• Muhammad al-Xorazmiyning
  • Muhammad al-Xorazmiy
  • “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-




    Download 157,4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi157,4 Kb.
    #234047
    1   2   3   4   5
    “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-
    jabr val muqobala” 
    asarida uch guruhga bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. 
    “Ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan ishlarini amalga oshirishda boshqalardan 
    o’zib ketadi va uni o’zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. Boshqasi 
    o’zidan avvalgilarning asarlarini sharxlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni 
    osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu 
    ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to’playdigan odam 
    bo’lib, u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo’ladi, takkaburlik qilmaydi va 
    o’zi qilgan ishidan mag’rurlanmaydi”. 
    Muhammad al-Xorazmiyning
    bu fikrlari 
    bir tomondan, olimlar faoliyatining ezgulikka xizmat qilishini yoritsa; ikkinchi 
    tomondan, o’sha davrda ilmiy tadqiqot ishlari va o’qitishning metod va vositalaridan 
    qay darajada foydalanganligini ko’rsatadi. 
    Muhammad al-Xorazmiy
    bilishni 
    sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: sezgi orqali 
    bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini 
    namoyon etadi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos 


    soldi va ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini 
    o’zining ilmiy asarlarida asoslab bergan. Darhaqiqat, alloma qoldirgan boy ilmiy 
    merosi o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotmagan. Shuning uchun, mutafakkirning 
    yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda va ularning ilmiy dunyoqarashini 
    shakllantirishdagi qarashlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
     
    Abu Nasr Farobiy. 
    Yana bir sharq allomalarimizdan biri 
    Abu Nasr Farobiyning
    ta’limiy-
    axloqiy yo’nalishdagi qimmatli asarlari bizgacha yetib kelgan. Bular, “Baxt 
    saodatga erishuv to’g’risida”, “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, 
    “Aql to’g’risida risola” kabi asarlarida asosan inson kamoloti to’g’risidagi ta’limotni 
    ilgari suradi. 
    Farobiy
    ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim 
    bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o’z o’rni 
    borligini alohida takidlaydi. Alloma inson kamolga yolg’iz o’zi erishib bo’lmaydi. 
    U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi va munosabatlariga 
    muhtoj bo’ladi, deydi. Farobiy “Ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat 
    talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni 
    tarbiyalashdan iboratdir.” - deya takidlaydi. Allomaning bu qarashi hozirgi kunda 
    ta’lim-tarbiyaning oldiga qo’yilgan asosiy vazifasini ifodalaydi.

    Download 157,4 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 157,4 Kb.
    Pdf ko'rish