bo'lsada membrananing lipid qatlamini turg'unligini ta'minlaydi. Lipidning gidrofil
qismi membrananing ikki tashqi tomonida, ya'ni hujayraning tashqi tomonida va
sitoplazma tomonida joylashgan bo'lib, suv va suvda erigan moddalarni membrana
orqali o'tishiga imkoniyat tug'diradi. Oqsil molekulalari lipid qavatida tashqariga
bo'rtib chiqqan periferik oqsillari, sitoplazmaga botib turgan submembrana oqsillari
va lipid qavat orasida integral transmembrana oqsillari holatida bo'ladi. Membrana
tashqarisiga chiqib turgan oqsillar uglevodlar bilan birikib, glikoprotein
(glikokaliks) larni hosil qiladi. Hujayralar bir-biri bilan glikopro - teinlari bilan
birikib, to'qimalarni hosil qiladi yoki gormonlar, antitelolar, limfotsitlar hujayralarni
glikoproteinlari orqali taniydi (hujayra retseptorligi). Sitoplazmaga botib turgan
oqsillarga fer- mentlar birikadi. Hujayra membranasi orqali moddalarning chiqishida
va kirishida energiya sarflanadi.
Energiyaning sarf bo'lishida sitoplazmaga botib kirgan oqsillarning o'rni bor.
Lipid qavati orasidagi oqsillar moddalar transportida katta ahamiyatga ega. Har xil
moddalar (masalan K
+
, Na
+
) aynan shu oqsillarga birikib, hujayra ichiga kiritiladi
yoki hujayradan tashqariga chiqa- riladi. Bundan tashqari membrana oqsillari
membrananing umu- miy turg'unligini (mustahkamligini) ta'minlaydi. Plazmatik
mem- branada glikolipidlar, fosfolipidlar, xolesterol ham mavjud. Membranadagi
fosfolipidlar membrananing qo'zg'aluvchanligini ta'minlaydi. Glikolipidlar ham
glikoproteinlarga o'xshab retseptorlik vazifasini bajaradi. Plazmatik membrananing
ichki qismida tayanch, qisqarish, hujayraga ma'lum shakl berib turuvchi mikro-
naychalar, mikrofibrillalar mavjud.