Sanoatda Bakteriyalarning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha
xomashyodan sut (laktat) kislota, asteton, etil spirt, butil spirt va boshqa(lar) spirtlar,
dekstrin, diastetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va boshqalar olinadi.
Bakteriyalardan ferment preparatlari tayyorlashda, ayniqsa, ko’p foydalaniladi.
Shu bilan birga, bakteriyalarning ko’pgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham
to’g’ri keladi, chunki ular don-dun va boshqa(lar) masalliqlarni, har xil xomashyo,
material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan ko’pgina
kasalliklar (masalan, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va boshqalar)ni
bakteriyalar paydo qiladi.
Odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadigan B. patogen deb ataladi.
Fitopatogen bakteriyalar yovvoyi o’simliklarda ham, ekinlarda ham ko’pgina
kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qo’zg’atadigan bakteriyalarga qarshi
aseptika va antiseptika choralari ko’riladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteristid
moddalar ishlatiladi.