viruslar DNK - genomli va RNK – genomliga bo’linadi.
Viruslarning nuklein
kislotasi hujayra nuklein kislotalaridan farqli ravishda, har xil tuzilishga va shaklga
ega bo’ladi.
Nuklein kislotaning turi asosiy taksonomik belgilardan biri hisoblanadi.
Virus DNKsi odatda ikki ipli, ba’zan bir ipli bo’ladi.
Ikki ipli DNK halqasimon, chiziqli ikki uchi yopiq yoki chiziqli ikki uchi ochiq
bo’ladi. Virus RNKsi ko’pincha bir ipli bo’ladi, lekin genomning bir bo’lagini
tutgan ikki ipli RNKlar ham mavjud.
Bir ipli RNK to’liq
chiziqli, bo’lakli (segmentli) chiziqli, halqasimon bo’ladi.
Musbat genomli (RNK+) va manfiy genomli (RNK-) RNK farqlanadi.
Musbat RNK bir vaqtning o’zida genom va axborot RNK (i - RNK) vazifasini
bajaradi hamda yangi avlod genomi sintezi uchun matrista bo’lib xizmat qiladi.
Manfiy RNKga (RNK-) faqat genom vazifasi xos, bundan tashqari u genom va
axborot RNK (i-RNK) sintezi uchun matrista vazifasini bajaradi.
Virus nuklein
kislotasining asosiy xususiyati yuqumlilik hisoblanadi, ya’ni
virusning boshqa
komponentlari qatnashmasada, u xo’jayin hujayrasida
produktiv infekstiyani
chaqirishga qodirdir. Yuqumlilikni viruslarning DNK si va musbat RNK si keltirib
chiqaradi.