|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. UsmonovBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbetayyorlashda
texnologiyasiga rioya
qilib bijg'ish
paytida sulfitlash va
seleksiyalangan achitqi rasalarini ishlatish lozim. Bu esa rH miqdori 3,3 yuqori
bo'lmagan to'la bijqigan, sog'lom vino hosil bo'lishini kafolatlaydi. Sharbatni
tindirish unga bijg'ishdan oldin sulfad angidrid bilan ishlov berish natijasida
bakterial flora faoliyati to'xtab qoladi, bijg'ishdan keyin hosil bo'lgan cho'kindi
sog'lomlashadi. Harorat, pH, cho'kindi va ular bilan kontaktda bo'lgan vinolar
ustidan nazorat olib borish ijobiy natijalar kafolatidir. Ishonch bilan aytish
mumkinki, noto'g'ri bijg'ish (Sulfid angidrid, sof achitqi qo'llamasdan, shakar
qoldiqlari bilan, yuqori harorat sharoitida bijg'igan) natijasida hosil bo'lgan achitqi
bilan uzoq vaqt davomida birga bo'lganda o'z sifatini yo'qotadi. Shuning uchun
shampan vino materiallarini to'yintirish maqsadida achitqilar avtolizi bilan ish olib
borish faqat shart-sharoit bo'lgan joylarda tavsiya etiladi.
Uzluksiz oqim sharoitida sharbatning bijg'ishi. Dastlabki vinochilikda oqimi
texnologik jarayonni tashkil etish ehtiyojini hisobga olib Moldaviya vino ustalari
Koshev, Oprya va Simmerman uzluksiz oqim sharoitida sharbatni bijg'itish
uskunasini joriy etishadi (48-rasm). Vino tayyorlash mavsumida u 1955-1958 yilda
yaxshi natijalarga erishishga yordam berdi.
98
Uzluksiz oqimda sharbat bijg'ish moslama ikkita bosim rezervuar (1), bijg'ish
sodir bo'layotgan temir (po‘lat)dan yasalgan tepasi va osti konussimon bo'lgan
rezervuarlardan (2,3) iborat. Bijg'ish rezervuarlar ichkari tomondan korriziyaga
qarshi lak bilan qoplangan bo'lib, bir-biri bilan sirlangan quvurlar (4) bilan
|
| |