• 2-rasm. Ikki zanjirli RNKli onkogen virusining hujayra retseptoriga boglanib hujayra ichiga kirishi
  • 2.2. Hujayrasiz shakillari
  • Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/15
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #126052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Biologiya SIRTQI 2-mavzu 231215 103822

    2. Hujrasiz organizmlar.  
    2.1. Viruslar –Viruslar alohida bir guruh mikroorganizmlar bo‘lib, boshqa 
    mikroorganzmlardan o‘zining fiziologik va morfologik tuzilishi bilan farq qiladi. 
    Odam, hayvon va o‘simliklarda ma’lum bo‘lgan ko‘pchilik kasalliklarning 
    qo‘zg‘atuvchilari oddiy mikroskopda ko‘rinmaydi. Shuning uchun L.Paster bunday 
    kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo‘lgan ma’lum 
    mikroorganizmlar sababchi bo‘ladi, deb taxmin qilgan edi.
    2-rasm. Ikki zanjirli RNKli onkogen virusining 
     hujayra retseptoriga bog'lanib hujayra ichiga kirishi

    Viruslarni birinchi marta 1892-yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki 
    o‘simligida uchraydigan kasallikni tekshirib, unga tamaki mozaykasi deb nom 
    beradi. Ivanovskiy o‘z tajribasida Mozayka kasalligi bilan kasallangan tamaki 
    bargidan shirani ajratib olib, uni juda ham mayda bakteriyalar ham o‘ta olmaydigan 
    Shamberlen filtridan o‘tkazadi. Ana shu filtratdan olib sog‘ tamaki o‘simligiga 
    tekkizganda o‘simlikning kasal bo‘lganligi aniqlandi. Buni suyuq yoki filtrlanuvchi 
    virus deb ataydi. Ivanovskiyning yuqoridagi kashfiyoti biologiyada hozirgi 
    virusologiya fanining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.


     Bu mustaqil genom (DNK yoki RNK) tuzilishiga ega bo’lgan, tirik 
    organizmlar to’qima hujayrasida yoki hujayra kulturalarida ko’paya olish 
    (reproduksiya) va moslashish (adaptatsiya) hamda o’zgaruvchanlik xususiyatlariga 
    ega bo’lgan hayotning hujayrasiz shaklidir. 
    Hozirda odamlar, umurtqali hayvonlar, qushlar, baliqlar, o’simliklar va 
    mikroorganizmlarni zararlovchi viruslar juda ko’p uchraydi. 
    2.2. Hujayrasiz shakillari. Viruslarning xususiyatlari: 
    1. Viruslarda stitoplazma, yadro, mitoxondriya va ribosoma kabi organellalar
    yo’q, shuning uchun ularda hujayraviy jarayon bo’lmaydi. 
    2. Viruslar o’z tarkibida genom vazifasini bajaruvchi faqat 1 ta nuklein kislota 
    (DNK yoki RNK) tutadi. 
    3. Viruslarning xususiy oqsil sintezlovchi va energiyani boshqaruvchi tizimi 
    yo’q, ya’ni to’liq xo’jayin hujayrasiga bog’liq bo’lgan genetik darajadagi qat’iy 
    hujayra ichi paraziti hisoblanadi. 
    4. Viruslar dis’yunktiv usulda ko’payadi va sezuvchan hujayrada 
    reprodukstiyalanadi, bunda u xo’jayin hujayra resurslari va biosintetik 
    tizimlaridan foydalanadi. 
    Viruslarning kattaligi quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 
    1) viruslarning kattaligini elektron mikroskopda o‘lchab aniqlash;
    2) viruslarning kattaligini filtrdan o‘tkazib aniqlash usuli. Bunday usulda filtrning 
    teshiklari avvaldan aniqlangan bo‘lishi kerak; 
    3) viruslarni kattaligini ultrasentrafuga usuli bilan aniqlash mumkin. Bunga 
    ultrasentrafuga 1 minutda 60 ming marta aylantirilib virus zarrachalari cho‘ktiriladi;
    4) viruslarning kattaligini diffuziya qilish usuli bilan ham aniqlash mumkin. Lekin 
    bu usul unchalik ishonchli emas.
    Ana shunday usullar yordamida hozirgi vaqtda juda ko‘p viruslarni kattaligi 
    aniqlangan. 
    Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar iborat: 
    1) viruslarning kattaligi 7-20 nm dan 250-360 nm gacha; 


    2) filtrlardan, ya’ni bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardan bemalol o‘tib 
    ketadi; 
    3) hujayraviy tuzilishga ega emas
    4) sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi; 
    5) faqat tirik hujayralarda parazit holda rivojlanadi va shu hujayradagi 
    moddalar almashinuvi jarayonini o‘z foydasiga o‘zlashrtiradi. 
    6) tovuq embrionida va boshqa rivojlanuvchi organizmlarda o‘sa oladi.
    Viruslarning 2 xil ko’rinishi farqlanadi - hujayradan tashqaridagi va hujayra 
    ichi virusi.

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujayrasiz shakillari. Eukariot va prokariyot organizmlar hujayra xaqida umumiy tushincha

    Download 1,4 Mb.
    Pdf ko'rish