|
Usti yopiq holda bijg'itish. Usti yopiq holda bijg'ish turli qurilmalar chanlar Pdf ko'rish
|
bet | 105/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeUsti yopiq holda bijg'itish. Usti yopiq holda bijg'ish turli qurilmalar chanlar
olib boriladi. Qizil vinolami yopiq holda bijg'itishining ikki usuli mavjud.
Yuzada suzuvchi qoplama bilan bijg'ish. Ba’zida bu maqsadga erishish
uchun ochiq chanlar qo'llaniladi. Mezga bilan to'lgandan so'ng ular qopqoq bilan
yopilib, teshikchalari gips bilan suvab qo'yiladi. Yopiq bijg'ish uchun
kiydiriladigan ustki qopqoqli chanlami qo'llash maqsadga muvofiqdir. Karbonat
gazi chiqish uchun qopqoqda o'matilgan bijg'ish bekitgich (51-rasm) o'matilgan.
Bijg'ish berkitgichdan bijg'ish jarayonida hosil bo'lgan karbonat gazi to'siqsiz
tashqariga chiqib ketadi, tashqaridan esa havo chan ichiga kirolmaydi. Natijada
yopiq chanda hosil bo'lgan qoplamani karbonat gazi o'rab turadi va uni
oksidlanishiga yo'l qo'ymaydi. Channi to'ldirish uchun yuqori tubida maxsus lyuk
o'matilgan.
51-rasm. Gidravlik po'latli zatvor
Cho'ktirilgan qoplama ishtirokida bijg'ish. Yopiq bijg'ishda channing yuqori
qismida joylashtirilgan yog'ochd&n yasalgan panjara yordamida qoplama sharbatga
cho'ktiriladi (52-rasm).
52-rasm. Ajraladigan panjarali E.A.Vedel tizimidagi yopiq bijg'itish chani
105
Chan to‘ldirilishida yuqori qopqoqqa o‘matilgan mok ochiladi, panjara yechib
olinib, panjara sathigacha uzum mezgasi solinadi. Shundan so‘ng panjara o‘matilib,
lyuk yopiladi va bijg‘ish shpunt qo‘yiladi. Yopiq chan to‘ldirilgandan so'ng
bijg'ish tugallanguncha ochilmaydi. Bijg'ishning ushbu usulini aksariyat vino
ustalari eng qulay deb hisoblaydi. Chunki mazkur texnologik jarayonda qoplama
to'liq cho'kib oksidlanmaydi, harorat bir tekisda taqsimlanib, bijg'ish jarayoni
yaxshi kechadi. Bundan tashqari yopiq chanlarda bijg'ish ham mehnat talab qiladi,
|
| |