|
Qizil xo‘raki vinolar texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlariBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe8.1.Qizil xo‘raki vinolar texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
Qizil vinolar oq vinolardan o ‘zini rangi, xushbo'yligi va nordon ta’mi bilan
ajralib turadi. Bunday xususiyatlaming shakllanishiga qizil navli uzumlaming
ta’mi, vino tayyorlash texnologik usullar ham katta ta’sir ko'rsatadi. Qizil vinolar
oq vinolarga nisbatan daqalliroq bo'ladi. Chunki ulaming tarkibida ta’mga ta’sir
qiluvchi oshlovchi moddalar miqdori juda ortiqcha (besh va undan ham ko‘p)
bo'ladi. Vinoning qizil rangliligi uning sifatli ekanligidan doimo ham dalolat
bermaydi. Ta’mdagi nordonlik va xushbo'ylik qizil vinoning o'ziga xos
xususiyatini belgilaydi. Qizil vinoning nordonligi boiib, unda burishtiruvchi taxir
maza bo'lmasligi lozim. Kamekstraktiv qizil vinolaming nordonligi ta’mda bilinib,
vino yetilmaganligi, dag'alliligi va ichimsizligidan dalolat beradi. Yoki vinolardagi
o'tkir nordon ta’m ichimlik yetiltirilganda bartaraf etiladi. Oshlovchi moddalar
boshqa tarkibiy qismlar bilan takomil aloqada b oiib , nozik xushbo'y ta’mni
shakllantiradi.
Qizil vinolar oq vinolardan xushbo'yligi bilan farqlanib turadi. Chunki, uning
shakllanishida uzumning qattiq qismlaridan olingan moddalar ishtirok etadi. Oq
vinolami qizil vinolar bilan kupagi qilishda kam hollarda muvaffaqiyatga erishiladi.
Demak, qizil vinolaming organoleptik xususiyatlari ulami ishlab chiqarish
texnologiyasiga bog'liqdir. Qizil vinolami ishlab chiqarish jarayoni quyidagi
texnologik ketma-ketliklardan
iborat: 1) uzumni ezish; 2) uzum shingillarini
ajratish (shartli ravishda); 3) bijg'ish chanlami toidirish; 4) mezgani chanlarda
bijg'itish; 5) vinoni turpidan ajratib oUsh (presslash); 6) vinoni bochkalarda
bijg'itib yetiltirish.
8.2. Qizil vinolar xususiyatiga uzum navlarining ta’siri
|
| |