|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov Pdf ko'rish
|
bet | 100/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbetayyorlanadi.
8.3. Qizil vinolar sifatiga uzum boshi qismlarining ta’siri
Sharbatni mezga bilan bijg‘itib qizil vino tayyorlashda uzum boshining qattiq
qismlari - po‘stlog‘idagi bo'yoq moddalari, po‘stlog‘i, umg‘i va shingillaridagi
oshlovchi moddalar, mineral tuzlar va boshqa qator mikroelementlar erib
aralashadi. Qizil vinoga qo‘yilgan talablar va shuningdek uzumning naviga qarab
qayta ishlab chiqarish jarayonida turlicha kechadi. Qayta ishlashning bir usulida
bijg'iyotgan mezga tarkibi ezilgan uzum boshi, shingillari, po‘stlog‘i, urug'laridan
iborat bo‘lsa, vino olish texnologiyasining boshqa bir turida uzumning qattiq
qismlari to‘la yoki qisman ajratib olinadi.
Uzumning qattiq qismlaridan bijg'ish jarayonida olinadigan bo'yoq va
oshlovchi muhim kasb etadi
Po‘stlog‘idagi bo'yovchi moddalar oddiy haroratda bijg'iyotgan sharbatda kam
chiqadi. Harorat ko'payib, alkogol miqdori oshganda sharbatning rangi quyuqlashib
boradi. Bo'yovchi moddalar erishga sharbat kislotalari ham katta ta’sir ko'rsatadi.
Bijg'ish jarayonida bo'yovchi moddalar bilan birga po'stloq, urug'lar va
shingildagi oshlovchi moddalar sharbatga o'tadi. Uzum boshining qismlaridagi
oshlovchi moddalaming tabiati bir xil emas. Urug' tashqi oksidlanishga moyilligi
tufayli vinoni xiralashtiradi. Uzumning shingillari ishtirkoisiz olingan vinolar
mayinroq, xushbo'yliroq va nozikroq bo'ladi.
Uzum shingillarini ajratish va mevalarini ezish.
Oshlovchi moddalar miqdori
ko'p bo‘lgan uzum navidan nozik oliy sifatli qizil vinolar ishlab chiqarilishida har
doim uzum shingillarini ajratib olish kerak. Oshlovchi moddalari kam, bo'yovchi
moddalar kuchsiz bo'lgan uzum navlaridan qizil vino tayyorlashda shingilarlaming
bir qismini qoldirish lozim. Ordinar vino ishlab chiqarishda uzum shingillarini
|
| |