Kiritmalar o'simlik va hayvon hujayralarida ham uchrab aksariyat vaqtinchalik
bo'lib, asosan 4 xil:
trofik, pigmentli, ekskretor, sekretor kiritmalar bo'ladi.
Kraxmal (o'simlik hujayrasida), glikogen (hayvon hujayrasida), lipidlar, oqsillar
ma'lum vaqt hujayra sitoplazmasida trofik (ozuqaviy) kiritmalar shaklida to'planadi.
Gemoglobin (eritrotsitlarda), melanin (teri hujayralarida), xlorofill (barg eti
hujayralarida), karotinoidlar pigment kiritmalar shaklida ma'lum vaqt hujayralarda
to'planadi (12,13-rasm).
11-rasm. Kiritmalar
Ekskretor kiritmalari hujayralardan tashqariga chiqariladigan gormon, efirlar,
fitonsidlar, alkaloidlar, nektar kabi moddalar kiritmalar shaklida saqlanadi.
Hujayrani ehtiyoji, ayrim tuz kristallari kabi moddalar kiritmalar shaklida saqlanadi.
Hujayrani ehtiyoji uchun sintezlangan moddalar ma'lum vaqt sekretor kiritmalar
shaklida hujayra sitoplazmasida saqlanadi.