15-rasm Zamburug’larning vegetativ tanasi - mutselliy
Zamburug’lar plastidalari yo’q geterotrof organizmlardir.
Ular qadimgi
organizmlar hisoblanadi. Zamburug’lar parazit
va saprofit holda hayol
kechiradi. Saprofitlar - o’lik organik modda bilan oziqlanadigan organizmlar. Ba’zi
birlari suvda yashaydi. Zamburug’larning 100 000 ga yaqin turi mavjud bo’lib,
quruqlikda juda keng tarqalgan. Ular suv o’tlaridan xlorofilning yo’qligi,
bakteriyalardan esa yadroga ega bo’lishi bilan farq qiladi. Zamburug’larning
vegetativ tanasi mutselliy deb atalib, u alohida ipchalar ya’ni gifalar yig’indisidan
tashkil topgan (15-rasm). Zamburug’ mitseiliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan
shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo’ladi. Ko’payishi
vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi.
16-rasm Zamburug’larning tuzilish sxemasi:
a-mukorniki (zigomitsetlar sinfi): 1-endosporalar; 2-sporangiy (mevali tana);
3-sporangiy tashuvchi; 4-mitseliy;