Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
молекулалари
Лактоза
Репрессорнинг
нофаол моле-
кулалари

-галакто-
зидаза

-галакто-
зидпермеаза
галактозид-
трансацетилаза
37-rasm. Lac. Operonning tuzilishi. 
Operon strukturali genlardan tashqari o‘z tarkibida gen-operator, gen-regulyator bo‘lib, 
oxirgisi oqsil tabiatli repressorni kodlaydi. Gen-operatorga yondosh holda promotor joylashgan. 
Bu qism transkripsiyaning initsiatsiyasini boshlang‘ich sayti hisoblanadi. Oqsil-repressor gen-
operator bilan bog‘langanida promotor faoliyati qisman to‘xtatiladi. Bu jarayon o‘z faoliyatida 
RNK-polimeraza fermentini promotorga bog‘lanishiga imkoniyat bermaydi, natijada 
transkripsiya to‘xtatiladi.
Hujayrada 

-galaktozidazaning hosil bo‘lishi laktozani gidrolizlanishiga sababchi 
bo‘ladi. Natijada energiya manbai bo‘lgan glyukozaning to‘planishiga olib keladi. Provardida, 
transkripsiyaning tezligi va 

-galaktozidazaning sintezi laktoza repressor (induktorini) miqdorini 
kamaytirib, Lac-operonning faoliyati esa repressiyaga uchraydi. SHunday qilib, genlarning 
regulyasiyasi teskari bog‘lanish tizimi orqali amalga oshadi. Mazkur jarayonda markaziy o‘rinni 
oqsil-repressor egallaydi. U 4-ta subbirlik va ikkita bog‘lovchi markazdan iborat. Ular laktoza 
induktori va gen-operator bilan bog‘lanadilar. Mazkur markazlar bir vaqtda faoliyat ko‘rsatmay, 
balki navbat bilan ishlaydi. Agar oqsil-repressor induktor yoki gen-operator bilan bog‘langan 
bo‘lsa, induksiya boshlanadi, yoki Lac-operonning faoliyati repressiyaga uchraydi.
Operon vazifasining boshqarilish usullarini yana bir xili aniqlangan. Bakteriyani 
glyukozali muhitda o‘stirilsa, laktozali operon faoliyat ko‘rsatmaydi. Bu jarayonda muayyaan 
mahsulot glyukozani parchalovchi katobolit bu jarayonni repressiyalaydi. Ma’lum bo‘lishicha, 
RNK-polimeraza maxsus oqsil CAP (catabolite gene activation protein) orqali promotorga 
bog‘lanadi. Mazkur sAMF bilan bog‘langan kompleks katobolit genlarini faollashtiradi. 
Glyukozaning katoboliti sAMF ni hosil qilishda ishtirok etadigan adenilatsiklaza fermentini 
ingibirlash natijasida kompleks shakllanmaydi, laktozali aperon induksiyaga uchramaydi. 
SHunday qilib, transkripsiyaning faoliyati CAP-sAMF kopleksini promotor bilan bog‘lanishiga 
bog‘liq.


117 
Laktozali operonda 

-galaktozidazaning substrati laktoza bo‘lib, u oqsil-repressorni 
inaktivatsiya holatiga keltirishi natijasida fermentning sintezi boshlanib, operonning faoliyati 
tiklanadi.
Fermentlar sintezini regulyasiyasi boshqacha usulda ham amalga oshishi mumkin. 
Jumladan, bakteriyada aminokislota triptofanning sintezida qatnashadigan ferment faoliyatida 
kuzatish mumkin. Bu jarayon quyidagicha sodir bo‘ladi. Oqsil-repressor faol bo‘lmagan 
prorepressor holda sintezlanadi. Fermentning oxirgi mahsuloti bo‘lgan triptofan oqsil-repressorni 
faollashtiruvchi omil bo‘lib, u gen-operator bilan bog‘langanida transkripsiyani to‘xtatadi (38-
rasm). 
Regulyasiyaning yana bir mexanizmi bu transkripsiya faoliyatini pasaytiruvchi jarayon 
bo‘lib, buni attenuatsiya deyiladi. Bakteriya hujayrasining birinchi strukturali gen bilan gen-
operator o‘rtasida 140-150 nukleotid qoldig‘idan tashkil topgan joyda etakchi, lider attenuator 
qatori joylashgan. Oxirgi mahsulot, jumladan triptofan yig‘ilganda va RNK-polimeraza 
attenuatorga etganida operon o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Oxirgi mahsulot kamayganida 
transkripsiya yana o‘z faoliyatini boshlaydi. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua

Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish