Ta’lim jarayonida informatsiya texnologyalrini qo`llashda tajriba sinoval psixologiya metodlari o`rni va ahamiyati




Download 0.84 Mb.
bet12/14
Sana22.03.2021
Hajmi0.84 Mb.
#13355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

3.2. Ta’lim jarayonida informatsiya texnologyalrini qo`llashda tajriba sinoval psixologiya metodlari o`rni va ahamiyati


Tajriba sinoval psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya tajriba sinovlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-tajriba sinov kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig`ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.

Albatta ob’yektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g`ridan-to`g`ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Tajriba sinov jarayonida to`g`ridan-to`g`ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik tajriba sinov metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Tajriba sinovator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g`ridan to`g`ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Tajriba sinov jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo`lib bu quyidagilardan iboratdir:

  1. Tajriba sinoval kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o`tish davrlari o`rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.

  2. Tabiiy tajriba sinov va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.

  3. Kvazi-tajriba sinov. «Oraliq» tabiiy metodlar orqali kuzatuv o`tkazish bilan qattiq nazoratli kuzatuvlar o`zgarishiga aytiladi. Kvazi-tajriba sinov metodi yordamida to`liq sxemani yaratish mumkin emas. Ammo bu kamchilikka qaramay kvazi-tajriba sinoval regionlardan foydalanish imkonini beradi. Tajriba sinoval kuzatuvlarning barcha notajriba sinoval metodlarga ziddir.

Xuddi shuni F.Sh.Mak Giksen quyidagilarda ko`rsatadi:

  1. Klassik klinik metod.

  2. Tabiiy kuzatish.

  3. So`rovnoma

  4. Arxiv tekshirish

  5. Korrelyatsion aloqani o`rnatish.

  6. Kvazi-tajriba sinov.

M.V.Metlin esa quyidagilarda ko`rsatadi.

    1. Tabiiy kuzatish

    2. So`rovnoma

    3. Korrelyatsion kuzatuv

    4. Arxiv tekshirish

    5. Alohida hollarni o`rganish.

A.K.Kobzi tajriba sinovga korrelyatsion metodini va tajriba sinovgacha metodini qarama-qarshi qo`yadi. Ularga: so`rovnoma, umumiy kuzatish va umumiy tajriba sinov. Xulq atvorni o`rganishga arxiv metodi, o`z-o`ziga baho berish va testni ko`rib o`tadi.


Formal ko`rinishlarga esa bir necha tajriba sinoval kuztuvlarni tiplari ajratiladi. Bularni qidiruv (izlanish) va tasdiqlash tajriba sinovlarda ko`rish mumkin. Ularning farqi ishlab chiqarish muammosini darajasiga qarab ajratiladi. Qidiruv tajriba sinovi mustaqil yoki tobe o`zgarishlarga o`tishda o`zaro aloqa davrida olib boriladi.

Algoritm kuzatuv quyidagi ko`rinishda bo`ladi.



  1. A va V orasidagi bog`lanish farazi sababi.

  2. Qidiruv tajriba sinovini o`tkazilishi.

  3. Faraz tasdiqlanmasa yangi qidiruv tajriba sinovi yordamida faraz ko`rib chiqiladi. Agarda faraz tasdiqlansa, miqdor funktsional faraz ilgari so`riladi

  4. Tasdiqlov tajriba sinovi o`tkaziladi.

  5. O`zgarish aloqalari haqida faraz qabul (yoki rad) qilinadi va aniqlik kiritiladi.

Psixologik tajriba sinovlarda «Kritik tajriba sinov», «pilotaj kuzatuv», «pilotaj tajriba sinov», «yopiq tajriba sinov», «tabiiy tajriba sinov» laridan foydalaniladi.

Pilotaj kuzatuv termini tajriba sinov jarayonida sinov holatida ko`riladi.

Bu usul asosan tajriba sinovga kirish vaqtida qo`llaniladi. U qat’iy kuzatuvga muxtoj emas. Bu usul orqali olingan ma’lumotlar ishonchli emas. Bu narsa ko`pgina xatolarni oldini olishga yordam beradi.

«Dala sharoitida kuzatish» real xayotdagi o`zgarish holatlarini kundalik xayotda olib boriladi. O`z holiga ko`ra bu usul kvazi-tajriba sinoviga taalluqli deyishimiz mumkin. Chunki uni tajriba sinov jarayonida nazoratga olib bo`lmaydi. Tabiiy va dala sharoitidagi tajriba sinov ilmiy ma’lumotlarni olishni yagona usuli hisoblanadi. Tajriba sinoval kuzatuvlarni psixologiyada boshqa fanlar singari bir necha tur orqali amalga oshiriladi.

Eksperimenal psixologik kuzatuvlarning asosiy turlarini ko`rib chiqamiz.

  1. Hamma kuzatuvlar uning mavzusidan boshlanadi. Mavzu: kuzatuv doirasi, muammo doirasi, predmet tanlash, ob’yekt va metod. Ammo eng asosiysi bu o`z birlamchi muammosi. Kuzatuvchi zamonaviy psixologiya haqidagi bilimlardan qoniqardi u muammoni his qildi, qaysi nazariya qarshi, zid tushunchalarni keltirib chiqarildi. Empirik kuzatuvlarni uch asosiy hollarda o`tkaziladi.

- Farazni tekshirish va uning mavjudligi;

- Farazni tekshirish orqali aloqani aniqlash;



- Farazni tekshirish A va V ko`rinishlarni bir-biriga tobeligi.

  1. Birinchi turdan so`ng ikkinchi adabiyotlar bilan ishlash. Kuzatuvchi tajriba sinoval ma’lumotlarni o`rganib chiqishi, boshqa psixologlarning fikrini o`rganib chiqishi kerak. Hurmatga sazovorlarni «Rossiyaning ilmiy jurnallaridan «Psixologik jurnal», «Psixologiya savollari», MGUning psixologiya fanidan informatsiyanoma va h.k.». adabiyotlar bilan ishlashda farazlarni ko`rib chiqish bilan birga, yangi farazlarni keltirib chiqarish mumkin.

  2. Keyingi turda farazni aniqlash ko`rib o`tiladi. Psixolog real psixika bilan emas, vaziyatning tashqi ko`rinishlarini boshqaradi. Bu kuzatuvchining psixikasini boshqaradi.

  3. Kuzatuvchi tajriba sinov qurolini tanlashi kerak. Bu unga: a) o`zgarishni mustaqil boshqarish; b) tobe o`zgarishni ro`yxatga olish; v) bu yerda gap metodikaga tegishli aniq informatsiyalarga ega bo`lishidir. Kuzatuvlar jarayonida turli xil metodikalardan foydalanish mumkin. a) «Berkitilgan figura» testi; b) «Siyoh ramka» yoki «Xos ramka» testi; v) «Siyoh - egik xona» va h.k. Birinchi ko`rinishda kuzatuvchida zamon Vitkin – Gotshalьd testi bloki va sekundomer bo`lishi kerak. Ikkinchi ko`rinishda esa avtomatlashgan tajriba sinov. Bu kompьyuter yordamida va nihoyat uchinchi ko`rinishda jihozga – tajriba sinoval kamera zarur.

  4. Psixologik tajriba sinovda turli xil psixofiziologik ham apparatura qo`llaniladi. Faqat kuzatuvchini testlar bilan toliqtirib qo`yish kerak emas. Ming afsuski, bizda psixologik tajriba sinoval kuzatuvlarni o`tkazish uchun apparaturalar bilan muammolar juda ko`p va tajriba sinoval laboratoriyalar standartlarga javob bermaydi. Test metodikalari ham kuzatuvchi va amaliyotchilarni qoniqtirmaydi. Shuning uchun ko`pgina apparaturalar mustaqil tayyorlanadi. Yoki imkoniyat bo`lsa tibbiyot jihozlaridan foydalaniladi.

  5. Tajriba sinoval kuzatuvlarni rejalashtirish asosiy tur hisoblanadi. Birinchi o`rinda gap tashqi o`zgaruvchinlarning ichki tobe o`zgaruvchinlarida ta’sir etishi mumkinligi haqida ketmoqda. Rejalashtirish ichki va tashqi tajriba sinovning validligiga juda zarur keyingi tur bo`lib tajriba sinoval reja hisoblanadi. Kuzatuvchi tajriba sinovni bir sinaluvchi bilan o`tkazishi mumkin. Bu holda kuzatuvchi kuzatuv uchun bir reja asosida ish olib boradi. U sinfiy bir qator rejalarni ham tajriba sinovda qo`llashi mumkin. Vaqt va resurslarni tanqisligi sababli kuzatuvchi maksimal oddiy rejalashtirish asosida olib boradi. Murakkab farazlarni aniqlash uchun murakkablashgan rejalardan foydalaniladi. Sodda rejalarga asosiy va nazorat rejalar kiradi. Lekin undan ham murakkab bo`lgan tajriba sinoval rejalar mavjud D.Kempbel tomonidan ikki o`zgaruvchilarning orasidagi aloqani aniqlash uchun protsessual klassifikatsiya rejasi yaratildi. Ulardan asosiysi: sodda reja – ikki sinf uchun test o`tkazish (test-ta’sir-retest); 2 rondomizirlangan sinflar test o`tkazmaydi (rondomizatsiya – ta’sir - test); Solomon rejasi 4 sinf uchun. Bu undan oldingi ikki sinfni birlashtiradi. Ular chinakam tajriba sinov rejalari hisoblanadi. Agarda chinakam tajriba sinov rejasini qo`llay olmasa unda kvazi-tajriba sinov rejalaridan foydalaniladi.

  6. Sinaluvchilarni tanlash va sinflarga bo`lish tajriba sinoval rejaga asosan olib boriladi. Ko`pgina hayvonlar va odamlar bu kuzatuvlarda tanlanma deb ataladi. Psixogenetika bo`yicha mutaxassis sinaluvchi qilib mono-dizigota egizaklarini shu bilan ularni buvi-buva, ota-onalarni ham tanlaydi. Tibbiy psixolog afg`on urushida qatnashganlarda postravmatik stress sindromiga yo`liqqanligi sababli ularda agressiv hulq-atvorni o`rganadi. Barcha potentsial kuzatuvchilar turli xil yoki jins, ijtimoiy holati, bilimi darajasi sog`lig`i va xokazolar bilan xarakterlanadi. Undan tashqari ular turli individual psixologik xususiyatlariga egadirlar. Masalan: intellekt darajasi bilan neyrotizm, agressiya tanlanmaning asosiy talabi reprezentativlik. Sinaluvchilar sinflarga to`g`ri joylashtirilgan bo`lishi kerak. Barcha sinf ekvivalent bo`lishi kerak.

  7. Tajriba sinovni o`tkazish bu eng asosiy jiddiy, javobgarlikni talab etadi. Kuzatuvchi ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi zarur. Eng zo`r g`oyani ham kuzatuvchi malakasizligi tufayli ham buzib yuborishi mumkin. Tajriba sinov jarayonida kuzatuvchi sinaluvchiga ta’sir jarayonini tashkillashtiradi. Qonun- qoidalar bilan tanishtiradi, kerak bo`lsa o`rgatish, tayyorlash ishlarini olib boradi va nihoyat kuzatuvchi tajriba sinovdan so`ng sinaluvchi bilan so`rovnoma o`tkazadi (posttajriba sinoval interьvyu).

a) tajriba sinovga tayyorgarlik. Kuzatuvchi tajriba sinovga xona va jihozlarni tayyorlaydi. Eng asosiy tur bu yo`riqnoma bilan tanishtirish. U qisqa 11 so`zdan oshishi kerak emas;

b) sinaluvchilarga yo`riqnoma va motivni yetkazish, yo`riqnoma o`z ichiga motivni olishi kerak. Sinaluvchi tajriba sinov jarayonida qanday imkoniyatlarga ega bo`lishini bilishi kerak. Ko`pgina hollarda sinaluvchilarga bunday sharoit odatiy bo`lmaganligi sababli ularda hayajon kuzatiladi. Ularni diqqati bo`linishi mumkin. Undan tashqari yo`riqnomani tez tushunib yetish kognitiv individual xususiyatlarga bog`liq. Shuning uchun sinaluvchi yo`riqnomani tushunganligini aniqlab olish juda muhim;

v) tajriba sinov boshida sinaluvchilarni qobiliyati, sinaluvchi sifatida ishtirok etishi xohishiga qarab aniqlanadi. Uning sog`lig`i ham tekshiriladi. Tajriba sinovdan oldin uning oldida xatti-harakat faoliyat rejasi bo`lishi kerak. Odatda tajriba sinov paytida yordamchi assisent ishtirok etadi. U yordamchi ishlarini olib boradi. Ko`p hollarda assistsent qaydnomani yozib boradi. Unda sinaluvchining javoblari yozib boriladi. Undan tashqari u sinaluvchini umumiy kuzatib tajriba sinov jarayonida yuzaga keladigan ishlarni belgilab boradi. U apparaturalarni ishlab turishiga ham javobgar.

  1. Statistik metodlarni qayta ishlash, ular bilan ishlash va natijalarning tahlili – keyingi turdir. Odatda metodlarni qayta ishlash tajriba sinovni rejalashtirish turida yoki undan oldin bo`lib o`tadi. Tajriba sinoval faraz statistika ko`rinishida keladi.

a) ikki va undan ortiq sinflarning o`xshashligi;

b) mustaqil o`zgaruvchilarni ta’siri;

v) tobe va mustaqil o`zgaruvchilarni statistik aloqasi;

g) Potent o`zgaruvchilar tuzilishi. Ma’lumotlarni matematik qayta ishlash uchun standart paket programma mavjud. Bizga ma’lum va qulaylari: statistica, stadia, stadgrapnics, Sy Stat, SPSS, SAS, BMDP. Barcha paketlar bo`linadi:

1. stsetslashgan paket,

2. umumfoydalanish paketi;

3. umum foydalanish uchun to`liq bo`lmagan paket. Kuzatuvchilarga umumfoydalanish paketi maslaxat beriladi. Barcha programmalarni hujjatlar bilan to`ldiriladi. Tajriba sinovatorlarni aytishicha eng yaxshi variant bu SPSS paketidir.


  1. Fikr va natijalar interpretatsiyasi kuzatuv tsiklini yakunlaydi. Tajriba sinoval kuzatuvlarda faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi:

«Agar A unda V».

Kuzatuvchi o`z fikrlarini bildiradi va nihoyat u o`z xulosasini tahlil qiladi.

Bu kuzatuvning oxirgi turi hisoblanadi; qo`lyozma, risola, monografiya, ilmiy jurnal redaktsiyasiga xat tayyorlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tajriba sinoval kuzatuv aniq sxema orqali o`tkaziladi. Uni o`tkazishning asosiy turi; muammoning tuzilishi va farazni ko`tarib chiqarish, metodikaningtuzilishi, apparatura tanlash, sinaluvchilarni tanlash, o`zgaruvchilarni nazorat qilish rejasi, tajriba sinov o`tkazish, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy hisobotga tayyorgarlik. Shundan so`ng kuzatuv yakun topgan hisoblanadi. Ilmiy faraz tasdiqlandimi yoki rad etildimi, natija jamoa fikriga tashlanadi.

Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o`tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi hulq-atvorlarini o`zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir sinf shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog`chasi sinflaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o`rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni hulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bog`liq holda namoyon bo`lishigina qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o`ziga kerakli tarzda namoyon bo`lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo`lishini kuzatish va qayd qilish yetarli emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.



Tajriba sinov. Tajriba sinov metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o`z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog`liqligini tekshirib ko`rishi mumkin. Tajriba sinov metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo`llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni sinov yo`li bilan qo`lga kiritilgan faktlarning asosiy ko`pchiligi psixologiyada tajriba sinoval yo`l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga tajriba sinovni qo`llab bo`lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funktsiyalar ko`proq tajriba sinov yo`li bilan o`rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko`pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o`rganiladi. Lekin harakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali tajriba sinov metodi bilan o`rganib bo`lmaydi.



Download 0.84 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida informatsiya texnologyalrini qo`llashda tajriba sinoval psixologiya metodlari o`rni va ahamiyati

Download 0.84 Mb.