Sinf soatlar qanday bo„lishi kerak?




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana04.01.2024
Hajmi0,68 Mb.
#130175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-sinf-sinf-soati-ish-reja-va-konspekti
malumot dars , Buxoriy - Vikipediya, 6.Zamon.kom.ning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari, portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар, Nurmatov Abu Bakr Siddiq Mustaqil ish Sotsalogiya, 9-mavzu bo\'yicha test, ReadMe UzTransLit, ing1, ing4, amaliy mashg\'ulot 4, 1700153920, Referat Mavzu Axborot xavfsizligida risklarni boshqarish jarayo, 13 – amaliy mashg’ulot, 2-lab
Sinf soatlar qanday bo„lishi kerak? 
− Ta‘lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi Sinf soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, 
ta‘sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‗tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‗lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma‘naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada 
kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma‘naviyat yo‗q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‗la olmaydi. 
SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‗qituvchilar jamoasi oldida o‗quvchilarga milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‗rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv 
jarayonlari kuchaygan, turli g‗oyalar o‗rtasidagi kurash keskinlashgan, ―ommaviy madaniyat‖ xurujlari butun 
dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‗i orqali uzatilayotgan buzg‗unchi axborotlar inson qalbi va 
ongini o‗ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‗lgan yosh avlodni hayotga 
tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan. 
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‗lgan 
barcha g‗oyalar qaytadan ko‗rib chiqilishi, asosiy e‘tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida 
to‗plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa 
juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, 
do‗stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san‘at, adabiyot, tabiat va 
hokazolar bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‗z tarbiyaviy faoliyatlarida 
ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart. 
Sinf soatlar o‗quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni 
hisoblanadi. To‗g‗ri tashkil etilgan Sinf soatlar o‗quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch 
kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi. 
O‗quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini 
yuksaltirish, axborotlardan to‗g‗ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy 
qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash Sinf soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, 
Sinf soatlar orqali o‗quvchilarda to‗g‗ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‗sh vaqtini 
to‗g‗ri taqsimlash, o‗z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‗garaklarni to‗g‗ri tanlash, tayyor ish joylarida 
ishlash emas, balki o‗zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Sinf soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‗lib, quyidagi 
yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik 
tarbiya shuningdek, o‗quvchilarni to‗g‗ri kasb tanlashga yo‗naltiradi. Sinf soatlarning mazkur yo‗nalishlari 
O‗zbekiston Respublikasida ta‘limning uzluksizligi, uzviyligi, o‗quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan 
kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. 
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir Sinf soatning mazmunidan kelib chiqqan holda 
shakllantiriladi. 
Umumta‘lim maktablarining 1-11-sinf o‗quvchilari uchun tuzilgan ―Sinf soatlar uchun namunaviy 
mavzular rejasi‖ mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda 
nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur 
rejada fan oyliklari davomida o‗quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‗tishda nimalarga e‘tibor berish 
kerakligi e‘tiborga olingan. 
Mazkur dastur va qo‗llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida 
Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida ―Sinf soat‖larning mashg‗ulot 
ishlanmalari tavsiya etiladi.


―Sinf soat‖lar rejasidagi 8 soatlik ―Yo‗l harakati qoidalari‖ga doir mavzular dasturi va dars 
ishlanmalari mazkur qo‗llanmada aks ettirilmagan. 
Umumta'lim maktablarining o‗quvchilari uchun ishlab chiqilgan ―Sinf soat‖ mashg‗ulot 
ishlanmalarida mazmunan o‗quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash 
maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy 
tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, 
salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o‗tkaziladigan 
umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‗g‗risida 
tavsiyalar berilgan.
Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin: 
Kun shiori: 
I. Kirish; 
II. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma‘ruza, guruhlarda ishlash;
III. Yakuniy qism. 
Sinf soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko‗rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni 
ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan‘anaviy tarzda tashkil etish 
mumkin. 
(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatlar dasturiga Umumta‘lim maktablarining sinf rahbarlari metod 
kengashi qaroriga ko‗ra 15 % gacha o‗zgartirish kiritilishi mumkin.) 



Download 0,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish