O'simliklarda pinotsitoz, osmos jarayonlari kuchli bo'ladi. Hayvonlarda fagotsitoz
ham kuzatiladi. Membrana hamma moddalarni ham o'tkazavermaydi.
Membrana lipidlarini gidrofob qismi qutbli suvda eruvchan moddalarni hujayra
ichiga o'tishiga to'sqinlik qiladi. Membrana orqali moddalar
transporti aktiv yoki
passiv bo'lishi mumkin. Aktiv transport uchun energiya sarflanadi, passiv transport
uchun energiya sarflanmaydi. Aktiv transport (faol transport) konsentra- tsiyasi past
joydan konsentratsiyasi yuqori joyga moddalarning o'tishida energiya sarfi bilan
boradi. Aminokislotalar, glyukoza, natriy va kaliy ionlari ATF hisobiga membrana
orqali o'tkaziladi. Passiv transportga nisbatan kichik
qutbli va suvda erigan
moddalar, masalan, mochevina, CO2, glitserol, gidrofob moddalar (O2, N2, benzol)
membrana orqali passiv transportlanadi. Kichik zaryadlanmagan suv membrana
orqali oson diffuziyalanadi. Diffuziya (lot. diffusion
- tarqalish, yoyilish) ion yoki
molekulalarning o'tishi. Diffuziya jarayonida gazlar (zaryadlanmagan moddalar)
oqsillar joylashgan joydan yoki lipid molekulalari orasidan o'tishi mumkin (neytral
diffuziya) yoki maxsus oqsillarga birikib, mem- brana orqali transportlanadi. Aktiv
transportda esa membranadagi ko'chiruvchi oqsillar moddalar birikib, hujayra ichiga
yoki hujayradan tashqariga o'tkaziladi. Bunda ATF1 energiyasidan foydalaniladi.
Natriy, vodorod, kalsiy va kaliyni mebrana orqali o'tishida ATFaza fermentlari
yordamida ATF energiyasi sarflanadi. Kaliy konsentratsiyasi hujayra ichida ko'p
bo'lsada hujayra tashqarisidan hujayra ichiga o'tadi.
Natriy
konsentratsiyasi aksincha, hujayra ichida kam bo'lsada hujayradan
tashqariga chiqariladi. Shakar va aminokislotalar transportida
ham ATF-aza aktiv
ishtirok etadi.
Hujayra membranasi faqat ayrim molekulalar yoki ionlarni ichkariga o'tkazib,
tashqariga chiqaribgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig'indisidan hosil
bo'lgan yirik zarrachalarni
1 ATF — Adenozintrifosfat energiyani kimyoviy bog' shaklida tutadi.