-rasm. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o’tishi




Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana21.12.2023
Hajmi1,4 Mb.
#126052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822

10-rasm. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o’tishi. 
Ham o’tkazadi. Bu xususiyat membrananing suyuq holatida ekan- ligiga 
bog’liqdir. Bu jarayon endotsitoz (endo - ichkari, sito - hujayra so’zlaridan olingan) 
deyiladi. Endotsitozning bir ko’rinishi fagotsitozdir (fageo - yemoq, hazm qilmoq 
so’zidan olingan). Bunda, asosan qattiq yirik zarrachalar hujayraga kiritiladi. Bu 
vaqtda qattiq yirik zarrachaga tegib turgan membrananing ikki qismi harakatlanib, 
zarrachani o’rab oladi va natijada membrana- ga o’ralgan zarra hujayra sitoplazmasi 
ichiga botib qoladi va hazm vakuolasi hosil bo’ladi. Keyinchalik hazm vakuolasi 
lizosomalar bilan birikib, ular ichidagi fermentlar ta’sirida molekulalar parcha- 
lanadi. Fagotsitoz aksariyat amyobasimonlarda, umurtqalilarning oq qon 
tanachalarida (leykotsitlar) keng tarqalgan. Organizmga kirgan yot zarrachalar, 
kasallik qo’zg’atuvchi har xil mikroorga- nizmlar leykotsitlar tomonidan fagotsitoz 
usulda qamrab olinib, yo’q qilinadi. Bakteriyalar, ko’k-yashil suvo’tlari, 
zamburug’lar va o’simliklarning hujayra qobig’i qalin, zich po’st hosil qilganligi 
uchun ularda fagotsitoz jarayoni deyarli uchramaydi. Endotsitoz pinotsitoz usulda 
ham amalga oshirilishi mumkin (yunoncha pino - ichaman degan so’zdan olingan). 
Pinotsitoz har xil mod- dalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga 
kirishidir. Pinotsitoz o’simlik va hayvon hujayralarining asosiy oziqlanish 
usullaridan biridir. Endotsitozga teskari bo’lgan hodisa ekzotsitozdir (yunoncha 
ekza - tashqari so’zidan olingan). Bunda sitoplazmadagi vakuola 21rgani hazm 
bo’lmay qolgan moddalar membrana orqali hujayra tashqarisiga chiqariladi. 


Ko’p hujayrali hayvonlarda bir xil tipdagi hujayralar to’planib, har xil 
to’qimalarni: epiteliy, muskul, nerv va boshqa to’qimalar sistemasini hosil qiladi. 
Bunda hujayralar plazmatik membranadagi burmalar va o’siqlar orqali bir-biriga 
yopishib turadi. Hay- vonlarning epiteliy to’qimalarida, ayniqsa ichak hujayralarida 
bur- machalar, mikrovorsinkalar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular orqali bir hujayradan 
ikkinchisiga oziq moddalar, ionlar, uglevodlar va boshqalar o’tadi. 
Glikokaliksi ko’p bo’lgan hujayra garmonal yo’l bilan oson boshqariladi. 
Ayrim kasalliklarda yoki qari hujayralarda glikokaliksning miqdori kamayadi va 
gormonal boshqarilishi qiyinlashadi. 
Plazmatik membrananing ichki qismida, tayanch, qisqarish, hujayraga ma’lum 
shakl berib turishda muhim rol o’ynovchi mikronaychalar, mikrofibrillalar mavjud. 
Bular, ayniqsa, hayvon hujayralarida yaxshi rivojlangan. 
Sitoplazmada hujayraning asosiy massasi, uning ichki muhiti hisoblanadi. 
Sitoplazma hujayraning hamma tarkibiy qismlarini bir-birlari bilan bog’lab, ular 
orasidagi aloqalarning amalga oshishida muhim rol o’ynaydi. Sitoplazma 
tashqaridan plazmatik membrana, ichkaridan esa yadro qobig’I bilan chegaralanadi. 
Sitoplazmaning tarkibiy qismlariga asosan gialoplazma, va kiritmalar kiradi. 

Download 1,4 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Natriy, kaliy, kalsiy va vodorod ionlarini membranadan o’tishi

Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish