish haqida to`xtalamiz:

1. Maqsadlarni o`rganiladigan o`quv materialining mazmuni orqali aniqlash. Masalan: «Operatsion sistemalar bilan ishlash», «Qobiq dasturlar va ularning turlari», yoki biror bob mazmunini, dasturlar va hokazolarni o`rganish. Xo`sh, maqsadni bunday belgilash nima beradi? Bu - faqat bitta dars yoki bir necha darslarda o`tiladigan materialni o`rgatishga ishora qilish xolos, unda o`quv jarayonini tashkil etish uchun aniq bir yo`nalish yo`q. Shuningdek, bunday shaklda ifodalangan maqsadlarga erishilganlik yoki erishilmaganlikni ham aniqlab bo`lmaydi. Boshqacha aytganda, bunday usulda belgilangan o`quv maqsadlari o`quv jarayonini tashkil etishning amaliy (amalga oshiruvchi) qismi ham bo`la olmaydi. Shuning uchun ham pedagogik texnollogiiya tarafdorlari bunday o`quv maqsadlarni o`ta noaniq deb hisoblab, tanqid qilganlar.

2. O`quv maqsadlarni o`qituvchi faoliyati orqali aniqlash. Masalan: talabalarni «MS office» dasturlarining bosh menyulari, «MS office» dasturlarini elektron vhariantini elektron doskada namoish qilish, «MS office» dasturini yuklash va ular haqidagi ma’lumotlarni internet ma’lumotlaridan qidirib topish va h.k. O`quv maqsadlarini bunday usulda aniqlash, o`qituvchining shaxsiy faoliyatiga qharatilgan bo`lib, ishdagi thartib va tushuntirish haqida taassurot qoldiradi xolos. O`qituvchi o`quv maqsadlarini olinadigan natijaga taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lmagan holda harakat qiladi, chunki o`quv maqsadlari bu usulda aniqlanganda olinadigan natijaning o`zi aniq ifodalanmaganligi ko`rinib turibdi.

3. O`quv maqsadlarini talabalar hatti-harakati va faoliyati orqali belgilash. Masalan: «kvadrat ildizli tenglamasini» paskal dasturida tuzish, «web sahifalar tayyorlash», «Kompyuter qismlarini yig`ish va montaj qilish» «barcha informatika va axboort texnologyalriga oid dasturlarni amaliyotda qo`llab ular ustida turli xil ishlarni bajarish» va h.k.

Bir qarashda o`quv maqsadlarini bunday ifodalashda darsni rejalash va o`tkazishga aniqlik kiritilganga o`xshaydi. Biroq, bu usulda ham eng muhim ko`rsatkich - o`qitishdan kutiladigan natija e’tibordan tushib qolganga o`xshaydi. Lekin bu natija - talabaning o`z shaxsi o`sishi tomon ichki siljishi bo`lib, u talabaning u yoki bu faoliyatida o`z aksini topadi.

Pedagogik texnollogiiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo`yish uslubi o`zining ashyoviy xususiyatiga ega. Bu shundan iboratki, o`qitish maqsadlari o`quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko`rinadigan va o`lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.

Vazifalarni o`lchash, aniqlash, o`qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo`lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo`yilishi kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo`lsin. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik adabiyotda vazifalar ba’zan identifikatsiyalashgan (taqqoslanadigan) pedagogik maqsadlar deb ataladi.

Vazifalarni yanada aniqlash maqsadida quyidagi qadamlarni qo`llang:


  • har bir vazifalar sinfini “Dars yakunida talabalar quyidagilarni bajara olishlari lozim. “ - deb boshlang;

  • har bir vazifani raqamlang;

  • har bir vazifani quyidagi fe’llardan boshlang: sanab o`ting, eslang, so`zlab bering, ko`rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo;

  • har bir vazifani talaba so`zi bilan qo`ying (o`qituvchi atamasida emas);

  • har bir vazifa faqat bitta natijani ko`zlasin, ikkita-uchtani emas;

  • har bir vazifani shunday qo`yingki, toki u o`qituvchining o`tadigan darsining turlarini emas, balki “talabaning o`zini keyinchalik qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin”;

  • vazifalarni shunday yozingki, uning ishlatilishini mezonlash va qanday qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo`lsin;

ular buni qila oladilarmi? - degan savol holis baholashda ishlatiladi (kerakli test topshiriqlarini tuzishda) .

Maqsadlarni mutlaqo to`liq taqqoslash g`oyasi shuni nazarda tutadiki, bundan so`ng o`quvchi faoliyatini kuzatish, o`lchash vositalari orqali tushuntirish imkoni tug`iladi.

Taqqoslanadigan ta’lim maqsadlarini (vazifalarini) shakllantirish quyidagi andoza bo`yicha turma-tur amalga oshirilishi kerak: muayyan o`quv mashg`ulotining umumiy maqsadi ‑> o`qitishning xususiy maqsadi ‑> taqqoslanadigan o`qitish maqsadi (vazifasi).

Bu andozani o`qitishning xususiy maqsadlari haritasi sifatida qarash mumkin. Bu andoza quyida matn shaklida keltirilgan.

Informatika fanida vazifalarni (maqsadlarni) ishlab chiqishda foydalaniladigan fe’llarni misol thariqasida ko`rib chiqish mumkin:

- keltirib chiqarish;

- tahlil qilish;

- isbotlash;

- ko`rsatish;

- aniqlash;

- asoslash;

- dastlabki ma’lumotlarni aniqlash;

- sinflash;

- qoniqtirish;

- tartibga solish;

- soddalashtirish;

- shakllantirish.

Bu informatika va axboort texnologyalri va informatsiya texnologyalri fanida ijobiy harakterdagi maqsadlar tuzishda qo`llaniladi. Pedagog informatika va axboort texnologyalri va informatsiya texnologyalri fanida yangi zamonaviy texnollogiiyalardan maqsadli foydalanishi uchun pedagogik texnollogiiyalarning mukammal bilishi kerak buday hollarda B.Blum taksonomiyasiga asosan umumiy maqsadlardan foydalanish mumkin. "Taksonomiya" tushunchasi narsalarning tabiiy bog`liqligi va xosiyatlariga ko`ra ko`pturli (iyerharxik) tuzilishi asosida tavsiflash va sistemalashtirishni anglatadi.

B.Blumning o`quv maqsadlari taksonomiyasi dunyodagi eng ko`p tarqalganlardandir.

Pedagog tomonidan informatika va axboort texnologyalri va informatsiya texnologyalri fanidan maqsadlarni ko`p turli printsip asosida tasniflash shuning uchun zarurki bunda:


  1. Axbort texnologyalri va zamonaviy texnollogiiyalar asosida ishni olib borish imkonini beradi.

  2. Konkret o`qitish maqsadlari pedagogga o`quvchilarni informatika va axboort texnologyalri va informatsiya texnologyalri yo`nalishiga aniq yo`llanma berish imkonini beradi.

Ta’limda maqsadli yondashuv hozirgi kunda keng yoyilmokda. Maqsadli yondashuv fanlarni tiklash, to`ldirish, aniq maqsad qo`yish, qismlarni bir butun qilib birlashtirish, mavzuni bir yoki bir necha predmetlar asosida tashkillashga yordam beradi.


Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 0,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasb-xunar kollejlarida axborot–kommunikatsion ta’lim mazmuni va maqsadlari

Download 0,84 Mb.