• 8-rasm Bakteriyalarning tarkibiy ko’rinishi. 4. Eukariotlar (hayvon va o’simlik hujayralari.
  • Autotrof va geterotrof hujayralar
  • -rasm. Bakteriyalar koloniyalari laboratoriya sharoitida ko’paytirilgan




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/15
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #126052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822

    5-rasm. Bakteriyalar koloniyalari laboratoriya sharoitida ko’paytirilgan. 


    6-rasm. Bakteriyalarning ko’rinishlari 


    7-rasm Bakteriyalarning turlari va ko’rinishi. 
    8-rasm Bakteriyalarning tarkibiy ko’rinishi. 


    4. Eukariotlar (hayvon va o’simlik hujayralari. Eukariot hujayralar 
    prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Eukariotlarda 
    haqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Eukariot yunoncha eu - haqiqiy, karion - yadro 
    so'zlaridan olingan. Eukariotlarga hayvon, o'simlik va zam- burug' hujayralarini 
    kiritishimiz mumkin. Bir hujayrali va ko'p hujayrali vakillari mavjud. Eukariot 
    hujayralarning bo'linishi mitoz (teng ikkiga bo'linish) yo'li bilan boradi. Hujayra 
    organoidlari mavjud. Aksariyat eukariotlarda hujayra markazi mavjud. 
    Atmosferadagi azotni o'zlashtirmaydi. Asosan aeroblar ba'zilari ikkilamchi 
    anaeroblar hisoblanadi. Hazm qiluvchi vakuolalarga ega. O'simliklar autotrof 
    oziqlansa, hayvonlar va zambrug'lar geterotrof usulda oziqlanadi (1-jadval). 
    Ularning hujayralari o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar ham birmunchadir. Zamburug' 
    hujayralarining hujayra qobig'ida xitin bo'lishi, (hasharotlarning tana qoplami 
    xitindan iborat), hujayrasida plastidalarining yo'qligi, oziqlanishi (geterotrof usulda) 
    bilan hayvonlarga o'xshasada, lekin ko'payishi bilan o'simliklarga o'xshaydi. 
    Autotrof va geterotrof hujayralar 
    1-jadval
    Hujayraning 
    irsiy 
    apparati 
    Prokariot hujayra 
    Eukariot hujayra 
    Yadro mavjud emas 
    Shakllangan yadro mavjud 
    Hujayraning 
    irsiy 
    tuzilmasi - genofor 
    Hujayra 
    yadrosining 
    irsiy 
    tuzilmasi – xromosomalar 
    Genofor sitoplazmada 
    joylashgan 
    Xromosomalar yadro karioplar 
    ichida joylashib sitoplazmadan 
    yadro qobiqi bilan chegaralangan 
    Genofor 
    DNKdan 
    iborat 
    Xromosomalar – DNPdan iborat; 
    DNP =DNK+ oqsillar 
    Genofor 
    xalqa 
    ko‘rinishiga ega 
    Xromosomalar – tayoqcha va 
    ipsimon 
    ko‘rinishga 
    ega 
    (xromatin) 
    Sitoplazma 
    Organoidlardan faqat 
    ribosomalar mavjud 
    Hujayraning turli organoidlari 
    mavjud 
    Sitoskelet yo‘q 
    Sitoskelet mavjud 


    Sikloz kuzatilmaydi 
    Sitoplazmatik 
    irsiyat 
    plazmidalar 
    ko‘rinishida mavjud 
    Sikloz sodir bo‘ladi 
    Sitoplazmatik 
    irsiyat 
    mitoxondriya va plastidalardagi 
    DNK ko‘rinishida mavjud 
    Plazmalemma 
    Sitoplazmatik 
    membrana 

    mezosomalarni 
    hosil 
    qiladi 
    Mezosomalar mavjud emas 
    Eukariot hujayralarning kattaligi va shakli asosan ular baja- radigan 
    funksiyalarga bog'liq bo'ladi. Ularning o'rtacha diametri 10 mkm dan 100 mkm 
    gacha bo'ladi. Tuxum hujayralar tarkibida oziq moddalar ko'p to'planganligi uchun 
    ancha yirik bo'ladi. Tuyaqush tuxumining diametri 150 mm gacha boradi. 
    Hujayralarning o'lchami organizmlarning kattaligiga bog'liq emas. Masalan, yirik 
    sutemizuvchilarning qizil qon tanachalarining diametri 10 mkm dan oshmaydi. 
    A'zoning yoki butun organizmning kattaligi esa hujayralar miqdoriga bog'liq. 
    Hujayraning asosiy tarkibiy qismlariga: hujayra qobig'i, sitoplazma va yadro kiradi. 
    Hujayra qobig'i 3 qavatdan iborat bo'ladi. 

    Membrana usti kompleksi; 

    Plazmolemma; 

    Membrana osti kompleksi; 
    Hujayra qobig'i hujayraning tashqi muhit bilan va boshqa hujayralar bilan 
    o'zaro munosabatini ta'minlaydi va shunga ko'ra uch xil asosiy vazifani bajaradi: 1) 
    himoya, to'siq, 2) moddalarni o'tkazish, 3) retseptor. Hujayra qobig'ining asosiy 
    qismini plazmatik membrana - plazmolemma tashkil etadi. Hayvon hujayralarining 
    qobig'i juda yupqa va elastik bo'ladi. Uni faqat elektron mikroskopda ko'rish 
    mumkin. O'simlik hujayralarining qobig'i hayvon hujayralaridan farq qilib qalin 
    bo'ladi. Uning tar- kibida selluloza moddasi ko'p, shuning uchun ham o'simlik 
    qobig'ining asosiy funksiyalaridan biri tayanch funksiyasi hisoblanadi. O'simlik 
    hujayralarida lignin (yog'ochning 50%ni hosil qiladi), subirin (subirin hisobiga 
    o'simlik po'stlog'i po'kak- lashadi), kutinlar (o'simlik hujayralarida mumsimon 
    modda) bo'ladi. Zamburug' hujayrasida esa xitinsimon modda bo'ladi. Hayvon 


    hujayrasi membranasi usti kompleksida glikoproteinlar kompleksi — glikokaliks 
    joylashadi. 
    Plazmatik membrana - plazmolemma. 
    Plazmatik membrananing tuzilishi. Plazmatik membrana hamma hujayralar 
    uchun universal bo'lgan biologik membranadir. Plazmatik membrana kimyoviy 
    tarkibiga lipidlar, oqsillar, murakkab organik molekulalar glikoproteinlar, 
    glikolipidlar va juda kam miqdorda boshqa birikmalar kiradi. Plazmolemmaning 
    tuzi- lishi haqida bir qancha taxminlar mavjud. Hozirgi vaqtda ko'pchi- lik olimlar 
    tomonidan plazmolemmaning suyuqlik - mozaika modeli qabul qilingan. Plazmatik 
    membrana - plazmolemma qalinligi 7-10 mkm bo'lib, hujayra ichki muhitini tashqi 
    muhiti- dan ajratib turish (chegara), moddalarni tanlab o'tkazish, retsep- torlik va 
    sitoplazmaga ma'lum shakl berish kabi asosiy vazifalarni bajaradi.

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Bakteriyalar koloniyalari laboratoriya sharoitida ko’paytirilgan

    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish