Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha




Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana21.12.2023
Hajmi1,4 Mb.
#126052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822

 
 
3. Prokariotlar (bakteriyalar, suv o’tlari. Bakteriyalar (grekcha bakterion - 
tayoqcha] - bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga 
ega bo’lmagan mikroskopik organizmlar - prokariotlar. Bakteriyalarda hujayra 
pardasi, ko’p miqdorda dezoksiribnuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. 
Mtoxondriy va xloroplastlar odatda, bo’lmaydi, yadroning xromosomalari va 
qobig’i ko’zga ko’rinmaydi. Ular ko’ndalangiga bo’linish (ba’zan cho’zilish yoki 
kurtaklanish) yo’li bilan ko’payadi. Ularning ko’p turi tayoqcha shaklida bo’ladi. 
Biroq sharsimon, ipsimon yoki ilon izi shaklli mikroorganizmlar xam bakteriyalarga 
kiradi.


Ularning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy 
jihatdan juda faol. Mikroorganizmlar tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va 
boshqa joylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh bo’lmay, har xil yo’llar bilan 
vujudga kelgan organizmladir.
Ba’zi bakteriyalar, (masalan, ipsimon, azotobakter va boshqalar) ko’k-yashil 
suv o’tlarga yaqin, ayrim bakteriyalar esa nursimon zamburug’lar -aktinomistetlar 
bilan urug’dosh; spiroxetalar va boshqa ba’zi bakteriyalar bir hujayrali sodda 
hayvonlarga o’xshaydi. Ularning katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, harakachanligi 
xar xil. 
Sharsimon bakteriyalarning diametri, odatda, 1-2 mkm, tayoqcha 
shaklidagilarining yo’g’onligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, o’z. 2-5 mkm bo’ladi. Ba’zan 
juda yirik bakteriyalar ham uchraydi. Masalan, Thiophysa macrophusa ning diametri 
20 mkm; juda mayda bakteriyalar ham bor. Ayrim bakteriyalar shu qadar maydaki, 
hatto bakterial filtrdan ham o’tib ketadi.
Sharsimon bakteriyalar kokklar deb ataladi. Agar kokklar ko’ndalangiga 
bo’linish yo’li bilan ko’paysa va bo’lingandan keyin bir-biriga qo’shilganligicha 
qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta o’zaro tik 
yo’nalishda bo’linsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl 
sarstinalar uchun xos.
Kokklar har xil yo’nalishda bo’linsa, hujayralarning uzum boshining g’ujumi 
shaklidagi to’plami hosil bo’ladi, bunday shakl stafilokokklaryu taalluqli. Sporalar 
hosil 
qiladigan 
tayoqchasimon 
bakteriyalar 
bastillalar 
deyiladi. 
Tayoqchasimonlarning uchlari tekis «kirilgan» yoki do’ngrok bo’lishi mumkin. 
Bular alohida yoki ba’zan zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan 
ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi bakteriyalar 
vibrionlar, yo’g’on spralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka 
buramalilari spiroxtalar deyiladi.
Elektron mikroskopda karaganda bakteriyalarning hujayra pardasi bir necha 
(odatda, uch) qavat ekanligi ko’rinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, 
aminokislotalar, liiidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar kiradi. Hujayra pardasi 


ostida Stitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar almashinuvida 
muhim rol o’ynaydi. Stitoplazmada ribosomalar bo’lib, ular tarkibiga RNK kiradi. 
Ular hujayrasida DNK iplari bor, ular kobiksiz yadro, ya’ni nukletoid hosil qiladi. 
Bakteriyalar yuqori haroratga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy 
moddalar bakteriyalarni o’ldiradi (Dezinfekstiya, Sterilizastiya). Bakteriyalar 
sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. Ularning ko’pi oval 
yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. 4-rasm.

Download 1,4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha

Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish