Sentriolani hosil qilishda aylana b o ‘ylab joylashgan mikronaycha-
laming 9 ta tripled ishtirok etadi. Tripletning birinchi mikronaychasi
(A) 13 globulyar subbirliklardan tuzilgan. Ikkinchi va uchinchi m i
kronaychalar (B5C) A mikronaychadan to'liqm asligi bilan ajralib 11
globulyar birlikdan tuzilgan. A mikronaychaning ikkita dastachasi
bo‘lib, uning biri qo‘shni tripletning С mikronaychasiga ikkinchisi
markazga yo‘nalgan. Sentriolaning markaziy qismida g ‘ildirakning
vtulkasiga(silindrga;qoziqchaga) o ‘xshash tuzilma b o ‘lib, undan 9ta
naycha chiqadi va A mikronaychalarga yo ‘nalgan bo‘ladi.
Sentriolalaming mikronaychalar i tizimini (9x3)+0 deb ifodalanadi,
ya’ni markazda mikronaychalar yo‘qligini bildiradi.
Interfaza hujayralarida ikkita yonma-yon joylashgan sentriolalar
bo‘lib, ular diplosoma deyiladi. Ularning biri ona - ikkinchisi qiz
sentriola deb ataladi.
Har sentriola atrofida matriksi - sentrosfera joylashadi.
Hujayralar m itotikbo‘linishgao‘tganda sentriolalaming ko'payishi
kuzatiladi. Bunda diplosomada sentriolalar bir-biridan uzoqlashib
har birining yonida yangisi hosil bo‘ladi. Natijada bo‘linishga kelib
hujayrada ikkita diplosoma ya’ni to‘rtta sentriola yuzaga keladi.
К о ‘payish jarayoni quyidagicha amalga oshadi: ona sentriolaning
matriksi yaqinida unga perpendikulyar ravishda yangi sentriolaning
kichik bo‘lagi hosil bo‘ladi. Birinchi bo'lib A mikronaychalar so‘ng
В va С mikronaychalar hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan kalta protsentriol
hosil bo‘lib, u o‘sib kattalashadi.
Sentriolalar soning ortishi duplikatsiya deyiladi.