• 2.4. Hujayra ichi virusi
  • 2.5. Viruslarning (Virionlarning) tuzilishi va morfologiyasi.
  • Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/15
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #126052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822

    2.3. Hujayradan tashqaridagi virus - fanda virion deb nomlanadi (eski 
    adabiyotlarda nomlanishi virusli bo’lakcha). Bu hayot faoliyatini namoyon
    etmaydigan etilgan virus ko’rinishidir. Virion virusni tashqi muhitda saqlash va uni 
    bir organizmdan boshqa bir organizmga hamda bir xujayradan boshqa bir hujayraga 
    o’tkazish vazifasini bajaradi.
    2.4. Hujayra ichi virusi - fanda vegetativ virusdir. U zararlangan hujayrada 
    reproduksiyalanadi, produktiv infeksiyani qo’zg’atadi, virionning yangi avlodi 
    shakllanadi va natijada hujayra halok bo’ladi. Reproduksiya jarayoni 
    tugallanmasdan ham qolishi mumkin, bunda virion hosil bo’lmaydi va abortiv 
    infekstiya kelib chiqadi. 
    Ayrim viruslar o’zining genetik materialini xo’jayin hujayra
    xromosomasiga provirus ko’rinishida o’tkazish qobiliyatiga ega. Provirus bo’linish 
    jarayonida hujayra xromosomasi bilan birgalikda replikastiya qilinadi va yangi qiz 
    hujayraga o’tadi. Virusli infekstiyaning bunday shakli integrativ deb nomlanadi va 
    uzoq vaqt saqlanishi yoki yana produktiv infekstiyaga aylanishi mumkin. 
    2.5. Viruslarning (Virionlarning) tuzilishi va morfologiyasi. 
    Viruslar o’lchami juda kichik, ya’ni 20 nm dan 300 (350) nm gacha bo’ladi. 
    Ular sferik (sharsimon), ko’p qirrali, tayoqchasimon, o’qsimon, ipsimon, 
    to’g’nog’ichsimon shakllarga ega bo’lishi mumkin. Tuzilishi bo’yicha oddiy 
    (qobiqsiz) va murakkab (qobiqli) viruslar farqlanadi. Ikkalasining ham markazida 


    nuklein kislota (DNK yoki RNK) molekulasi joylashadi va uni oqsil qobiq – kapsid 
    o’rab turadi. Bunday tuzilma – nukleokapsid deb nomlanadi. 
    Oddiy viruslar ichki oqsil bilan birikkan nuklein kislota va kapsiddan tashkil 
    topgan, ya’ni nukleokapsiddan iborat. Murakkab viruslarda nukleokapsid virionning 
    o’zagi hisoblanib, ustki qismida superkapsid - tashqi qobiq bilan o’ralgan.
    Membrananing ikki lipidli qavatida virusga xos bo’lgan oqsil - glikoproteinlar 
    joylashgan bo’lib, o’simtalar ko’rinishda tashqariga chiqib turadi. Bu glikoproteinlar 
    - gemagglyutininlar, neyraminidaza, qo’shiluvchi oqsil va boshqalardan iborat 
    bo’lib, virionning hujayra resteptorlariga birikishiga va hujayraga kirishiga javobgar 
    hisoblanadi. Ular antigenlik xususiyatiga ega (protektiv antigenlar). Ko’plab
    murakkab viruslar superkapsidiga ichkaridan matriks oqsil qavati bilan birikadi (M-
    qavat), ayrim viruslar boshqa qo’shimcha tuzilmalarga ham ega (2-rasm). 

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha

    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish