• 17-18-rasm Zamburug’lar va ularning mikroskopik ro’rinishi
  • b-aspergillikni (deytromitsetlar sinfi)




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/15
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #126052
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822

    b-aspergillikni (deytromitsetlar sinfi): 1-konidiyalar (ekzosporalar); 2-
    sterigmalar; 3-konidiya tashuvchi; 4-mitseliy; 
    d-penitsillniki (deytromitsetlar sinfi): 1-konidiyalar; 2-fialidlar; 3- metula; 4 - 
    shox; 5 - konidiya tashuvchi; 6 - mitseliy.
     
    5.2 Morfologik belgilari - Mitseliy gifalarning haddan tashqari shoxlangan 
    yopiq tizimi bo'lib, ichida ko'p yadroli sitoplazmasi bor. Mog'or hujayrasi septalar 
    (to'siqlar) bilan bo'lishi mumkin va hujayra septalanmagan bo'lishi mumkin. Biroq 
    septalar gifalarni alohida hujayralarga bo'lib yubormaydi, chunki ularning markaziy 


    teshigi bo'lib, sitoplazma bilan yadro shu teshik orqali erkin o'tib turadi. Shuning 
    uchun zamburug'larning barchasi senotsit (bir hujayrali) organizmlar borlari yuksak 
    zamburug'larga kiradi 
    Vegetativ mitseliy hosil qiluvchi gifalarning diametri 5 dan 50 mkm gacha va 
    undan katta bo'ladi. Gifalari juda uzun bo'lib, ko'pincha ular mikroskopsiz ham 
    ko'zga ko'rinadi. Mitseliy ozuqa muhitida o'sganda yuzadagi qismi havo mitseliysi 
    va ozuqaga botib, uning ichida o'sadigan qismi substrat mitseliysidir. Ba'zan mitseliy 
    ildizga o'xshash o'simtalar rizoidlar hosil qiladi. U ana shu o'simtalari yordamida 
    substratga yopishib olib, undan oziq moddalarni so'rib oladi. Mitseliy gifalari uchi 
    hisobiga o'sadi. Ular uzunlashgan sari eski (qarigan) qismlarida vakuolalar hosil 
    bo'ladi, aktiv ravishda oziq moddalar shimmaydi va asta sekin o'zidan-o'zi erib 
    ketadi.
    17-18-rasm Zamburug’lar va ularning mikroskopik ro’rinishi
    Kultural belgilari. Petri likopchasidagi quyuq ozuqa muhitiga zamburug' 
    mitseliysi yoki sporasi (konidiyasi) shtrix usulda yoki sanchib ekiladi. 15-25 kun 
    davomida har 2-3 kunda ko'z bilan chamalab kuzatib boriladi. Har gal kuzatilganda: 
    koloniyaning o'lchami (yirik-maydaligi), shakli, zich yoki siyrakligi, tashqi 
    chetining va o'rtasining tuzilishi, yuzasi, koloniyalarning, mitseliyning va ko'payish 
    organlarining rangi, substratning va koloniya tubining rangi, tomchi suyuqlik 
    ajralishi aniqlanadi. Mitseliy hosil qiluvchi zamburug'lar quyuq muhitda yumaloq 


    yoki yuzada keng tarqalgan, substrat ichiga o'sib kirmaydigan, pahmoq, ipsimon, 
    o'rgimchak to'risimon, paxtaga o'xshagan yoki unli koloniyalar hosil qiladi.
    Ko'pchilik turlarining vegetativ mitseliysi bo'yalmagan. Faqat meva hosil 
    qiluvchi mitseliysi pigmentli bo'ladi. Shuning uchun yosh koloniyalari oq yoki och 
    kulrang bo'ladi. Meva hosil qiluvchi organlari rivojlana borgan sari koloniyalar 
    sariq, pushti, qizil, yashil, qora va hokazo rangga kiradi. Shundan keyin 
    bakteriyaning mitseliysi va ko'payish organlari mikroskopda o'rganiladi. Bunda 
    stereoskopik yoki oddiy mikroskopda o'rganish va koloniyalarni bevosita Petri 
    likopchasining o'zidan ko'rish mumkin. Mikroskopda 80 - 200 marta kattalashtirib 
    qarab, havo mitseliysi borligi, uning xarakteri, xlamidosporalar va sklerotsiylar hosil 
    bo'lishi, 
    sporalarning 
    ko’payishiga 
    yordamlashuvchi 
    rangiyaband 
    va 
    konidiyabandlarning, boshchalar, sporalar va onidiyalarning joylashuvi aniqlanadi. 
    Koloniyaning cheti pigmentlangan va bo'yalmagan qismlari chegarasi va o'rtasi 
    kuzatiladi. 

    Download 1,4 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish