|
Chanlar mezga bilan tez to‘ldirilib iloji boricha bu operatsiya bir kunda Pdf ko'rish
|
bet | 103/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeChanlar mezga bilan tez to‘ldirilib iloji boricha bu operatsiya bir kunda
tugatilishi kerak. Charming taxminan 5 dan 4 hajmi to‘ldiriladi. Masalan: 300 dkl
bo'lgan idish tepadan 50 sm pastga bo‘lgan hajmi to'ldirilmaydi.
Mezga bilan chan to'ldirilayotganda seleksiyalangan sof achitqilaming 1,5-2 %
eritmasi qo'shiladi.
Bijg'ish boshlangunga qadar chanlar berkitib qo'yish, to'ldirilmagan joyga
sulfit gaz bilan to'ldirish tavsiya etiladi. Natijada sirka kislotalar rivojlanmaydi.
Agar sharbat harorati achitqilar rivojlanishi uchun qulay bo'lganda chan
to'ldirilganda bir kun keyin bijg'ish boshlanadi. Bijg'ishning tashqi belgilari:
karbonat gazining vishillab chiqishi va qoplama hosil bo'lishi, mezga harorati
ko'tarilishi bunday holatda karbonat gazi intensiv ravishda hosil bo'ladi. Mezgada
qand miqdori 17% bo'lganda sig'imi 300 dkl li chandan bijg'ish davrida 120 m3
karbonat gazi chiqishini hisob-kitoblar ko'rsatmoqda. Agar karbonat gazining shu
miqdori 3-4 kunda hosil bo'lishini hisobga olgan, unda sig'imi 300 dkl li chanda bir
sutkada 20 dan 25 m3 karbonat gazi hosil bo'ladi. Shuning uchun bijg'itish xonalar
yaxshi shamollatib turilishi kerak.
Havo tarkibida karbonat kislotaning miqdori 1% dan ortiq bo'lsa inson
sog'lig'i uchun zararli, bu ko'rsatkich 20% dan oshsa kishi o'lishi mumkin. Shu
sababli bijg'itish xonaga kirishda xavfsizlik yaoralarini ko'rish lozim. Masalan, har
kuni ertalab ishdan oldin brigadir sham yoqib xona yaxshi shamolaganligini
aniqlashi lozim.
Karbonat gazining chiqishi bijg'ishning jadal kechishiga bog'liq bo'ladi.
Dastlab gaz chiqishi oz bo'lib, qaynab bijg'ish jarayonida u eng ko'p hosil bo'ladi
va asta-sekin kamayib to'xtaydi.
Ochiq chanda bijg'ishdan oldin uzumning yengil po'stlog'i yuzaga ko'tarilib
|
| |